LexUZ sharhi
2. Bitimning ajralmas qismi hisoblangan ushbu Bayonnoma mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan xabarnomalardan so‘nggisining sanasidan 30 (o‘ttiz) kun o‘tib kuchga kiradi va uning qoidalari har ikkala davlatda quyidagilarni hisobga olgan holda amal qiladi:
a) ushbu moddaning 2-bandi “s” kichik bandini inobatga olgan holda, Bayonnoma kuchga kirgan yildan keyingi taqvim yilining birinchi yanvaridan boshlab olingan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) ushbu moddaning 2-bandi “s” kichik bandini inobatga olgan holda, boshqa soliqlarga nisbatan — Bayonnoma kuchga kirgan yildan keyingi taqvim yilining birinchi yanvaridan boshlanadigan har bir soliq yili uchun hisoblangan soliqlar bo‘yicha;