30.12.2010 yildagi 149-II-son
O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 30.12.2010 yildagi 149-II-son
Kuchga kirish sanasi
30.12.2010

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro etish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasini tuzish.

2011-yilning
fevral oyi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi

2.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2011-yilning
mart oyi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar va Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar a’zolari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazish.

2011-yilning
aprel oyi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi

4.

Fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib, qonun osti hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2011-yilning
ikkinchi yarmi va keyingi yillar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning sotsial-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Harakat dasturi 5.1.1-bandining ikkinchi xatboshisini hisobga olgan holda).

2011-yilning
ikkinchi yarmi va keyingi yillar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda

6.

Mahalla instituti haqida turkum teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda davriy nashrlarda chiqishlar, shuningdek aholining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlar tashkil etish.

2011-yilning
ikkinchi yarmi va keyingi yillar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti bilan birgalikda

Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).