Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi SQ-61-III-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari to‘g‘risida”gi 75/9-5-sonli qarori xamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 23-dekabrdagi RA/20-01-32-11/542-sonli xatiga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi 75/9-5-sonli qarori bilan qabul qilingan Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari ijro uchun qabul qilinsin.

T/r

Daromadlar turlari

(ming so‘m)

1.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

57 527 317

2.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

15 411 860

3.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

23 424 759

4.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan daromad solig‘i

178 042 087

5.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

322 926 416

6.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

88 814 000

7.

Aksiz solig‘i

99 560 315

8.

Yer solig‘i (yagona yer solig‘idan tashqari)

111 208 319

9.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

11 258 100

10.

Davlat boji

4 235 883

11.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

472 068 584

12.

Yagona soliq to‘lovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha

10 734 701

13.

Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq

292 027 576

14.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat budjetiga ajratmalar

12 285 478

15.

Jarimalar

1 158 300

16.

Bozorlar daromadidan tushum

70 323 050

17.

Boshqa tushumlar

973 230

18.

Mahalliy yig‘imlar

2 039 300

19.

O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar

29 644 450

Daromadlar jami

1 803 663 725

Xarajatlar

1.

Iqtisodiyotga xarajatlar

227 134 809

2.

Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari — jami

1 408 883 454

shu jumladan:

maorif

741 196 837

sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya

459 824 039

madaniyat va fan

21 825 812

kadrlarni tayyorlash

168 694 515

ijtimoiy ta’minot

17 342 251

3.

Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari

12 996 151

4.

O‘zini o‘zi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari

22 074 919

5.

Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar

3 866 898

6.

Markazlashtirilgan investitsiyalar (kapital qurilish)

118 087 200

7.

Boshqa xarajatlar

8 458 394

8.

Zaxira jamg‘armasi

2 161 900

Xarajatlar jami

1 803 663 725

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”