LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 86-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1964-yil 9-iyulda Jenevada qabul qilingan Ish bilan ta’minlash siyosati to‘g‘risidagi 122-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi Qaroriga asosan qo‘shilgan.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1964-yilning 17-iyunida o‘zining Qirq sakkizinchi Sessiyasiga to‘planib, Filadelfiya deklaratsiyasi, jahon mamlakatlari tomonidan to‘la ish bilan ta’minlanishga erishishni va turmush darajasini oshirishni ko‘zlagan dasturlarni qo‘llab-quvvatlanishi maqsadida, Xalqaro Mehnat Tashkilotining muhim majburiyatini tan olishini, shuningdek Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi Muqaddimasida ko‘zda tutilgan ishsizlik bartaraf etilishi va qoniqarli turmush sharoitini qoplaydigan ish haqi ta’minlanilishini tan olishini e’tiborga olib, Filadelfiya deklaratsiyasi qoidalariga muvofiq iqtisodiy va moliyaviy siyosatning ish bilan ta’minlash sohadagi siyosatga ta’sirini, quyidagi fundamental maqsad — “barcha insonlar irqi, e’tiqodi yoki jinsidan qat’iy nazar, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyat, erkinlik va qadr-qimmatlari ta’minlangan sharoitda o‘z moddiy farovonligiga va ma’naviy rivojiga erishish huquqiga ega” — jabhasida o‘rganish va ko‘rib chiqish Xalqaro Mehnat Tashkiloti vazifasiga kirishini e’tiborga olib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega” ekanligini e’tiborga olib, ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosatga bevosita aloqador bo‘lgan xalqaro mehnat konvensiyalarini va tavsiyalarini, xususan, Ish bilan ta’minlash xizmati to‘g‘risidagi 1948-yilgi Konvensiya va Tavsiya; Kasbga yo‘naltirish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Tavsiya; Kasbiy ta’lim to‘g‘risidagi 1962-yilgi Tavsiya hamda Mehnat va mashg‘ulot sohasida kamsitish to‘g‘risidagi 1958-yilgi Konvensiya va Tavsiya shartlarini hisobga olib, ushbu hujjatlar, to‘la, samarali va erkin tanlangan ish asosidagi iqtisodiy rivojlanishga mo‘ljallangan xalqaro dasturlarning keng doirasiga kiritilishi kerakligini e’tiborga olib, ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosatga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining sakkizinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz oltmish to‘rtinchi yil iyul oyining to‘qqizinchi kunida kuyidagi “Ish bilan t�’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi 1964-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
1. Tashkilotning har bir a’zosi, iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantirish, turmush darajasini oshirish, ish kuchi ehtiyojini qondirishni hamda ishsizlik va kerakli darajada ish bilan ta’minlanmaslik muammolarini hal etish maqsadida, to‘la, samarali va erkin tanlangan ish bilan ta’minlanishga qaratilgan faol siyosatni asosiy vazifa sifatida e’lon qiladi va amalga oshiradi.
s) ish tanlash erkinligini va har bir mehnatkash, irqi, tanasining rangi, jinsi, dini, siyosiy qarashlari, milliy mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, o‘ziga mos ishni olishi uchun va unda o‘zining mahorati va qobiliyatini ishlatishi uchun imkonini.
3. Ushbu siyosat, iqtisodiy rivojlanishning bosqichi va darajasini, bandlik sohasidagi maqsadlar bilan boshqa iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tegishlicha hisobga oladi hamda milliy sharoit va amaliyotga mos keladigan usullar orqali amalga oshiriladi.
a) 1-moddada ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rilishi kerak bo‘lgan choralarni muvofiqlashtirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat doirasida belgilaydi hamda o‘z nazoratida ushlab turadi;
b) ushbu choralarni qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi, shu jumladan, maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda dasturlar ishlab chiqadi.
Mazkur Konvensiyani qo‘llashda, qabul qilinadigan choralarga jalb qilinadigan vakillar, xususan, ish beruvchilar va mehnatkashlarning vakillari ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat bo‘yicha, ularning tajribasi, va fikrini to‘liq hisobga olish, hamda ushbu siyosatni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda ular to‘la hamkorlik qilishining himoyasini tashkil qilish maqsadida maslahatlashuvga jalb qilinadi.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina birlashtiradi.
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning xar bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi o‘n yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har o‘n yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot a’zolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini ro‘yxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi.
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni ro‘yxatga olganligi haqida Tashkilot a’zolariga xabar berganda, Tashkilot a’zolarining e’tiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud bo‘lmasa, u holda:
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 6-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;
b) qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.