LexUZ sharhi
Ushbu protokol O‘zbekiston Respublikasi oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi 865-XII-sonli “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaga kiritilgan tuzatishlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyaning yakuniy holatining mavjud matnini quyidagi matn bilan almashtiriladi:
“1944-yil 7-dekabrda Chikagoda ingliz tilida o‘tkazildi. Ushbu Konvensiyaning matnlari rus, ingliz, ispan va fransuz tillarida yozilgan bo‘lib, haqiqiydir. Ushbu matnlar Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati arxivlariga topshiriladi va tasdiqlangan nusxalar ushbu Konvensiyani imzolashi yoki unga qo‘shilishlari mumkin bo‘lgan barcha davlatlarning hukumatlariga yuboriladi. Ushbu Konvensiya Vashingtonda imzolash uchun ochiladi”.