LexUZ sharhi
2. Agarda 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bo‘lsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
3. Jismoniy shaxslardan tashqari, agarda shaxs 1-band qoidalariga muvofiq har ikki Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bo‘lsa, u faqat o‘zining amaldagi boshqaruv organi joylashgan Davlat rezidenti hisoblanadi.
f) faqat a) — e) kichik bandlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining har qanday birikuvi uchungina, basharti ana shu faoliyat turlarini birlashtirish natijasida vujudga kelgan bunday doimiy faoliyat joyining jami faoliyati tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa, doimiy faoliyat joyining saqlab turilishi.
5. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalaridan qat’i nazar, agar ushbu moddaning 6-bandi qo‘llaniladigan mustaqil maqomli agentdan o‘zga shaxs bir korxona nomidan harakat qilsa va Ahdlashuvchi Davlatda mazkur korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lsa va odatda bunday vakolatdan foydalansa, bunday korxona mazkur Davlatda toki bunday shaxsning faoliyati 4-bandda ko‘rsatib o‘tilganlar bilan cheklanib qolmasa va agarda ushbu bandning qoidalariga muvofiq doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilayotgan bo‘lsa, doimiy faoliyat joyini doimiy muassasaga o‘zgartirmayotgan bo‘lsa ham doimiy muassasaga ega deb qaraladi.
3. 1-band qoidalari ko‘chmas mulkdan to‘g‘ridan to‘g‘rifoydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qo‘llaniladi.
5. 1, 3 va 4-bandlar qoidalari korxonaning ko‘chmas mulkidan olingan daromadiga nisbatan qo‘llaniladi.
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasaga u alohida va mustaqil korxona bo‘lgan holda xuddi shunday yoki shunga o‘xshash sharoitlarda, mazkur yoki shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullangan holda olishi mumkin bo‘lgan foyda hisoblab yoziladi.
2. 1-band qoidalari transport vositalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha pulda, qo‘shma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydalarga ham qo‘llaniladi.
3. 2-band qoidalaridan qat’i nazar, Ahdlashuvchi Davlatda yuzaga keladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga to‘lanadigan foizlar faqat mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortiladi, agarda oluvchi foizlarning haqiqiy egasi bo‘lsa va:
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan va 6-moddada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkni tasarrufdan chiqarishdan oladigan daromadlari mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
6. Mazkur moddaning 1, 2, 3, 4, va 5-bandlarida sanab o‘tilmagan har qanday boshqa mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni tasarrufdan chiqarayotgan shaxs rezident hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
1. 15, 17 va 18-moddalar qoidalarini hisobga olgan holda, basharti yollanib ishlash boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanib ishlash bo‘yicha oladigan maoshi, ish haqi va shu kabi pul mukofotlari faqat shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Agar yollanib ishlash bu tarzda amalga oshirilgan bo‘lsa, unda shu munosabat bilan olingan pul mukofotlari mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. 1-bandning qoidalaridan qat’i nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda yollanib ishlaganligi uchun oladigan ish haqi faqat birinchi aytib o‘tilgan Davlatda soliqqa tortiladi, basharti:
1. 7 va 14-moddalarning qoidalaridan qat’i nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoxud musiqachi kabi san’at xodimi yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadi mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Basharti san’at xodimi yoki sportchining shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad, san’at xodimi yoki sportchining o‘ziga emas, balki boshqa shaxs hisobiga o‘tkazilsa, bu daromad 7 va 14-moddalarning qoidalaridan qat’i nazar, san’at xodimi yoki sportchi faoliyat ko‘rsatayotgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. 1 va 2-bandlarning qoidalaridan qat’i nazar, agar san’at xodimi yoki sportchining faoliyati to‘liq yoki deyarli to‘liq holda Davlatlardan birining yoki har ikkalasining jamoat fondlari tomonidan moliyalashtirilsa va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirilsa, san’at xodimi yoki sportchining daromadi u faoliyat yuritadigan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilmaydi.
18-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga oldin yollanib ishlaganligi uchun kompensatsiya sifatida to‘lanadigan pensiyalar va boshqa shunga o‘xshash pul mukofotlari faqat mazkur Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. a) 1-bandning qoidalaridan qat’i nazar, Ahdlashuvchi Davlat, uning ma’muriy-hududiy, siyosiy bo‘linmasi yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoxud ular tuzgan jamg‘armalardan mazkur Davlatga, uning ma’muriy-hududiy, siyosiy bo‘linmalariga yoki mahalliy hokimiyat organlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan pensiyalar va shunga o‘xshash pul mukofotlari faqat mazkur Davlatda soliqqa tortiladi.
3. 14, 15, 16 va 17-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat, uning ma’muriy-hududiy, siyosiy bo‘linmasi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladigan, tijorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatishdan olingan oylik ish haqi, maosh, pensiyalar va boshqa shunga o‘xshash pul mukofotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
2. 1-bandning qoidalari alohida shaxs yoki shaxslarning manfaatlari uchun amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotdan olingan daromadga tatbiq etilmaydi.
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga tegishli bo‘lgan hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada nazarda tutilgan ko‘chmas mulk ko‘rinishidagi kapital mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qo‘llaniladigan hollarni istisno etganda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga to‘laydigan foizlari, royaltilari va boshqa to‘lovlari shunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida birinchi qayd etilgan Davlat rezidentiga to‘langanida qo‘llaniladigan bir xil shartlar asosida chegirib tashlanadi. Mutanosib ravishda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentidagi har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan kapitalini aniqlash maqsadida birinchi qayd etilgan Davlat rezidentidagi qarzlar singari bir xil shartlar asosida chegirib tashlanishi lozim.
5. Mazkur modda qoidalari 2-modda qoidalaridan qat’i nazar, har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga nisbatan qo‘llaniladi.
1. Agar shaxs, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkalasining harakatlari mazkur Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u mazkur Davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan mustaqil ravishda o‘zi rezident hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agarda uning holati 24-moddaning 1-bandiga mos kelsa, o‘zi milliy shaxs hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ariza ushbu Konvensiya qoidalariga zid ravishda soliqqa tortilishga olib keladigan xatti-harakat to‘g‘risidagi birinchi xabarnoma kunidan e’tiboran uch yil ichida taqdim etilishi lozim.
2. Ahdlashuvchi Davlatlarning biridan 1-bandga muvofiq olingan har qanday ma’lumot mazkur Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan ma’lumotning o‘zida qanday maxfiylik nazarda tutilgan bo‘lsa, xuddi shunday maxfiy hisoblanadi va faqat mazkur Bitim qo‘llaniladigan, 1-bandda ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarga daxldor bo‘lgan baholash yoki yig‘ish, majburiy undirish yoxud sud ta’qibi yoki apellyatsiyani ko‘rib chiqish hamda ko‘rsatib o‘tilganlarning barchasini nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan organ (jumladan, sudlar va ma’muriy organlar) va shaxslarga oshkor qilinadi. Bunday shaxslar yoki organlar mazkur ma’lumotdan faqat ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular bunday ma’lumotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor qilishlari mumkin.
3. Har qanday holatda ham 1 va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlar yuklaydigan tarzda talqin qilinmaydi:
4. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq ma’lumot so‘ralgan bo‘lsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday ma’lumot o‘z soliq maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa ham, so‘ralgan ma’lumotni olish uchun axborot to‘plash bo‘yicha o‘z tadbirlaridan foydalanishi lozim. Yuqorida nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalari bilan cheklangan, biroq har qanday holatda ham, bunday cheklovlar ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli ma’lumot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
5. Har qanday holatda ham, 3-band qoidalari ma’lumot bankka, boshqa moliyaviy muassasaga, nominal egalik qiluvchiga yoxud ishonch bildiruvchiga yoki agentga yoxud ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi shaxsga tegishli yoki shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli bo‘lganligi sababli uni taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmaydi.
2. Ushbu Konvensiya birinchi bandda ko‘rsatilgan so‘ngi xabarnoma olingan boshlab uch oylik muddat o‘tgach kuchga kiradi va uning qoidalari quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Konvensiyaning 10-moddasi 2-bandining a) kichik bandi qoidalaridan qat’i nazar, Ispaniya korporativ soliqqa oid qonunchiligi va unga kelgusidagi to‘ldirishlariga muvofiq, tashkilot Ispaniya rezidenti hisoblanar ekan, u O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan kompaniyadan olgan dividendlariga nisbatan korporativ soliqqa tortilmaydi va ushbu kichik bandda nazarda tutilgan foiz stavkasi nolga qadar kamaytiriladi.
4. Qo‘shimchalar. 11 modda 3 bandi s) kichik bandi Ispaniya “jamoat moliya agenti” quyidagilarni o‘z ichiga oladi deb hisoblaydi: