O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi an’anaviy do‘st mamlakatlar va muhim sheriklardir. Savdo-iqtisodiy aloqalar o‘zbek-xitoy munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishi va rivojlanishiga yordam ko‘rsatadi.
2005-yil maydagi Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao Do‘stlik va hamkorlik munosabatlari to‘g‘risida Shartnoma imzoladilar va shu bilan ikki tomonlama munosabatlarning uzoq vaqt va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratdilar.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari saqlab qolindi, ikki mamlakat o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqalar olib borilmoqda. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik sohalari, shuningdek o‘zaro investitsiyalar miqyoslari uzluksiz kengayib barmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar) iqtisodiyotning tez va uyg‘un rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki mamlakat xalqlarining hayot darajasini ko‘tarish, uzoq muddatli, muntazam va sog‘lom rivojlanishni rag‘batlantirish, shuningdek xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohasida o‘zbek-xitoy iqtisodiy hamkorligi sohalarini kengaytirish maqsadida xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik dasturini (bundan keyin “Dastur”) ishlab chiqdilar.
Dasturning maqsadlari: xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘li bilan o‘zbek-xitoy do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish va yangi mazmun bilan to‘ldirish, ikki tomonlama munosabatlarni uyg‘un rivojlantirishni rag‘batlantirish, ikki mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, hamkorlik mazmunini boyitish, o‘zaro hamkorlik sohalarini kengaytirish, tomonlarning erishilgan kelishuvlarini har tomonlama amalga oshirish.
Tomonlar tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlikning muvozanatlashuvi va uyg‘unlashuviga, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini ko‘tarishga va davomli rivojlanishini rag‘batlantirishga yordam ko‘rsatuvchi muhim choralarni ko‘rishga tayyor.
Tomonlar ikki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini, bozor talabi tuzilishini, shuningdek tomonlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda adolat, maqsadga muvofiqlik va tenglik prinsiplariga rioya qilib o‘zlarining afzalliklarini aniqlaydilar hamda o‘zaro manfaatni ta’minlash uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiradilar.
Hamkorlikning muhim sohalari va loyihalarini belgilashda strategiya, amalga oshirishning mumkinligi, o‘ziga xoslik va iqtisodiy foyda prinsiplariga amal qilish kerak bo‘ladi.
Loyihalar asosan korxonalar tomonidan bozorning amal qilishi va hukumatlar tomonidan ko‘llab-quvvatlash prinsiplariga muvofiq, pragmatiklik va haqiqiy raqobatga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni har tomonlama rag‘batlantirishga tayangan holda amalga oshirilishi lozim.
Iqtisodiyotning o‘sishini rag‘batlantirish, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
Ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning hajmini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish;
O‘zbekiston bozorini va uchinchi mamlakatlar bozorlarini birgalikda o‘zlashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda, yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy va texnologik innovatsiyalar sohasida sanoatga oid hamkorlikni rivojlantirish, bank sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik va agrosanoat borasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Xom ashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun Tomonlar korxonalariga asos yaratish va xizmat ko‘rsatish.
Tomonlar ularning sanoati tarmoqlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishini, hamkorlik talablarini hamda yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda amalga oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda hamkorlikning asosiy sohalarini, xususan: mashinasozlik, elektrotexnika, aloqa va axborot texnologiyalari, kimyo sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari, kommunikatsiyalar va transport, investitsiyalar va moliya, turizmni belgiladilar.
Tomonlar hamkorlik salohiyatini inobatga olgan holda, ushbu sohada hamkorlikni jadallashtirish va ikki tomonlama savdoda mashinasozlik mahsulotlari ulushini oshirish uchun choralar ko‘rishni rejalashtiradilar.
Tomonlar ikki mamlakat korxonalarini temir yo‘l orqali tashishlar uchun asbob-uskunalar, irrigatsiya-melioratsiya texnikasi, kon-metallurgiya asbob-uskunalari, energiya va resurslarni tejash texnologiyalari, muhandislik mexanikasi va boshqa yirik to‘plamdagi asbob-uskunalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, kompaniyalarga yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirishda ko‘maklashish zarur deb hisoblaydilar.
Tomonlar tibbiyot asbob-uskunalari, maishiy elektrotexnika, kommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishning boshqa sohalarida hamkorlik qilishni faol ravishda kengaytiradilar.
Tomonlar telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida tajriba almashishni, mahsulot ishlab chiqarish, texnik ishlanmalar, sanoat bazalarini yaratish va tarmoqni yaratish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni, ikki mamlakat axborot va aloqa sanoatini birgalikda rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar.
Tomonlar mobil telekommunikatsiya tarmog‘i, turg‘un tarmoq va boshqa telekommunikatsiya infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni tomonlar xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik uchun sifatli moliya xizmatini ko‘rsatish maqsadida ikki mamlakat moliya institutlari o‘rtasida aloqalarning o‘rnatilishiga, moliyaviy hamkorlikning turli shakllarini muhokama qilish va rivojlantirishga, monitoring va nazoratni kuchaytirishga, hamkorlik loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirishga samarali yordam ko‘rsatish uchun xavflarni boshqarish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashadilar.
Tomonlar turizm borasidagi hamkorlikni ikki mamlakat o‘zaro hamkorligining muhim sohasi deb hisoblaydilar. Tomonlarning vakolatli idoralari hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro sayohatlari uchun kulay sharoitlarning yaratilishiga ko‘maklashishlari lozim.
Tomonlarning vakolatli hukumat idoralari, o‘rta va kichik korxonalarga xizmat ko‘rsatish organlari, o‘rta va kichik korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash, o‘rta va kichik korxonalarni boshqa Tomon hududida investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun rag‘batlantiradilar.
Mazkur Dasturni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Xitoy Hukumatlararo komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Tomonlar mazkur Dasturni amalga oshirish maqsadida ushbu Dasturning ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik Dasturini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgan Tadbirlar rejasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.
Tomonlar mazkur Dasturda belgilangan muhim sohalardagi hamkorlik loyihalariga, shuningdek ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashda yordamchi vazifasini o‘taydigan boshqa sohalardagi hamkorlik loyihalariga faol ravishda ko‘maklashishni maqsad qilganlar.
Tomonlar xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan sohada hamkorlik qilish uchun adolatli va ochiq investitsiya muhitini yaratish maqsadini bayon qildilar.