O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga.o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bog‘liq nizolarni hal etish amaliyoti to‘g‘risida” 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli qarorining 7-bandidagi “Temir yo‘llar Nizomiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustaviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish va temir yo‘l orqali tashish chog‘idagi kamomad hamda buzilib qolishi bilan bog‘liq nizolarni hal qilish amaliyoti to‘g‘risida” 1994-yil 5-yanvardagi 22-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-banddagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Temir yo‘llar Ustavi” degan so‘zlar “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2-banddagi “Temir yo‘llar Ustavi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 5-banddagi “Temir yo‘llar Ustavi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
III. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Qishloq xo‘jaligida qonuniylikni ta’minlash va yerdan foydalanishdagi suiiste’molchiliklarning oldini olishda xo‘jalik sudlarining rolini oshirish to‘g‘risida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarorining 2-bandi “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi” degan so‘zlardan keyin “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
IV. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“XPKning 173-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir”;
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim shikoyat (protest) xo‘jalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi”;
2) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “qarorlar” degan so‘zdan keyin “va ajrimlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
V. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Sudlar, kreditorlar va boshqa taraflar soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlangan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari lozim”;
“Sudlarga tushuntirilsinki, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi taraflar bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan har qanday tartib-taomil jarayonida xo‘jalik sudiga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin”.
VI. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Xo‘jalik sudiga murojaat qilish XPKda belgilangan tartib va shaklda amalga oshiriladi. Bunday murojaatlar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar xo‘jalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin”;
“Xo‘jalik sudiga ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar ham taalluqlidir, bundan mehnatga oid nizolar mustasno. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, faqat xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi”;
3) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi uchinchi va to‘rtinchi jumlalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, xo‘jalik sudiga taalluqlidir”;
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ularga, hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tegishli xo‘jalik sudiga yuboriladigan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ko‘rsatiladi.
Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudiga yuborilishini ta’minlash majburiyati videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan xo‘jalik sudi zimmasiga yuklanadi”;
5) 35-bandning birinchi xatboshisi “qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli” degan so‘zlardan keyin “yoxud xo‘jalik sudining videokonferensaloka rejimidagi majlisini o‘tkazish chog‘ida videokonferensaloka o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 37-bandning ikkinchi xatboshisi to‘rtinchi jumlasidan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak”.
VII. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida” 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 156-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir”;
“XPK 162-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlariga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan kundan keyin o‘n kunlik muddat ichida berilishi mumkin”;
3) 11-bandning birinchi xatboshisi birinchi jumlasidan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi. Uning nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
VIII. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Soliq kodeksi 70-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir, ushbu Kodeks 71 -moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti to‘g‘riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Kameral nazorat yoki xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi”;
“Soliq kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan quyidagi hollarda xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqli:
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda;
“Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan SK 54-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra moliyaviy jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan bo‘lsa, ushbu muddat davomida, ya’ni muddat tugamasdan davlat soliq xizmati organi sudga moliyaviy jarima qo‘llash haqida ariza bilan murojaat qilganda, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq qaytarilishi, ushbu holat yuzasidan arizasi ish yurituvga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 5-bandiga muvofiq ariza ko‘rmasdan qoldirilishi lozim”;
“Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Soliq kodeksi 114-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlarning almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi”;
“Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash amalga oshiriladi”;
“Bunda jarima qo‘llanilganidan keyin bir yillik muddat deganda, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kun yoki jarima sud tartibida qo‘llanilgan kundan boshlab o‘n ikki oy ichida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik tushuniladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan majburiy tartibda sertifikatlanmagan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik sifatida qaraladi hamda ushbu holat Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jarima qo‘llash uchun asos bo‘ladi”;
(VIII bandning 8-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 11-fevraldagi 276-sonli qarori tahririda)
“Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik holati soliq tekshiruvi davomida olingan bunday xulosa berishga vakolatli bo‘lgan mustaqil tashkilotning xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim”.
IX. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “2003-yil 27-sentabrda 1279-son bilan ro‘yxatga olingan “Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzurida tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizomning 1-bandiga muvofiq tuman (shahar) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimligi” degan so‘zlar “2014-yil 5-mayda 2580-son bilan ro‘yxatga olingan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 1-bandiga muvofiq shahar (tuman) hokimligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xo‘jalik sudlari shuni nazarda tutishlari kerakki, ushbu organlarga hal qiluv qarori nusxalarining topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilganligi yoki tilxat olib topshirilganligi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilganligi ularning yozma ravishda xabardor qilinganligini bildiradi”.
X. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 22-band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi “Sudning ajrimi topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi” degan so‘zlardan keyin “yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud ular sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“XPK 15518-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
XI. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining” degan so‘zlar tegishincha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2013-yil 24-maydagi 248-sonli qarorining 2-bandidagi “nodavlat tashkilot-xalqaro tijorat arbitraji” degan so‘zlar “alohida har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi arbitraj organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.