20.06.2014 yildagi 261-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiy sudlar sud ekspertizasi (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) tayinlash masalasini hal etish, sud eksperti xulosasini tekshirish va unga baho berishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi), shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qat’iy amal qilishlari lozim.
2. Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, ekspertiza deganda sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakat tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. IPKning 55-moddasi va Qonunning 10 va 11-moddalari mazmuniga ko‘ra, ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. IPK 163-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‘ra, birinchi instansiya sudi nafaqat iqtisodiy ishni ko‘rishda, balki ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida ham ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosi bo‘lgan taqdirda, ekspertiza tayinlash masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir. Bunday holda ekspertiza tayinlash masalasi da’vo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay hal etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimi asoslantirilgan hamda IPKning 80, 82 va 85-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi kerakligi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri zarurligi ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8.3. IPK 80-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspert tomonidan tushuntirish berilishi lozim bo‘lgan savollarni taqdim etishga va o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan savollar rad etilgan taqdirda, sud rad etish sabablarini ajrimda asoslantirib berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. IPK 102-moddasining 1-bandiga muvofiq ekspertiza tayinlangan hollarda iqtisodiy sud ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli. Bu haqda alohida chiqarilgan ajrimda yoki ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ekspertizaning o‘tkazilishi IPKda ishni ko‘rish uchun belgilangan protsessual muddatning buzilishiga olib kelmasa, sud ish yuritishni to‘xtatmasdan ekspertiza tayinlash haqida ajrim chiqarishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. IPK va Qonunga muvofiq qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertiza ham tayinlanishi mumkin.
IPK 82-moddasining birinchi qismiga ko‘ra qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi turli bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi. Bu erda bo‘shliqlar deganda, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasining to‘liq va aniq emasligi, xulosadagi kamchiliklarni ekspert (ekspertlar komissiyasi a’zolari)ni so‘roq qilish yo‘li bilan ham bartaraf etish imkoni mavjud bo‘lmaganligi va shu kabi holatlar tushunilishi kerak.
IPK 82-moddasining ikkinchi qismida ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanishi belgilangan.
Sudlarga tushuntirilsinki, qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertizalar faqat IPK va Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tayinlanadi va boshqa asoslar bo‘yicha bunday ekspertizalarni tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud eksperti xulosasining mazmuni va shakli bo‘yicha qo‘yiladigan talablar IPKning 86-moddasi va Qonunning 23-moddasida ko‘rsatilgan. Agar sud ekspertining xulosasi ushbu talablarga rioya qilinmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sud ushbu xulosani ishning holatlarini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilmaydi. Shu bilan birga sud ekspert (sud ekspertlari komissiyasi)dan xulosani qonun talablariga mos holda rasmiylashtirishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agar ekspert xulosasini baholashda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari (imzo yoki hujjatlarning qalbakilashtirilishi va h.k.) mavjudligi aniqlansa, sud IPK 200-moddasining beshinchi qismiga muvofiq jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xususiy ajrim yuborishi kerak. Xususiy ajrimga ekspertiza xulosasining asl nusxasi ilova qilinadi, xulosaning ko‘chirma nusxasi esa iqtisodiy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. IPK 56-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi. Shu munosabat bilan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi va bu haqda sudning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimida ko‘rsatiladi.
Ushbu modda to‘rtinchi qismining mazmuniga ko‘ra, ekspert xulosasi tushunarli bo‘lmagan taqdirda, o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi, o‘zi bergan xulosani tushuntirishi, qo‘shimcha savollarga javob berishi uchun sud ekspertni sud majlisiga chaqirishga haqli”;
Oldingi tahrirga qarang.
20. IPK 74-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Sud eksperti xulosasi sud tomonidan boshqa dalillar bilan bir qatorda, har tomonlama, to‘liq va xolis tekshirishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baholanadi.
Yo‘riqnomaning 12-bandiga muvofiq, ekspertizani o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlariga yuklangan taqdirda ekspertizani o‘tkazish muddatlari uning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ttiz kun ichida belgilanadi.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Namunaviy nizomning 7-bandiga ko‘ra ekspertizani o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, IPKning 117-moddasi mazmuniga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan, agar ikkala tomon bunday iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa, ushbu summa ularning har ikkalasi tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan teng miqdorda o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Plenum qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda sudning tashabbusi bilan ekspertiza tayinlangan taqdirda, uni o‘tkazish uchun to‘lanadigan summa sudning depozit hisobvarag‘idan o‘tkazilib, u ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha taraflar o‘rtasida IPKning 118-moddasiga muvofiq taqsimlanadi va undiriladi.
24. Sudlarga tushuntirilsinki, Namunaviy nizom 8-bandining uchinchi xatboshisiga ko‘ra ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos bo‘ladi. Shu bois ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi sababli tegishli materiallar ekspertiza o‘tkazilmasdan sudga qaytarilgan taqdirda, sud ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning to‘langanlik yoki to‘lanmaganlik holatini tekshirishi lozim. Bunday xarajatlar to‘lanmagan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ularni to‘lashga imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo ishdagi mavjud dalillar asosida ko‘rib chiqiladi.