Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2016 07.08.2014 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika qoʻgʻirchoq teatri binosini mukammal taʼmirlash va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-yanvardagi 5-sonli “Respublika qoʻgʻirchoq teatri zamonaviy sharoitlarda faoliyat olib borishi uchun yangi bino qurish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining 99-bandiga muvofiq Respublika qoʻgʻirchoq teatri binosini mukammal taʼmirlash va jihozlash hamda mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy anʼanalar va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular dunyoqarashini shakllantirishda qoʻgʻirchoq teatrlarining oʻrnini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligining Respublika qoʻgʻirchoq teatri binosi (keyingi oʻrinlarda inshoot)da mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini bajarish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda inshootda taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan davr mobaynida Respublika qoʻgʻirchoq teatri oʻz faoliyatini olib borishi uchun unga qulay sharoitlarga ega boʻlgan binoni vaqtinchalik ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilda inshootning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 400,0 mln soʻmgacha mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlarning turiga koʻra 2015-yilda inshootda qurilish-montaj va jihozlash ishlarini bajarish uchun oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida maqsadli mablagʻlarni, shu jumladan, zarur kapital quyilmalar limitini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi buyurtmachi bilan birgalikda bosh loyihachi tashkiloti aniqlangandan keyin, oʻn kun muddatda bosh loyihachiga zaruriy maʼlumotlarni (hokim qarori, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining 1-chi va 2-chi qismlari, toposʼyomka, obyektning texnik holatini oʻrganish toʻgʻrisidagi xulosalari, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan nuqson dalolatnomalari va tasdiqlangan loyiha topshirigʻi) taqdim etsin va bosh loyihachi bilan shartnomani rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi, bosh loyihachi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar ikki oy muddatda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻrnatilgan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda, loyiha-smeta hujjatlariga koʻra bosh loyihachi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan metallprokat va sementni cheklangan narxlarda oʻrnatilgan tartibda ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 405-modda)