Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

 LexUZ sharhi
2. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti bo‘lsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
3. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs bo‘lmagan shaxs Davlatlar ikkalasining rezidenti bo‘lsa, u uning amaldagi boshqaruv organi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
f) doimiy faoliyat joyining faqat a)-e) kichik bandlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining har qanday birikuvi uchungina, basharti bunday doimiy faoliyat joyining jami faoliyati ana shu faoliyat turlarini birlashtirish natijasida vujudga kelsa, tayyorgarlik yoki yordamchi tusda bo‘lsa saqlab turilishi.
5. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramasdan, agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan mazkur moddaning 6-bandi tatbiq etiladigan agentdan farqli mustaqil maqomda faoliyat ko‘rsatsa, bu shaxs korxona uchun istalgan faoliyatni amalga oshira bilsa, birinchi eslatilgan Davlatda doimiy muassasaga ega korxona sifatida ko‘rib chiqiladi, agar:
a) u birinchi eslatilgan Davlatda bunday korxona uchun yoki uning nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lsa va odatda undan foydalansa, uning faoliyati mazkur moddaning 4-bandida ko‘rsatilganlar bilan chegaralansa, agar mazkur band qoidalariga muvofiq doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa ham, bunday doimiy muassasani doimiy faoliyat joyiga aylantirmasa yoki
3. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari ko‘chmas mulkdan to‘g‘ridan to‘g‘rifoydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qo‘llaniladi.
4. Mazkur moddaning 1 va 3-bandlari qoidalari korxonaning ko‘chmas mulkdan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan ko‘chmas mulkdan olgan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
2. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga o‘xshash shartlar asosida amalga oshirib, doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘rib olishi mumkin bo‘lgan foyda kabi hisoblab yoziladi.
4. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha pula, qo‘shma faoliyat yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
1. Davlat rezidentining 6-moddada ko‘rsatilgan va boshqa Davlatda joylashgan ko‘chmas mulkni shaxsga berishdan oladigan daromadlar o‘sha boshqa Davlatda tortilishi mumkin.
4. Mazkur moddaning 2-bandi qoidalariga qaramasdan Davlat rezidenti kompaniyaning ulushi bo‘lgan aksiyalarni o‘zgalarga berishdan oladigan daromadlar ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
1. 16, 18, 19, 20 va 21-moddalar qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanish bo‘yicha oladigan maoshi, ish haqi va boshqa shu kabi haqlar faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmagan bo‘lsa. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan bo‘lsa, unda shu munosabat bilan olingan haq ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan haq, agar kuyidagi shartlar bajarilsa, faqat birinchi eslatilgan Davlatda tortiladi, agar:
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi san’at xodimi yoki sportchi sifatida boshqa Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadi shu Davlatda tortilishi mumkin.
2. San’at xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatga doir daromad san’at xodimi yoki sportchining o‘ziga emas, boshqa shaxsga hisoblab yozilsa, 7, 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, ushbu daromad san’at xodimi yoki sportchi faoliyat ko‘rsatgan o‘sha Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rib chiqilayotgan, bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Davlatda amalga oshirgan faoliyatidan oladigan daromad bu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, agar uning ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda bo‘lishi to‘la yoki qisman birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatning jamoat jamg‘armalari yoki siyosiy bo‘linmasi yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlansa, yoki Ahdlashuvchi Davlatlar hukumatlari o‘rtasida madaniy ayirboshlash to‘g‘risida bitim mavjud bo‘lsa, soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga ilgari yollanish bo‘yicha ishlaganlik munosabati bilan kompensatsiya sifatida to‘lanadigan pensiyalar va boshqa o‘xshash to‘lovlar faqat ushbu Davlatda tortiladi.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga qaramasdan Ahdlashuvchi Davlat yoki uning siyosiy bo‘linmasi yoki mahalliy hokimiyat organi ijtimoiy himoya tizimining bir qismi bo‘lgan ijtimoiy sxema bo‘yicha amalga oshirilib, to‘lanadigan pensiyalar va boshqa to‘lovlar faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki siyosiy yoxud ma’muriy bo‘linma yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladigan tijorat faoliyati munosabati bilan ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lanadigan ish haqi, maosh va shunga o‘xshash haqlar va pensiyalarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. 6-moddaning 2-bandida belgilangan ko‘chmas mulkdan olingan daromadni istisno etgan holda, agarda bunday daromadni oluvchi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bo‘la turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa yoki u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa va daromad to‘lanadigan huquq yoki mol-mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bog‘langan bo‘lsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari qo‘llanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7 va 14-moddalarning qoidalari qo‘llaniladi.
1. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalari yoki ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligidan ushbu Konvensiyaga zid bo‘lmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotni almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanib qolmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olgan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat baholash yoki yig‘ish, majburiy undirish yoki sud orqali ta’qib etish bilan yoxud ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni ko‘rib chiquvchi shaxslar va organlargagina, shu jumladan sudlar va ma’muriy organlarga oshkor etiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chog‘ida oshkor etishlari mumkin.
2. Har qanday holatda ham ushbu moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Mazkur Konvensiyaning 10, 11 va 12-moddalarida nazarda tutilgan, Ahdlashuvchi Davlatning hukumati (O‘zbekiston Respublikasiga tatbiqan Markaziy bank va Davlatga to‘liq tegishli tashkilotlar va Saudiya Arabistoni Podshohligiga tatbiqan Saudiya Arabistoni Monetar agentligi) olgan foyda, olinishi mumkin bo‘lgan qarz talablari yoki huquqlari aksiyalarini boshqalarga berishdan olinadigan har qanday daromad bilan birga, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
1. Konvensiyaning 3 moddasi (g) paragrafi hamda 8,13,15 va 23 moddalari qayd etilgan “xalqaro tashish” atamasiga, shuningdek “temir yo‘l transporti” ham kiradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”