Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son “Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011—2015-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 488-modda) muvofiq bolalar maydonchalarini qurish va undan foydalanishda texnika xavfsizligiga rioya qilinishini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son “Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011—2015-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bolalar maydonchalarining ko‘rkam va obod holda saqlanishi, ulardagi o‘yin va sport qurilmalarining (keyingi o‘rinlarda jihozlar deb yuritiladi) texnik jihatdan soz holatda bo‘lishiga uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari mas’uldir.
7. Bolalar maydonchalarida jihozlar Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar maydonchalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.