28.10.2009 yildagi 211-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining buyrug‘i, 28.10.2009 yildagi 211-son
Kuchga kirish sanasi
11.12.2009
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Mazkur “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (quyida — “Qoidalar”) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda)ga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga asosan ishlab chiqildi.
Agar choksiz quvurlarning yuzasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq buzmay nazorat qilish usuli bilan tekshirilgan bo‘lsa, ularni gidrosinovdan o‘tkazmasa ham bo‘ladi.
78. Echib olinadigan ulamalarda rezbali va mazkur Qoidalarning 66-bandidagi talablar asosida zichlab payvandlangan flanetslarni qo‘llash lozim.
146. Suyuq va gazsimon ammiak transportirovka qilinadigan quvuro‘tkazgichlarda, 142-bandda bayon etilgan me’yorlar chegarasida toblangan cho‘yandan yasalgan maxsus armaturalardan foydalanish kerak.
165. Yonma-yon turadigan quvuro‘tkazgichlar o‘qi orasidagi masofa (oraliq), hamda quvuro‘tkazgich bilan qurilish konstruksiyalar orasidagi masofa (5-ilova*) ham gorizontal, ham vertikal bo‘yicha ularni yig‘ish, ta’mirlash, ko‘rikdan o‘tkazish, izolatsiyalash, hamda harorat ta’siridan quvuro‘tkazgichda sodir bo‘ladigan siljishga imkon beradigan bo‘lishi lozim. 5-ilovada qo‘shni quvuro‘tkazgichlarning o‘qlari, hamda kanallar devori va bino devorlari orasidagi masofalar miqdori tavsiya etilgan.
182. Texnologik quvuro‘tkazgichlarni kanallarga o‘rnatish 162, 164-bandlarda bayon etilgan talablarni bajarib, tegishli asoslangandan keyingina ruxsat etiladi.
353. Ichki diametrlari orasidagi farq 8-ilovada* berilgan o‘lchamlardan ziyod bo‘lmasligi kerak. Agar mazkur o‘lcham ruxsat etilgan miqdordan katta bo‘lsa, chok tekis o‘tishini ta’minlash uchun ichki diametri kichik quvurning uchini 15° qiyalikda biroz yo‘nish zarur. Shartli ishchi bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/sm2) gacha bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarda quvurlar uchini bir-biriga silindrik yoki konussimon qilib joylashtirish mumkin.
430. Sinov paytidagi bosim darajasi 421-banddagi talablarni hisobga olib belgilanadi.
Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarni sinash muddatlari mazkur quvuro‘tkazgich uchun 479-bandda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq taftish o‘tkazish davrining 2 barobari darajasida belgilanadi, ammo har 8 yilda 1-martadan kam bo‘lmasligi kerak.
550. Flanetslarni turli detal (patrubkalar, shaklli qismlar, flanetssiz armatura, kompensatorlar va sh. k.)lar bilan payvandlash paytida, mazkur Qoidalarning 6-bobidagi talablarga muvofiq ravishda, ularning o‘qlari va zichlanuvchi yuzalari o‘zaro mos kelishini ta’minlash lozim.