Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASIDA HAVO KEMALARIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2214]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 23-yanvardagi 108-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2214-2, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarini oldini olish, havo kemalarining parvozlari xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar oldida ularning hayotlari uchun javobgarlikni oshirish maqsadida buyuraman:
1. Vaqtincha 2013-yil 1 maygacha xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning talablariga muvofiq boʻlmagan yoki 25 yil va undan ortiq boʻlgan kalendar xizmat muddatini oʻtagan samolyotlar uchun:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2214-1, 28.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 13-son, 149-modda)
a) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatant sertifikatiga xorijda roʻyxatdan oʻtgan havo kemalarini kiritish toʻxtatilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-aprel,
43-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 153-modda; 2012-y., 13-son, 149-modda)