Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOʻP TOMONLAMA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh MASALALARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON - MOLDOVA QOʻShMA KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINING TARKIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-dekabrdagi 519-son “MDH davlatlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Moldova Respublikasi oʻrtasidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Moldova qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismining yangi tarkibi tasdiqlansin:
| Usmonov Mirabror Zufarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, rais |
| Abdurahmonov Sobirjon Yoqubovich | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, rais oʻrinbosari |
|
Komissiya aʼzolari: | ||
| Musayev Maʼruf Mahmudovich | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |
| Gʻaniyev Elyor Majidovich | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Samatov Poʻlat Azizovich | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
| Abdullayev Shuhrat Yuryevich | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Sattorov Shuhrat Hamidovich | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Yusupov Fozil Odilovich | — | “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisining oʻrinbosari |
| Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich | — | Markaziy bank raisining oʻrinbosari |
| Rasulov Rahmonjon Poʻlatovich | — | Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari |
| Galaganova Ekaterina Ilinichna | — | “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-iyundagi 245-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-fevral,
79-son