Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO-IQTISODIY, ILMIY-TEXNIKAVIY VA MADANIY HAMKORLIK BOʻYIChA OʻZBEKISTON-TURKMANISTON QOʻShMA KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-dekabrdagi 519-son “MDH davlatlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning hamda ilm-fan, texnika, axborot va madaniyat sohalarida hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Turkmaniston bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi tarkibda tuzilsin:
| Yunusov Rustam Rasulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, hamrais |
| Rahimov Tohir Gʻofurovich | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, hamrais oʻrinbosari |
|
Komissiya aʼzolari: | ||
| Kamolov Timur Abdurahmonovich | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abdurahimov Bahodir Abdurahimovich | — | Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari |
| Jalilov Abdulhat Turopovich | — | Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi |
| Ermetov Normat Ermetovich | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi |
| Fayziyev Zafar Omonovich | — | “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasining raisi |
| Hakimov Bahodir Yoʻldashevich | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan hamkorlik boʻlimining bosh mutaxassisi |
| Olimboyev Sobit Ahmadovich | — | Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining boshligʻi |
| Gʻulomov Marat Mannopovich | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasining xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalar boshqarmasining boshligʻi, komissiya kotibi |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 13-yanvar,
23-son