Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK MASALALARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON — TOJIKISTON QOʻShMA KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-dekabrdagi 519-sonli “MDH davlatlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Tojikiston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi tarkibda tuzilsin:
| | | |
| Yunusov Rustam Rasulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, hamrais |
| Odilov Abdulhamit Abdulhaqovich | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, hamrais oʻrinbosari |
| Komissiya aʼzolari: | ||
| Mergichev Boris Aleksandrovich | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining shuʼba mudiri |
| Iskanov Xoldor Iskanovich | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
| Abdullayev Shuhrat Yuryevich | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Xalilov Bahodir Xalilovich | — | “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Muratov Tohir Soliyevich | — | Energetika va elektrlashtirish vazirining oʻrinbosari |
| Ermetov Normat Ermetovich | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi |
| Karimov Nasimqul Hazratqulovich | — | “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisining oʻrinbosari |
| Gʻulomov Alisher Hamidovich | — | “Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Oripov Saidazim | — | Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
| Tolipov Gʻani Akbarovich | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi yer tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ega boʻlgan Bosh boshqarmasining boshligʻi |
| Galaganova Ekaterina Ilinichna | — | “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, komissiya kotibi |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 4-yanvar,
1-son