Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 23.07.2010 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak konlari guruhi mahsulotlari taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida davlat xarajatlarini toʻlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PQ-2963-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak konlari guruhi mahsulotlari taqsimotiga oid bitimning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak konlari guruhi mahsulotlari taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 26-martdagi PQ-1081-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan “PETRONAS Carigali Overseas Sdn.Bhd.” kompaniyasi oʻrtasida 2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak konlari guruhi mahsulotlari taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak konlari guruhi mahsulotlari taqsimotiga oid bitimni (keyingi oʻrinlarda Bitim deb ataladi) amalga oshirish doirasida 50 mln AQSH dollari miqdoridagi davlat xarajatlari xorijiy investor tomonidan bosqichma-bosqich qoplanishi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investor Bitim doirasida qoplanadigan davlat xarajatlarini “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga xorijiy valyutada toʻlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Bitim doirasida xorijiy investor tomonidan qoplanadigan davlat xarajatlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, kelgusida neft-gaz tarmogʻini rivojlantirishda foydalanish uchun “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-son