Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.10.2001 yildagi 406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YaNGIYOʻL SELLYULOZA-QOGʻOZ FABRIKASINING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasida sellyuloza va qogʻoz ishlab chiqarish boʻyicha loyihadagi quvvatga erishishni xamda ishlab chiqarishning samarali faoliyatini taʼminlash, “Oʻzqogʻoz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan kreditlarni qaytarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasi qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Oʻzqogʻoz” aksiyadorlik jamiyatiga berilgan kredit boʻyicha asosiy qarzni va foizlarni toʻlash muddatini imtiyozli davrda qoʻshilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga oʻnta teng yarim yillik toʻlovlar bilan uzish shartlarida 2002-yil 1-noyabrgacha uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqogʻoz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan markazlashtirilgan kredit boʻyicha asosiy qarzni va foizlarni toʻlashni boshlash muddatini imtiyozli davrda qoʻshilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga oʻn ikkita teng yarim yillik toʻlovlar bilan uzish shartlarida 2002-yil 1-oktabrgacha uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining oʻz mablagʻlari hisobiga asosiy qarzni va foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan 116,43 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini bankning vakillik hisob raqamida tiklash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasi qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash uchun bankning oʻz resurslari hisobidan “Oʻzqogʻoz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan kredit tarkibini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashni boshlash muddatini 2002-yil 15-fevralgacha uzaytirish va 2001-yil 1-oktabrgacha qoʻshilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga oʻnta teng toʻlovlar bilan uzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 1-oktabrdan boshlab qoʻshiladigan foizlarni 2001-yil 30-oktabrdan boshlab xar oydagi toʻlovlar bilan uzish shartlari bilan qayta oʻzgartirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlar boʻyicha toʻlovlarni boshlash muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda Hukumat kafolatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
406-son