Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.05.2008 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING FARGʻONA FILIALI OBYEKTLARI QURILIShINI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qaroriga muvofiq hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishi buyurtmachisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi “1-mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna” masʼuliyati cheklangan jamiyat — bosh loyihalovchi tashkilot va bosh pudratchi tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-2009 oʻquv yili boshlangunga qadar boʻlgan muddat — obyektlar qurilishini tugatish muddati etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishini moliyalashtirish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2008-yil 1-iyulga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda obyektning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-son