Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASIDA HAVO KEMALARIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-aprelda 1947-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011-yil 12-dekabrdagi 267-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2293, 12.12.2011-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarini oldini olish, havo kemalarining parvozlari xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar oldida ularning hayotlari uchun javobgarlikni oshirish maqsadida buyuraman:
1. Vaqtincha 2010-yil 1 maygacha xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning talablariga muvofiq boʻlmagan yoki 25 yil va undan ortiq boʻlgan kalendar xizmat muddatini oʻtagan samolyotlar uchun:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatant sertifikatiga xorijda roʻyxatdan oʻtgan havo kemalarini kiritish toʻxtatilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-mart,
28-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 228-modda)