Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh TARTIBOTINI SODDALAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 6 IYuLDAGI 318-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-son qarori)” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatining ellik oltinchi pozitsiyasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
“Nomi” ustuniga “axborotni texnik va kriptografik muhofaza qilish vositalari” soʻzlari qoʻshilsin;
“TIF TN” ustuniga “8540-:-8540 89 900” raqamlaridan keyin “8543 89 950” raqamlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-iyun,
118-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 250-modda)