Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2007 19.01.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 15
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻriqnomasi, 19.01.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 15
Kuchga kirish sanasi
19.01.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri ichki xizmat
general-leytenanti Z. ALMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ChET EL FUQAROLARINING TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISh TARTIBI VA XALQARO AVTOMOBIL YOʻLLARIDA YOʻL-PATRUL XIZMATINI TAShKIL QILISh BOʻYIChA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻriqnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 19-yanvarda 15-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2007-yil 5-maydagi 85-mx-sonli buyrugʻiga asosan Davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Amaldagi qonunlarga koʻra, chet ellik transport vositalari egalarining respublika avtomobil yoʻllarida harakatlanishlari, harakatlanish qoidalariga amal qilishlari va jamoat tartibini saqlashlarini nazorat qilish Ichki ishlar idoralari., shuningdek DAN YPX xodimlari zimmasiga yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Yoʻllarda harakatlanish qoidasini, shuningdek jamoat tartibini buzgan chet el fuqarolari va fuqarolik huquqiga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatga ega boʻlgan shaxslar daxlsiz boʻlib, ularni tintuv qilish, hibsga olish, vaqtinchalik ushlab turish, jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortish, hamda ulardan guvoh sifatida koʻrgazma olish mumkin emas. Ushbu shaxslarga nisbatan choralar faqat diplomatik tarzda, Tashqi ishlar vazirligi orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Chet ellik fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalarini harakatlanishini nazorat qilayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimlari oʻz vakolatlari doirasida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga zarur yordam koʻrsatishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ChET ELLIK FUQAROLAR UChUN BELGILANGAN IMTIYOZLAR:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Oʻzbekiston Respublikasida diplomatlarga berilgan imtiyozlar 1961-yildagi diplomatik munosabatlar haqidagi Vena konvensiyasiga asosan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Diplomatik, konsullik vakolatxonalari, elchixona darajasiga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlariga tegishli transport vositalariga nisbatan imtiyoz va ustunliklar faqat “SMD”, “D” va “UN” indeksli davlat nomeriga ega transport vositalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Vakolatxona, elchixona darajasiga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga tegishli “SMD”, “D” va “UN” indeksli transport vositalarining haydovchilari yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzgan taqdirda DAN xodimi uni toʻxtatib, qoidabuzarlikni qayd etgach, qoʻyib yuborishi va bu haqda DANB rahbariyatini xabardor etishi zarur. DANB rahbari esa bu haqda Tashqi ishlar vazirligi (TIV) va milliy xavfsizlik xizmatiga (MXX) zudlik bilan xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Tegishli vakolatga ega boʻlgan chet elliklarga qarashli transport vositalarida (agar ularga tibbiy yordam koʻrsatish lozim boʻlmasa) yoʻl-transport hodisasi sodir etilsa, DAN xodimi haydovchiga hodisa yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashishini tavsiya etadi. Agar haydovchi yoki uning yonida oʻtirgan yoʻlovchilardan biror kishi hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishni xohlamasa, ular haqidagi zarur maʼlumotlarni yozib olib, ketishga ruxsat etadi va bu haqda navbatchini xabardor etadi u esa oʻz navbatida TIV va MXX ga xabar qiladi (Hodisani rasmiylashtirish jarayonida Tashqi ishlar vazirligining xodimi ishtiroki shart).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voqea joyini koʻzdan kechirish bayonnomasida haydovchining qatnashmaslik sababi koʻrsatilib, uni tuzgan xodim hamda guvohlarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. “T”, “M”, “K”, “N” va “R” indeksli transport vositalari haydovchilari yoʻllarda harakatlanish qoidasini buzgan hollarda ularga nisbatan maʼmuriy choralar umumiy tarzda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. RESPUBLIKA AVTOMOBIL YOʻLLARIDA ChET ELLIK FUQAROLARGA TEGIShLI BOʻLGAN TRANSPORT VOSITALARINI HARAKATLANISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Transport vositalarida quyidagilar, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1.1. Respublikamizning chet el fuqarolari uchun ochiq boʻlgan hududlarining avtomobil yoʻllarida, chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining rahbari va ularning oila aʼzolari (zarur boʻlganda oʻzlarining shaxsiy haydovchisi va shaxsiy tarjimonlari kuzatuvida yurishlari mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1.2. Xalqaro avtomobil harakati uchun ochiq boʻlgan yoʻllarda, diplomatik va konsullik vakolatxonalarning boshqa xodimlari, Tashqi ishlar vazirligi akkreditivini olgan chet el korxonalari, firma, bank xodimlari, chet el avtosayyohlari va yuk avtomobili haydovchilari yurishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1.3. Respublikamizda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqarolik huquqiga ega boʻlmagan shaxslar avtomobil yoʻllarida doimiy yashaydigan ishlaridagi Ichki ishlar idoralarini ruxsatnomasi bilan yurishlari mumkin (chet el fuqarolari uchun yopiq boʻlgan tumanlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Toshkent shahar IIBB DANB navbatchisi “SMD”, “D”, “UN” belgili transport vositalari Toshkent shahridan tashqariga chiqqani haqida zudlik bilan MXX ga axborot berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Chet el diplomatik va konsullik vakolatxonalari xodimlari, Tashqi ishlar vazirligidan akkreditiv olgan chet el jurnalistlari, chet el korxonalari vakillariga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻz shaxsiy transport vositalarida kirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Respublikamizda doimiy hamda vaqtinchalik yashaydigan chet elliklar va fuqarolik huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga tegishli transport vositalari DAN tomonidan roʻyxatga olinganda, ularga quyidagicha maxsus davlat belgilari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.1. “SMD” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari yashil fonga va oq rangli ramzga ega boʻladi. Diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining xizmatda foydalanadigan va shaxsiy transport vositalariga beriladi. Birinchi 2 ta raqam vakolatxona belgisi, ikkinchi 2 ta raqam transport vositasining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.2. “D” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari yashil fonga va oq rangli ramzga ega boʻladi. Bunday davlat belgilari elchixona darajasidagi chet el diplomatik, konsullik vakolatxonalar va boshqa xalqaro tashkilotlar transport vositalariga hamda ushbu vakolatxonalarning diplomat darajasidagi xodimlari va ularning oila aʼzolarining shaxsiy transport vositalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.3. “UN” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari moviy fonga va oq rangli ramzga ega boʻlib, Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) respublikamizdagi vakillariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.4. “T” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari yashil fonga va oq rangli ramzga ega boʻladi. Bunday davlat belgisi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, boshqa xalqaro tashkilotlarining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, hamda ularning oila aʼzolariga qarashli transport vositalariga beriladi. Birinchi 2 ta raqam vakolatxona belgisi, ikkinchi 2 ta raqam transport vositasining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.5. “M” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari moviy fonga va oq rangli ramzga ega boʻladi. Bunday davlat belgilari Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ochilgan chet el firmalari, banklar va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ana shu vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasida akkredit qilingan xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga qarashli transport vositalariga beriladi. Birinchi 2 ta raqam chet davlat belgisi, ikkinchi 2 ta raqam transport vositasining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.6. “K” 4 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari moviy fonga va oq rangli ramzlarga ega boʻladi. Chet ellik ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalariga, ana shu vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila aʼzolariga qarashli transport vositalariga beriladi. Birinchi 2 ta raqam chet davlat belgisi, ikkinchi 2 ta raqam transport vositasining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.7. “N” 6 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari sariq fonga va qora rangli ramzga ega boʻladi. Bunday davlat belgilari chet el fuqarolari tomonidan boshqariladigan Oʻzbekiston bilan chet elning birgalikdagi korxonalarning yoki ana shunday korxonalar xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqishga va shaxsiy xizmat ishlari bilan kelgan chet ellik fuqarolarning, Oʻzbekiston Respublikasida viza boʻyicha doimiy yashovchi chet ellik fuqarolar yoki fuqarolik huquqiga ega boʻlmagan shaxslarning, hamda chet ellik fuqarolarga ijaraga beriladigan transport vositalariga beriladi. Birinchi 3 ta raqam respublika va viloyat belgisi, ikkinchi 3 ta raqam transport vositasining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.8. “R” 6 ta raqamdan iborat. Raqam belgilari sariq fonga va qora rangli ramzga ega boʻladi. Bunday davlat belgilari uzil-kesil chet elga olib chiqib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik fuqarolar tomonidan sotib olingan va Oʻzbekiston Respublikasidan uzil-kesil olib chiqib ketilishi lozim boʻlgan transport vositalariga beriladi. Birinchi 3 ta raqam respublika va viloyat belgisi, ikkinchi 3 ta raqam transport vositalarining tartib soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet ellik fuqarolarning DAN roʻyxatidan oʻtmaydigan transport vositalarida arab raqamida yoki uning oldida lotin tilidagi harflardan iborat davlat raqam belgilari boʻlishi shart. Bu raqam belgilari, hamda chet davlatning ajratuvchi belgisi transport vositasining oʻzida yoki unga biriktirilgan maxsus tablichkaga oʻrnatiladi. Chet davlatning ajratuvchi belgisi ellips shaklida boʻlgan oq rangli tablichkaga yoki transport vositasining oʻziga lotin alfavitidagi bir, ikki yoki uchta bosh harflarni qora rangda yozish bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar raqam belgilari yoki harflar boshqa tilda yozilgan boʻlsa, bu holda qayd etish belgilari arab raqam belgilari va lotin tilidagi bosh harflarda qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat yuzasidan, savdo-sotiq jamoat ishlari, shuningdek boshqa ishlar bilan kelgan chet el fuqarolari, respublika tashkilot va muassasalariga qarashli transport vositalarida belgilangan dastur va rejaga asosan ularni qabul qilgan tashkilot vakili kuzatuvida harakatlanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga yashashga ruxsat etilgan shahar, aholi yashaydigan joylarda “taksi” xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllarida yurgan barcha chet el fuqarolari quyidagilarga ega boʻlishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.1. Shaxsini isbotlovchi hujjatlar, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladigan diplomatik (konsullik) varaqa, diplomatik immunitetga ega boʻlgan shaxslarda diplomatik pasport.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.1.2. Elchixona va vakolatxonalarning maʼmuriy-texnik va xizmatchi xodimlarida xizmat varaqlari (unda koʻrsatilgan vakolatlardan ushbu toifadagi xodimlar faqat xizmat vazifalarini bajarishlarida foydalanishlari mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.1.3. Iqtisodiy hamkorlikdagi Xalqaro banklarda ishlaydigan chet el fuqarolarining shaxsiy guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.1.4. Oʻzbekiston Respublikasi vaqtincha yashovchi, xizmat vazifalari yoki xizmat safariga, yoxud oʻz ishi bilan kelgan chet el fuqarolarida, avtosayyohlar, avtomobillari haydovchilarida Ichki ishlar idoralarida yoki mehmonxonalarda roʻyxatga olingan milliy pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki oʻtib ketish uchun berilgan viza yohud yashash guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.2. Transport vositasini boshqarish huquqini beradigan hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.2.1. Harakat xavfsizligi haqidagi Xalqaro konvensiya talablariga javob beradigan xalqaro yoki milliy haydovchilik guvohnomasi oʻzbek tilidagi tasdiqlangan tarjimasi bilan yoxud Davlat avtomobil nazorati boshqarma (boʻlim)lari tomonidan berilgan haydovchilik guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.2.2. Davlat avtomobil nazorati tomonidan berilgan texnik pasport yoki texnik talon, Oʻzbekturizm davlat komitetidan beriladigan ijara varaqasi yoki transport vositasi chiqib kelgan mamlakatning xalqaro guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.3. Avtomobil yoʻllarida harakatlanish huquqini beradigan hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.3.1. Chet ellik avtosayyohlarga-sayyohning familiyasi, ismi-sharifi, qaysi davlat fuqarosi ekanligi, transport vositasining davlat belgisi, harakat yoʻnalishi, chet davlat avtobuslari haydovchilarining toʻxtash joyi va sanasi koʻrsatilgan dalolatnoma (vaucher). Dalolatnomada koʻrsatilganlar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun berilgan viza bilan bir xil boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.3.2. Respublikamizda doimiy va vaqtinchalik yashaydigan chet elliklarga yoki fuqarolik huquqiga, ega boʻlmagan shaxslarga, yashash (joyidagi Ichki ishlar idorasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma (unda transport vositasini rusumi, davlat belgisi, harakat yoʻnalishi va hokazolar koʻrsatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7.3.3. Chet el yuk avtomobillari haydovchilariga yuk tashish ruxsatnoma va yuk hujjati (unda yukning nomi, ogʻirligi, chiqish joyi va olib borilayotgan manzilgohi, tushirish (ortish) vaqti koʻrsatadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ChET EL TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING YOʻLDA HARAKATLANISh QOIDALARI VA JAMOAT TARTIBIGA RIOYA QILIShINI NAZORAT ETIShNI TAShKILLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Chet el fuqarolariga tegishli boʻlgan transport vositalarining harakatlanishini nazorat qilish maqsadida xalqaro avtomobil harakati uchun ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllarda Davlat avtomobil nazoratining maxsus maskanlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2.Maxsus maskanlarda xizmat qilayotgan DAN yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining xizmat joyidan ketib qolishlari qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim holatlarda (favqulodda kasal boʻlib qolganda, hodisalar vaqtida jarohat olganlarga yordam berish zarur boʻlganda, tabiiy ofat vaqtida, jinoyatchilarni ushlash chogʻida) navbatchining ruxsati bilangina maskanni tashlab ketishi mumkin. Navbatchi esa maskanga boshqa xodim qoʻyish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Maxsus maskanda xizmat vazifasini oʻtayotgan yoʻl-patrul xizmati inspektori unga qoʻyilgan umumiy talablardan tashqari quyidagilarni bilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3.1. Bu maskanda xizmat oʻtashni alohida xususiyatlari viloyat, respublika doirasida xalqaro avtomobil harakati uchun doimo va vaqtinchalik ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllarini, hamda yaqin atrofda joylashgan maxsus maskanlarni va ular bilan bogʻlanish usullarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3.2. Maskanga yaqin joylashgan chet el fuqarolarini tunashi uchun moʻljallangan joylarni, ularni transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va yoqilgʻi qoʻyish, aloqa boʻlinmalari, tibbiyot muassasalari, davlat idoralari boʻlinmalari joylashgan joylarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. DAN yoʻl-patrul xizmati inspektori maxsus maskanda xizmat oʻtash vaqtida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.1. Qoʻzgʻalmas maskanlarida boʻlishi zarur boʻlgan hisobga olish kitobiga davlat belgilari “SMD”, “D”, “UD”, “T”, “M”, “K”, “N”, “R” boʻlgan transport vositalarini va chet el fuqarolariga tegishli boʻlgan yuk avtomobillarini oʻtishini qayd qiladi. Agar yoʻl-patrul xizmati inspektori navbatchidan koʻrsatma olgan boʻlsa, u holda chet el fuqarolari boʻlgan barcha boshqa transport vositalarini ham shu kitobga roʻyxatga oladi. Bu haqda navbatchiga xabar qiladi, u esa oʻz navbatida MXX idoralariga axborot beradi. Chet el fuqarolariga tegishli boʻlgan transport vositalarini roʻyxatga olish iloji boricha qisqa vaqtda amalga oshirilishi zarur, bu vaqtda ular toʻxtatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.2. Roʻyxatga olinishi zarur boʻlgan transport vositasi ketayotganligi toʻgʻrisida qoʻshni maxsus maskanni xabardor qiladi. Bunday maʼlumotni olgan inspektor xizmat qilayotgan hududda chet elliklarga tegishli boʻlgan transport vositalarini harakatlanishini nazorat qilish va ular yoʻnalishdan chiqib ketgan yoki toʻxtash taqiqlangan joylarda toʻxtagan hollarda, bu haqda navbatchiga axborot berib, ularni qidirib topish choralarini koʻradi. Navbatchi esa MXX idoralariga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.3. Chet el fuqarolari uchun ochiq boʻlgan hududlarda diplomatik (konsullik) vakolatxonalar xodimlari va ularning oila aʼzolari, Tashqi ishlar vazirligi akkreditiviga ega boʻlgan chet ellik muxbirlar, Oʻzbekistonda doimiy (vaqtincha) yashaydigan chet el fuqarolari, avtosayyohlar transport vositalarida harakatlanishi oldindan xabar qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.4. Davlat belgisi Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli boʻlgan transport vositalarida kuzatuvsiz harakatlanayotgan chet elliklarni, belgilangan yoʻnalishdan chiqib ketgan chet el fuqarolarini toʻxtatib, harakatlanish qoidalarini buzilish sabablarini aniqlaydi va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Ushbu holat boʻyicha navbatchini xabardor etadi va uni koʻrsatmasiga binoan harakat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.5. Chet el fuqarolari toʻxtashi mumkin boʻlmagan joylarda (ovqatlanish, savdo-sotiq, aloqa, texnik xizmat koʻrsatish va yoqilgʻi quyish joylari, hamda dam olish maydonlari bundan mustasno) toʻxtab turganligi aniqlanganda ularga nisbatan bayonnoma tuzadi va ruxsat berilgan yoʻnalishda harakat qilishni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlatlar bilan oʻzaro kelishuv boʻlmagan boʻlsa, chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki oʻtib ketish uchun vizasi yoʻqligi qoʻshni davlatlar bilan chegaraga yaqin maskanlarda aniqlangan taqdirda bu fuqarolar respublika hududiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.6. Bayonnomalarni safdagi boʻlinma komandiriga topshiradi, u esa ularni tegishli chora koʻrish uchun qoidabuzarlik sodir etilgan joydagi Ichki ishlar boʻlimiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.7. Chet elliklarga qarashli transport vositasi texnik nosozligi yoki belgisi tugaganligi tufayli toʻxtab qolgan (toʻxtab turgan) boʻlsa, uni texnik xizmat koʻrsatish, yopip qoʻyish joylarigacha yoki toʻxtash taqiqlangan joydan tashqarigacha (tortib) olib borish choralarini koʻradi. Bu haqda navbatchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.8. Mast holatda boʻlgan barcha chet el fuqarolarini transport vositasini boshqarishdan chetlashtiradi. Bunday holatlarda transport vositasi haydovchisi hech qanday immunitetga ega boʻlmasa, unga nisbatan chora umumiy asosda qoʻllaniladi. Agar haydovchi immunitetga ega shaxs boʻlsa, uning roziligi bilan tibbiyot koʻrigidan oʻtishni taklif qiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgani haqida bayonnoma tuzib, haydovchilik guvohnomasini qaytarib beradi.Haydovchi tekshirishdan bosh tortgan taqdirda bayonnoma ikki guvoh ishtirokida tuziladi. Bu haqda DANB navbatchisiga axborot beradi, u esa oʻz navbatida MXX idoralarini xabardor etib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining navbatchisi orqali elchixona (vakolatxona) vakilini bayonnoma bilan tanishish va transport vositasini olib ketish uchun chaqirtiradi. Vakilni chaqirishni iloji boʻlmasa, haydovchiga transport vositasini qoldirib, yashash joyigacha taksida yoki boshqa transportda ketishini taklif qiladi. Agar transport vositasi harakatga xalaqit beradigan boʻlsa, uni yaqiniga joylashgan toʻlovli saqlash joyigacha olib borib qoʻyish chorasini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.9. Chet el fuqarolari tomonidan yoʻlda harakatlanish qoidalari boshqacha tarzda buzilgan vaqtda, yoʻlda harakatlanish qoidalarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnomada belgilab qoʻyilgan tartibda harakat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.10. Chet el fuqarolari boʻlgan transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisida navbatchiga axborot beradi va belgilangan tartibda harakat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.11.Chet el fuqarolari tomonidan jamoat tartibini buzish hollarini oldini olish choralarini koʻradi, zarur boʻlib qolgan taqdirda bunday shaxslarni shahar, tuman Ichki ishlar idoralarining navbatchilik qismiga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar immunitetga ega chet el fuqarosi qoidabuzarlik sodir etsa, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan kerakli maʼlumotlar yozib olinadi, chet el fuqarosi esa ushlab turilmaydi. U yoʻl qoʻygan qoidabuzarligi uchun joyida bayonnoma tuzilib, uni tuzuvchi va guvohlar imzosi bilan tasdiqlanadi, qoidabuzar bayonnomani tuzish vaqtida ishtirok etishi va rozi boʻlgan holda unga imzo chekishi mumkin, inspektor bu haqda navbatchiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.12. Chet el fuqarolari tomonidan yoki ularga nisbatan jinoyat sodir etilganda, uni ushlash, guvohlarni aniqlash, jinoyat sodir etilgan joyni va ashyoviy dalillarni qoʻriqlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatchilik qismiga boʻlgan voqeani maʼlum qilib, navbatchining koʻrsatmasiga amal qilgan holda ishini davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.13. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar harakatlanganlarida yoki toʻxtab turganlarida harbiy texnikaning barcha turlarini, qurollarni, harbiy inshootlarni, muassasalarini, yoqilgʻi omborlarini, dengiz portlarini, katta suv inshootlarini, yer osti yoʻllarini (tonnellarni), temir yoʻl va avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, sanoat korxonalarini, ilmiy tekshirish institutlarini-laboratoriyalarini, elektrostansiyalarni, radiostansiyalarni, telefon va telegraf stansiyalarini rasmga — kinoga olishi qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga haykallarni, madaniy oqartuv binolarini va tibbiyot maskanlari, oʻquv yurtlarini, teatrlar, muzeylar, madaniyat va dam olish bogʻlarini, stadionlar-koʻchalar, maydonlar, aholi yashash joylarini rasmga olishlariga va chizishlariga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarosi taqiqlangan joylarni kinoga, rasmga olayotgan yoki chizayotgan boʻlsa, inspektor uni oldini olish choralarini koʻradi. Uning shaxsini aniqlab, kino-foto hujjatlarini yoʻqotmaslik choralarini koʻradi va darhol navbatchilik qismiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Safdagi boʻlinmaning navbatchisi koʻrsatma va topshiriqlarni zarur boʻlgan hollarda milliy xavfsizlik xizmati idoralarining navbatchisi bilan kelishib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar haqida 1 kunlik muddatda, yozma ravishda ularni yollagan yoki qabul qilgan vazirlik va tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi MXX ogoh etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ChET EL FUQAROLARI BILAN MUOMILA QILISh TARTIBI:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. DAN yoʻl-patrul xizmati xodimi chet el fuqarolari bilan bosiq holda, aql-farosat bilan xushmuomila tarzda gaplashishi lozim. Oʻz xizmat burchini bajarish javobgarligini doimo esda tutishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Chet el fuqarolari bilan xizmat vazifalarini bajarishda, yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzilishini oldini olish, harakat sharoitlarini, tunash, yoqilgʻi quyish va transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish joylarini tushuntirish vaqtidagina muloqotda boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el fuqarosi DAN YPX xodimining vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan savollar bilan murojaat qilsa, unga tegishli muassasa va tashkilotlarga (diplomatik va elchilik vakolatxonalari vakillariga Tashqi ishlar vazirligiga, sayyohlarga — chet el sayyohlariga xizmat koʻrsatadigan idoralarga, chet el yuk tashuvchilariga, pasport boʻlinmalariga yoki vizalar va ruxsatnomalar berish boʻlimlariga) uchrashishlarini tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. DAN YPX xodimlarining chet elliklardan hech qanday sovgʻa olishi mumkin emas. Shuningdek, saqlab turish sharti bilan biror narsasini olib qolishi hamda ularning transport vositalaridan foydalanishlari qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. DAN xodimlari chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllarida harakatlanishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi IIV ning tegishli hujjatlariga amal qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Boshqarmasi boshligʻi militsiya polkovnigi M. BEKMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 14-yanvar