Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ShAHARDA VA ShAHAR ATROFIGA QATNAYDIGAN TRANSPORTDA
YOʻLOVChI TAShISh UChUN TARIFLAR TOʻGʻRISIDA
YOʻLOVChI TAShISh UChUN TARIFLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning chakana narxlarini hamda tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Yoqilgʻi, energiya manbalari, texnika va asbob-uskunalar narxlarining oshib borishi davom etayotganligi munosabati bilan hamda shaharda va shahar atrofida yoʻlovchilar tashuvchi transportning bir maromda ishlashi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-dekabrdan boshlab metro, tramvay, trolleybus va avtobusda bir marta yurishning cheklangan tarifi 30 “Soʻm-Kupon” (yoki rubl) qilib belgilansin.
1993-yil 1-dekabrdan boshlab shahar atrofida yoʻlovchilar tashish tariflarining amaldagi cheklangan miqdorlari 2,5 baravar oshirilsin.
2. Aholining ayrim toifalari uchun hozirgi vaqtda amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda:
yoʻlovchilar tashish yangi tariflarining preyskurantlarini tasdiqlasin va ularni barcha manfaatdor vazirliklar va idoralarga oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlasin;
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasiga beriladigan dotatsiyalar miqdorini aniqlasin.
4. Shaharda va shahar atrofida yoʻlovchilar tashish tariflarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son qarori (1-ilova) bilan belgilangan cheklangan miqdorlari bekor qilinsin.
5. Ushbu qarorning bajaralishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-noyabr,
572-son