“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat Mulk Qoʻmitasi
raisining oʻrinbosari
A.Joʻrayev
04/14-187-son
17.07.1998-y.
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xujaligi
vazirining oʻrinbosari
X.Isxanov
32-51-son
17.07.1998-y.
“KELIShILDI”
“Oʻzbek qoraquli”
kompaniyasining raisi
B. Sayitqulov
52/03-162
17.07.1998-y.
MOLLARNI PUDRAT ShARTNOMASI ASOSIDA OILAlaRGA BERISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 20-iyul 455-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 01/10-10/16, 46-sonli “Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish Tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 455-1, 09.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Mollarni (qorakoʻl qoʻylar) oilalarga pudrat shartnomasi asosida berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-sonli “Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu Tartib mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berishning xususiyatlarini belgilab beradi va bunda koʻrsatilmagan holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 379-381 va 631-655-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-modasiga muvofiq tartibga solinadi.
2. Mollarni oila pudratiga berish tanlov asosida oila pudrati shartnomasini tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
3. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) (keyingi oʻrinlarda “xoʻjalik” deb toritiladi) boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruv tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida kamida oʻttiz kun oldin xoʻjalik aʼzolariga xabar qilishi kerak. Tanlov toʻgʻrisidagi xabar gazeta, radio, televideniye yoki boshqa axborot vositalarida eʼlon berish bilan yoki boshqa shaklda xoʻjalik aʼzolariga yetkazilishi mumkin. Xabarda, tanlovning vaqti, joyi va shakli, tanlovga qoʻyilayotgan mollar (har bir pudratchiga beriladigan mollarning bosh soni va ularning tarkibi, moddiy resurslar (qoʻton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar)) va uni oʻtkazish tartibi, shu jumladan tanlovda qatnashishni rasmiylashtirish, oila pudrati shartnomasini tuslshga beriladigan muddat va uning shartlari toʻgʻrisidagi hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi kerak.
4. Agar tanlovni biror bir sabablarga koʻra boshqaruv tomonidan bekor qilish zaruriyati tugʻilsa unda boshqaruv ushbu haqidagi qarorni tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin tanlov eʼlon qilingan shaklda maʼlum qilishi kerak.
5. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xoʻjalik aʼzolari ushbu toʻgʻrisida xoʻjalik boshqaruvi nomiga ariza beradilar. Tanlovda qatnashish uchun ariza bergan kishi oʻz arizasini tanlov oʻtkaziladigan muddatdan uch kun oldin qaytarib olish huquqiga ega.
Arizalarni qabul qilish tanlov boshlanishiga besh kun qolganda toʻxtatiladi.
6. Mollarni oila pudratiga berish boʻyicha xoʻjalikda xoʻjalik mutaxassis va faollari (hisobchi, iqtisodchi, zootexnik, vetvrach, taftishchi, tajribali choʻpon va boshqalar)dan iborat maxsus tanlov komissiyasi tuziladi va uning tarkibi boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Tanlov komissiyasi arizalarni koʻrib chiqishda arizachining tegishli qishloq xoʻjalik malakasiga va ish tajribasiga egaligini hisobga oladi.
8. Tanlov komissiyasi tanlov oʻtkazilgan kuni ugʻing natijalarini eʼlon qiladi va ugibu haqida tegishli bayonnoma tuziladi. Bayonnoma boshqaruv vakili hamda tanlovda gʻolib deb hidoblangan oilalar boshliqlari tomonidan imzolanadi. Ushbu bayonnoma asosida boshkaruv tomonidan tegishli qaror chiqariladi. Qarorda har bir tanlov gʻolibiga berilayotgan mollarning bosh soni va ularning tarkibi, moddiy resurslar (qoʻton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar) koʻrsatiladi. Ariza beruvchilarning talabi qondirilmagan holda esa uning asoslantirilgan sababi koʻrsatiladi. Mollar qonunchilikda hamda shartnomada koʻrsatilgan muddatga har bir oilaviy pudratchiga xoʻjalikning tabiiy sharoitlarini hisobga olgan holda beriladi.
9. Tanlov natijalari boʻyicha boshqaruv qarori chiqqandan soʻng tanlovda gʻolib deb hisoblangan oilalar boshliqlari bilan tanlov toʻgʻrisidagi xabardor koʻrsatilgan muddat ichida tegishli pudrat shartnomasi tuziladi.
10. Oila pudrati shartnomasi boʻyicha, oila, pudratchi sifatida shartnomada belgilangan chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va ularni xoʻjalikka kelishilgan muddatlarda ochirish majburiyatini oladi, xoʻjalik esa, mazkur mahsulotlarni qabul qilish va ular uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
11. Oila pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
mollarning bosh soni va ularning tarkibi, ulardan foydalanish shartlari (qorakoʻl qoʻylarining naslini yaxshilash talablari, shu jumladan sovliqlar, qoʻchqerlar va qoʻzilarni alohida-alohida otar qilib boqish);
moddiy resurslar (qoʻton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar va boshqalar) bilan pudratchini taʼminlash shartlari;
yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
shartnoma muddati;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va shartnomani bekor qilish tartibi;
taraflarning xohishiga qoʻra boshqa shartlar.