Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
1998-yil 13-iyul
04-01-02/512-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
1998-yil 13-iyul
98-89-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
1998-yil 13-iyul
19-107-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot
vazirligi huzuridagi
Pensiya jamgʻarmasi
1998-yil 13-iyul
04-1/321-son
ADLIYA VAZIRLIGI 1997-YIL 5 MARTDA 311-SON BILAN ROʻYXATGA OLGAN “KORXONA, MUASSASA VA TAShKILOTLAR SOTILGAN MAHSULOT (IShLAR, XIZMATLAR)NING AMALDAGI HAJMIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY TAʼMINOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI PENSIYA JAMGʻARMASIGA OʻTKAZILADIGAN MAJBURIY AJRATMALARNI HISOBLASh VA TOʻLASh TARTIBI”GA (OʻZR MOLIYA VAZIRLIGI – 04-01-05/96A-SON, DSQ – 97-14-SON, PF – 03-01/43-SON 1997-YIL 21 FEVRAL)
qoʻshimchalar
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 6-avgustda 311-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 83, 37/3, 2011-36-sonli “Adliya vazirligi 1997-yil 5-martda 311-son bilan roʻyxatga olgan “Korxona, muassasa va tashkilotlar sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi hajmidan OʻzR Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga oʻtkazadigan majburiy ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi”ga (OʻzR Moliya vazirligi № 04-01-05/96A, DSQ № 97-14, PF № 03-01/43 1997-yil 21-fevral) qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 311-2, 06.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Majburiy ajratmalarni hisoblash va buxgalteriya hisobida qayd etish tartibi” degan 6-boʻlimga quyidagi 6.3 va 6.4 bandlar qoʻshilsin:
6.3 Banklar uchun 40000 “Daromadlar” guruhidagi barcha hisobvaraqlarda hisobot davri oxirida turgan qoldiq summasi va oʻtgan yil 31-dekabrdagi holatga koʻra “Olish uchun hisoblab yozilgan foizlar” degan 13600-hisobvaraq qoldiqlari summasi soliqqa tortish obyekti boʻlib xizmat qiladi, faqat quyidagilar bunga kirmaydi:
“Olish uchun hisoblab yozilgan foizlar” degan 13600-hisobvaraqning balans holatiga koʻra qoldigʻi hisobot davri oxirida;
xorijiy valyutadagi tushumdan sotilgan valyutaning “Boshqa foizsiz daromadlar” degan 45994-balans hisobvaragʻiga kiritilgan soʻmdagi ekvivalent — hisobat davri oxirida.
6.4. Banklar majburiy ajratmalarni hisoblab yozayotganda quyidagi qaydlar qilinadi:
Debet — 56714 “Soliqlar (daromad soligʻidan boshqalari)”
Kredit — 29806 “Toʻlash uchun ushlab qolingan soliq”
Toʻlanayotganda:
Debet — 29806 “Toʻlash uchun ushlab qolingan soliq”
Kredit — 10301 “Oʻzmarkazbank vakillik hisobvaragʻidan olish uchun — Nostro”.
Vazir oʻribosari
E. Gadoyev
E. Gadoyev
Raisning birinchi
oʻrinbosari M. Quralov
oʻrinbosari M. Quralov
Raisning birinchi
oʻrinbosari
M. Nurmurodov
Vazir oʻrinbosari
E. Boqiboyev
E. Boqiboyev