OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YUQORI ChASTOTALI QURILMALARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA OLISh (BERISh), LOYIHALASh, QURISh (OʻRNATISh), IShLATISh HAMDA ChET ELLARDAN OLIB KIRISh TARTIBIGA RIOYA QILINIShI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETIShDA VAZIRLIK VA IDORALARNING OʻZARO HAMKORLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda 1532-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet ellardan olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida”gi nizomning (2005-yil 23-dekabr, roʻyxat raqami 1532) 5 va 23-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga joriy etilsin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Bosh direktori A. ARIPOV
Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
03-8/2433-son
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
12826-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
33/460-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
33/1346-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
01-02/20-13-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
2006-34-son
Mazkur qaror kelishilgan:
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga
va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
boshligʻi N. YOʻLDOShEV
va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
boshligʻi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 330-modda)