LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga (2004-yil 30-aprel, ro‘yxat raqami 1345 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil aprel, 17-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.