LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 46, 49, 2011-24, 23/1-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1333-4, 09.09.2011-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabr 567-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yil parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyida ilova qilingan yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risidagi nizom* tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 10 kun o‘tgach amalga kiritilsin.
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomani (2001-yil 16-mart, ro‘yxat raqami 1018-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001-yil 7-martdagi 2001-21, 182-v, 17 va 181/2-sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 6-son;
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish”ni (2001-yil 18-oktabr, ro‘yxat raqami 1018-1-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001-yil 20-sentabr, 2001-95, 182-V-1, 97 va 05/2573-sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 19-son;
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish”ni (2003-yil 24. aprel, ro‘yxat raqami 1018-2-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklarining 2003-yil 11-aprel, 2003-32, 182-V-2, 50 va 37 sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son.