[
TSZ:
1.
Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.
Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKINING USTAV SARMOYASINI KO‘PAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav sarmoyasini 4 mlrd. so‘mgacha va 400 mln. AQSh dollarigacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ustav sarmoyasi miqdorining ko‘rsatib o‘tilgan ko‘paytirilishi 1996 moliya yili tugagach O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining foydasini, shuningdek 1997-1998-yillar foydasini ushbu maqsad uchun yo‘naltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
Ustavni
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-dekabr,
471-son
Oldingi
tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)