Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali foydalanish va Samarqand viloyati sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh loyiha tashkiloti “O‘zGIP” MChJ tomonidan 100 mln kub m. hajmdagi suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Samarqand viloyatida Bulung‘ur suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Samarqand viloyatida Bulung‘ur suv omborini qurish” loyihasining (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Samarqandsuvqurilishinvest” davlat muassasasi buyurtmachi etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti “O‘zGIP” MChJ bilan birgalikda 2019-yilning 1-dekabriga qadar mazkur qarorning 2-bandi bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq talab etiladigan kapital qo‘yilmalarni:
joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida ajratilishini nazarda tutsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov loyihani amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, suv xo‘jaligi vaziri Sh.R.Xamrayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
T/r | Ko‘rsatkich nomi | O‘lchov birligi | Hammasi | shu jumladan budjet mablag‘lari |
1. | Loyihaning umumiy qiymati * | ming AQSh dollari ekvivalentida ** | 46 048,35 | 46 048,35 |
2. | Kapital qo‘yilmalar summasi, hammasi | ming AQSh dollari ekvivalentida | 46 048,35 | 46 048,35 |
shu jumladan: | ||||
mashinalar va asbob-uskunalar | ming AQSh dollari ekvivalentida | 1 489,32 | 1 489,32 | |
qurilish — montaj ishlari | ming AQSh dollari ekvivalentida | 41 862,52 | 41 862,52 | |
boshqa xarajatlar | ming AQSh dollari ekvivalentida | 2 696,51 | 2 696,51 | |
3. | Suv ombor hajmi | 100 mln kub m. | ||
4. | Sug‘oriladigan maydon | 35,8 ming ga | ||
5. | Yaratilayotgan ish o‘rni *** | 51 kishi | ||
6. | Investitsiya davri | 36 oy | ||
7. | Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlar qiymati | 46 048,35 ming AQSh dollari ekvivalentida |