[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.20.00 Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi;
2.
Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining
buyrug‘i
“Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2452-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 229-modda);
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2015-yil 23-iyuldagi 14-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2452-1-son, 2015-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 30-son, 402-modda).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
61-son
Kelishilgan:
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A. XAITOV
2019-yil 2-aprel
“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori v.v.b. R. XAYITOV
2019-yil 3-aprel
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2019-y., 10/19/2452-2/3041-son)