LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli “Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xorijiy kreditlar va grantlar mablag‘laridan yanada samarali foydalanish, mamlakatimizdagi va chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirish, mahsulot yetkazib berishga kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari tashkil etish va o‘tkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, shuningdek Hukumat kafolati ostida xalqaro va xorijiy moliya muassasalari, shu jumladan Jahon banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki, “KfV” banki va boshqalar tomonidan beriladigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan va bitta kontrakt bo‘yicha qiymati 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiq bo‘lgan import va mamlakatimizdagi xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar tender asosida xarid qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan tender kontraktlari bo‘yicha yuklar tashilishini ta’minlaydigan transport-ekspeditorlik kompaniyalari tender asosida tanlanadi.
Agar Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar va xorijiy grantlar berish shartlarida tovarlarni xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, shuningdek xaridlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan bo‘lsa tendyerlar o‘tkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarga, korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari hisobiga xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishda tasdiqlangan Nizomga amal qilish tavsiya etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror talablari bajarilishi ta’minlanishi uchun vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar korxonalar, tashkilotlar va hududiy boshqaruv organlari rahbarlari shaxsan javob beradilar.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom, xorijiy tovar yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda, mamlakatimiz korxonalarini, shu jumladan kichik va o‘rta biznes subyektlarini tender savdolari jarayoniga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Nizom import qilinadigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni davlat budjeti, davlat budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlari, shu jumladan Jahon banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, “KfV” banki va boshqalar tomonidan beriladigan xorijiy grantlar hisobiga xarid qilish yuzasidan tender savdolari (keyingi o‘rinlarda “tendyerlar” deb ataladi) o‘tkazishni tashkil etish mexanizmini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tovarlarni tender bo‘yicha xarid qilishga, shuningdek agar xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida xaridlarning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltiriladigan davlat budjeti, davlat budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan, Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
xarid qilinadigan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish tendyerlar o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
5. Tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiq bitta kontrakt bo‘yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda o‘tkaziladi.
Qiymati 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan kam bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda xaridlar eng yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tender bo‘yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar so‘mlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qarorlarni oshkora va xolisona qabul qilish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) uchun ustuvorlikni saqlagan holda tender qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish tendyerlar o‘tkazishni tashkil etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
8. Tender savdolari xaridlarning faqat manbalarning mavjudligi va mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari to‘g‘risida tasdiqnomalar (moliya organlari yoki budjetdan tashqari jamg‘armalarni tasarruf etuvchilarning bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan Hukumat kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar berish to‘g‘risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bo‘lgan hajmi bo‘yicha e’lon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tendyerlar tendyerlarni o‘tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi bo‘lgan tender komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta kontrakt bo‘yicha amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda “buyurtmachi” deb ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta kontrakt bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo‘lgan taqdirda ularning viloyat, tuman, shahar bo‘limlari, ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda, tender o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachilar bo‘lishi mumkin.
10. Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda kamida to‘qqiz, o‘n bir kishi), shu jumladan uning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillari (zarur bo‘lganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolari xorijiy tovar yetkazib beruvchilarni jalb etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillari.
Buyurtmachining yoki unga qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
11. Tender komissiyasining ishchi organi tendyerlarni o‘tkazishni (tovar yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlash, tushadigan takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishlarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va shu kabilarni amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy organ hisoblanadi.
12. Buyurtmachining tanlovi bo‘yicha shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining o‘zi ishchi organ bo‘lishi mumkin, u zarur bo‘lganda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta kontrakt bo‘yicha amalga oshirilganda ishchi organ buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ishchi organ — ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartnomalarda belgilanadi.
tendyerlarni o‘tkazish, ularning o‘tkazilish sanasi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va rasmiy farmoyish chiqaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini, saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.
15. O‘tkazish usullariga ko‘ra tendyerlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Tender turi buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
16. Ochiq tendyerlarda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.
17. Yopiq tendyerlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo‘ygan tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo‘natiladi.
tenderni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va/yoki tenderda qatnashishi mumkin bo‘lganlarga tenderda qatnashish uchun taklifnomalar jo‘natish;
19. Ishchi organ tender (tender savdolari) o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin tender to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish (bunda ushbu maqsad uchun ham mamlakatimizda, ham chet ellarda eng keng tarqalgan va ixtisoslashgan jurnallar, gazetalarni tanlash majburiy hisoblanadi) va/yoki mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan kichik va o‘rta korxonalarni albatta jalb etgan holda pochta, telefaks orqali yoki boshqacha shaklda aniq da’vogarlarga rasmiy taklifnomalar yuborish yo‘li bilan da’vogarlarga yetkazadi.
Yopiq tendyerlar o‘tkazilganda tender to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlarini olishi mumkin bo‘lgan tender komissiyasi ishchi organining manzili, bog‘lanish telefoni va telefaksi;
tender komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning (kun va soat ko‘rsatilgan holdagi) so‘nggi muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari)ning, shu jumladan kichik va o‘rta biznes korxonalarining tenderda qatnashishi mumkinligiga doir ko‘rsatmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
tendyerlar qachon o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumot olish yuzasidan tender komissiyasining ishchi organi vakili bilan bog‘lanish uchun manzil va bog‘lanish telefonlari;
tender taklifi uning qatnashchisi tomonidan tender komissiyasiga taqdim etilgandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;
tender qatnashchisining kelishib olingan vaqt mobaynida o‘z taklifidan qaytmasligini kafolatlovchi zakalat pulining miqdori, uni to‘lash va qaytarib olish tartibi;
buyurtmachining xohishiga ko‘ra — tender savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan kontraktni zarur darajada bajarish yuzasidan beriladigan pul kafolati (garovga sifatidagi)ning miqdori, uni to‘lash va qaytarib olish tartibi;
tender qatnashchilari tomonidan tender hujjatlari talablariga asoslangan takliflar bilan bir qatorda muqobil takliflar berish mumkinligi to‘g‘risida axborot;
tender qatnashchisining iltimosi asosli bo‘lganda tendyerlarning yopilishi sanasini boshqa kunga ko‘chirish mumkinligiga oid ko‘rsatma;
har qanday hujjatning va o‘tkazilgan tendyerlar doirasida tuziladigan hujjatlarning maxfiyligi ta’minlanishi;
takliflar solingan konvertlarni ochish tartiboti bayoni va tender komissiyasi tomonidan tender g‘olibini aniqlash muddati ko‘rsatiladi.
23. Tenderning texnik qismida xarid qilinadigan tovarga nisbatan zarur texnologiya talablari bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
tovar narxi va uni belgilash tartibi (tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy tovar yetkazib beruvchilar jalb qilingan hollarda xarid qilinadigan tovarlarni tashib keltirishning qiymati alohida ajratib ko‘rsatiladi);
25. Kontrakt rasmiyatchiligi kontraktlarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak, jumladan:
Bitim (kontrakt) rasmiyatchiliklarini tuzish chog‘ida buyurtmachi yoki ishchi organ maslahatlashish uchun shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting firmalariga murojaat qilishga haqlidir.
26. Tendyerlarda ularda qatnashish uchun qo‘yiladigan shartlarni bajargan, tender asosida xarid qilinadigan mahsulotning tegishli hajmlarini yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan ham xorijiy firmalar va tashkilotlar, ham vatanimiz ishlab chiqaruvchilari (tovar yetkazib beruvchilari) qatnashishlari mumkin.
27. E’lon bosib chiqarilgandan so‘ng tenderda qatnashishni xohlovchi da’vogarlar tender hujjatlari oladilar, ular pul to‘lash asosida har bir da’vogarga beriladi. Tender hujjati olish uchun to‘lov miqdori tender komissiyasi tomonidan belgilanadi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (tovar yetkazib beruvchilari) uchun tender hujjatlari olish uchun to‘lov miqdori so‘mlarda belgilanadi.
28. Ishchi organ tushgan buyurtmanomalar va mazkur Nizomga asosan da’vogarlarni oldindan malakali tanlab olish uchun materiallarni to‘playdi va tartibga soladi.
29. Tender boshlangunga qadar tenderda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan da’vogarlarning tender komissiyasi tomonidan malakali tanlovi o‘tkaziladi.
tijorat va moliya ko‘rsatkichlari bo‘yicha tender komissiyasining talablariga javob bermaydigan tashkilotlar va firmalarning tendyerlarda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Tenderda qatnashishga ruxsat etishni rad etish to‘g‘risidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda ishchi organ da’vogarlarni yozma ravishda xabardor qiladi.
33. Ommaviy axborot vositalarida tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon rasman bosib chiqarilgan sana yoki tender qatnashchisi pochta (sana pochta shtempeli bo‘yicha aniqlanadi), telefaks bo‘yicha yoki boshqa shaklda xabar qilingan (taklif etilgan) sana tender ochilgan sana hisoblanadi.
34. O‘tkaziladigan tendyerlar doirasida tender takliflari tayyorlash muddati tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va tender ochilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatib o‘tiladi.
35. Tender komissiyasi tender takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, ushbu qaror tenderning barcha qatnashchilariga nisbatan joriy etiladi.
36. Tender komissiyasi o‘z ishi tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Mazkur masala bo‘yicha qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
37. Har bir aniq holatda tender komissiyasi tenderda qatnashish uchun da’vogar tomonidan beriladigan zakalatni olish tartibi, miqdori va shaklini belgilab beradi. Zakalat miqdori xarid hisob-kitob qiymatining 1-5 foizi doirasida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Zakalatlar buyurtmachi yoki ishchi organning hisobvarag‘iga kiritiladi (agar ixtisoslashtirilgan tashkilot ishchi organ bo‘lib hisoblangan hollarda). Mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (tovar yetkazib beruvchilari)ning zakalatlari so‘mlarda olinadi.
38. Tender takliflari faqat muhrlangan ikki qavatli xat jildda qabul qilinadi. Ishchi organning nomi va manzili ko‘rsatilgan tashqi xat jildda tender qatnashchisi tomonidan zakalat berilganligini tasdiqlovchi hujjat, ichki xat jildda — tender taklifi, savdosi e’lon qilingan tovarning nomi va takliflarni qabul qilish uchun belgilangan sana bo‘ladi.
Barcha hujjatlar ro‘yxatga olish daftariga topshiruvchi va qabul qilib oluvchi shaxsning imzosi bilan qabul qilib olingan sana va vaqt yozib qo‘yilgan holda qabul qilinadi. Ro‘yxatga olish daftari ip o‘tkazib bog‘langan, tartib raqami qo‘yilgan va buyurtmachining yoki ishchi organ (ixtisoslashtirilgan tashkilot)ning gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
39. Xat jildlarni ochish tartibi, ularni ko‘rib chiqish va saqlash tartibi maxfiylik me’yoriga rioya qilingan holda tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.
40. Tender komissiyasi tender buyurtmanomalarini qabul qilishning oxirgi sanasini, xat jildlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi.
Ko‘rsatib o‘tilgan sanadan keyin olingan takliflar ko‘rib chiqilmaydi va xat jildlar ochilmasdan tender qatnashchilariga qaytarib yuboriladi. Tender qatnashchisi ko‘rsatib o‘tilgan sanadan so‘ng o‘zgartirishlar kiritgan yoki o‘z taklifini qaytarib olgan hollarda zakalat unga qaytarib berilmaydi. Tender qatnashchisi tender buyurtmanomalari qabul qilib olinadigan oxirgi sanagacha kechi bilan 5 kun muddatda o‘z taklifini qaytarib olish huquqiga egadir.
41. Tender komissiyasi majlisini o‘tkazish uchun kvorum uning tarkibining 70 foizini tashkil etadi. Tender komissiyasining barcha majlislari va barcha qabul qilingan qarorlari protokollar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Tender qatnashchilarining takliflari solingan xat jildlar bevosita tender komissiyasi majlisida ochiladi. Bunday hollarda tender komissiyasi majlisining protokolida tender qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarning tender hujjatlariga muvofiqligi yozib qo‘yiladi.
42. Tender takliflarini ko‘rib chiqish muddati tender komissiyasi tomonidan xat jild ochilgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Bu muddat sotib olinadigan tovarning turiga bog‘liq bo‘lib uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Takliflarni ko‘rib chiqish chog‘ida ularning tender hujjatlari talablariga muvofiqligi aniqlanadi, zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi tekshiriladi.
43. Tender komissiyasi tushgan takliflarning tender shartlariga muvofiqligini tekshiradi va tender shartlarida belgilangan eng ko‘p raqobat narxlari, yetkazib berish shartlari, to‘lov va boshqa mezonlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi.
Sharoitlar teng bo‘lgan boshqa hollarda g‘olibni aniqlashda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari)ga ustunlik beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tenderni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari, shuningdek, ekspert tashkilotlarining xizmatlari uchun to‘lovlar qatnashchilar tomonidan tender hujjatlarini sotib olish uchun to‘langan mablag‘lardan to‘lanadi.
45. Tender o‘tkazilgandan keyin buyurtmachi yoki ishchi organ (ixtisoslashtirilgan tashkilot) qatnashchilarga (g‘olib bundan mustasno) ularning zakalatlarini bank operatsiyalarini o‘tkazish xarajatlarini chiqarib tashlagan holda qaytaradi. Zakalat tender g‘olibi e’lon qilingan vaqtdan boshlab belgilangan muddat mobaynida, biroq 11 bank kunidan kechiktirmay qaytariladi. Tender g‘olibining zakalati kontrakt shartlari bajarilib bo‘lgunga qadar bunday kontrakt shartlarining tender g‘olibi tomonidan kerakli tarzda bajarilishiga kafolat sifatida buyurtmachining ixtiyorida qolishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan barcha tender takliflarida zarur hujjatlarning paketi bo‘lmaganda tender komissiyasi tomonidan tender o‘tkazilmagan deb e’lon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Agar tushgan tender takliflarining birortasi tender hujjatlari shartlariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, tender o‘tkazildi, ammo salbiy natijaga ega deb hisoblanadi.
49. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat mobaynida o‘tkaziladi. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo‘yicha ball qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tender qatnashchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholash chog‘ida qatnashish huquqiga ega emas. Baholash chog‘ida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, qo‘shimcha ma’lumotlar va tasdiqlashlar olish uchun da’vogarlarni chaqirish huquqiga ega. Tender xulosalarini chiqarishda tender qatnashchilari va ularning ishonchli vakillari ishtirok etishi mumkin.
50. Tender komissiyasi tender takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat beruvchi tashkilotlarning vakillarini jalb qilishi mumkin.
51. Tender qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan takliflar bilan tanishgandan keyin tender komissiyasining har bir a’zosi asoslangan yozma xulosa berish huquqiga ega.
52. Tender g‘olibi to‘g‘risidagi rasmiy qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu masala bo‘yicha qaror tender komissiyasi a’zolari sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
53. Tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash tartibotiga rasman aloqasi bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi a’zolari va jalb etilgan ekspertlar mazkur ma’lumotlarning oshkor qilinishi uchun javob beradilar.
54. Arifmetik yoki boshqa xatolar mavjud bo‘lgan taqdirda tender komissiyasi tender takliflarini qaytarish yoki tender takliflarini bundan keyin tenderda ko‘rib chiqish shartlarini, bu haqda tender qatnashchisini xabardor qilgan holda, belgilash huquqiga ega.
taklif etilgan narxlarning o‘rtacha jahon va konsalting firmasi, yoki O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish respublika markazi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosalari bo‘yicha bozor konyunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuningdek, taqdim etilgan tender takliflarining qo‘shimcha texnik, tashkiliy va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obro‘-e’tibori ham e’tiborga olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender g‘olibi va tender g‘olibidan keyin eng yuqori ballga ega bo‘lgan zaxiradagi qatnashchilarning nomlari;
Protokol tender komissiyasining qatnashayotgan a’zolari tomonidan imzolanishi va tender komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
57. Agar tender g‘olibi kontrakt tuzishdan bosh tortgan taqdirda, kontrakt tuzish huquqi zaxiradagi birinchi qatnashchiga beriladi.
58. Agar tender bo‘lib o‘tmagan yoki salbiy natijaga ega bo‘lgan taqdirda tender qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
59. Tenderni o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
60. Tender natijalari 3 kun mobaynida ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Zaruriyat bo‘lganda tender g‘olibi kontrakt bajarilishining kafolati sifatida kontrakt umumiy summasining o‘n foizigacha bo‘lgan summaga buyurtmachiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan bankning kafolati sifatida majburiyatlar bajarilishini yoki buyurtmachining hisobvarag‘iga pul depoziti o‘tkazilishini ta’minlaydi.
62. Tender natijalari bo‘yicha tuzilgan import kontraktlarni ro‘yxatga olish yuqorida ko‘rsatilgan bank kafolatini olish bo‘yicha buyurtmachining tasdig‘i bo‘lganda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) g‘olib deb topilganda tender natijalari bo‘yicha tuzilgan kontraktlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Tender kontraktlarini bajarish monitoringi buyurtmachi tomonidan kontraktlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilgunga qadar buyurtmachiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka axborot taqdim etish bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ishchi organ tarkibiga kirgan shaxslar tushgan tender takliflarining hisobga olinishi, ularning saqlanishi va maxfiyligi uchun;
tender komissiyasining raisi va a’zolari ma’lumotlarning oshkor qilinmasligi, tender qatnashchilari, tender komissiyasining qolgan a’zolari va jalb qilingan ekspertlar bilan til biriktirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek boshqa huquqqa zid harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarzda javob beradilar.
65. Kontraktni miqdor, sifat va texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarmagan tender g‘olibi qonun hujjatlarida va/yoki kontraktda nazarda tutilgan tarzda javob beradi.