LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2001-yil 6-dekabrdagi 305-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
“O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining dilyerlari rasmiy maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslardan yig‘im stavkasi “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan olib chiqib ketiladigan avtomobillar dvigatel hajmining 1 kub. santimetri hisobiga 3,0 AQSh dollari miqdorida;
sotilmagan tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldig‘i uchun to‘lov, uni mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazgan holda, ularning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining 2 foizi miqdorida;
normativdagi muddatlarda o‘rnatilmagan mulkdan va foydalanilmagan asbob-uskunalardan olinadigan soliqning oshirilgan stavkalari;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun daromad (foyda)dan olinadigan soliq stavkasiga pasaytiruvchi koeffitsiyentlar, foydalaniladigan mahalliy xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymati salmog‘idan kelib chiqqan holda, 19-ilovaga* muvofiq;
* 19-ilova matni rus tilida berilgan.
ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlaganlik, oqizganlik va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga joylashtirganlik uchun to‘lov va to‘lovni taqsimlash tartibi 20-1, 20-2, 20-3, 20-4-ilovalarga* muvofiq;
* 20-1—20-4-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini taqsimlashning amaldagi normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1997-yil 24-dekabrdagi 562-son qarorining amal qilishi;
ijtimoiy sug‘urtaga hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy badallar va ajratmalarning amaldagi miqdorlari 21, 22-ilovalarga* muvofiq saqlab qolinsin.
* 21-22-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Davlat mulki hisoblanadigan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar ijaraga berilganligi uchun ijara haqini taqsimlash normativlari 23-ilovaga* muvofiq belgilansin.
* 23-ilova matni rus tilida berilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining amal qilishi 2005-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin, budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushini 25 foizgacha ko‘paytirish nazarda tutilsin.
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va obodonchilik ishlari uchun yig‘im o‘rniga 18-ilovaga* muvofiq infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning transport vositalari bo‘yicha mol-mulk solig‘i o‘rniga 18-ilovaga* muvofiq jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazdan foydalanganlik uchun soliq;
(9-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra o‘z mablag‘lari hisobiga kollejlar va litseylar qurilishi xarajatlari summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirishga doir, lekin soliq solinadigan daromad (foyda)ni kamaytirishning belgilangan chegarasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘shimcha imtiyozlar joriy etiladi.
10. Avtotransportni qisqa muddatga saqlash uchun to‘xtash joylaridan belgilangan soliq undirilishi 2002-yil 1-yanvardan boshlab 9-ilovaga* muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarga (budjetdagi tashkilotlardan tashqari) biriktirib qo‘yilgan hududda joylashgan barcha avtotransportni qisqa muddatga saqlash uchun pulli to‘xtash joylariga joriy etilsin.
11. Belgilansinki, 2002-yil 1-iyuldan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav sarmoyasi (jamg‘armasi)ni shakllantirmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan barcha soliqlar va to‘lovlarni to‘liq hajmda, butun faoliyati davrida imtiyozlar qo‘llanmagan holda to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav sarmoyasi (jamg‘armasi)ni shakllantirmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan soliq undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
yalpi daromad solig‘ini hamda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromadga davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olingan dividendlar va foizlar sifatida olingan daromadlar qo‘shilmaydi;
yuridik shaxslar tomonidan dividendlar sifatida olingan hamda yuridik shaxsning daromad olingan ustav sarmoyasi (jamg‘armasi)ga yo‘naltirilgan daromadlariga soliq solinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va pensiyalar to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi nizomni;
boshqaruv organlari ta’minoti xarajatlarini, ular xodimlari sonini 5 foizga qisqartirishni va bo‘shab qolgan mablag‘larni yuqori malakali xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirishni nazarda tutgan holda, moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
24. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 30-ilovaga* muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 31-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
* 30 va 31-ilovalar matni rus tilida berilgan.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.