Toshkent shahrida ““Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish maqsadida:
a) Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 169-son qaroriga binoan:
Toshkent shahrining Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa yo‘li va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari bilan chegaradosh, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyati, “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Interservis” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi” davlat korxonasining yer uchastkalarini ham qamrab oladigan hududda yangi zamonaviy kompleks — “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz (keyingi o‘rinlarda — “Hi-tech city” markazi)ni barpo etish ko‘zda tutilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) davlat unitar korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, u “Hi-tech city” markazi qurilishi bo‘yicha boshqaruvchi kompaniya funksiyalarini amalga oshiradi;
Direksiyaning oilalarni ko‘chirish, uy-joylarni, noturar-joy binolari va inshootlarini buzish, hududlarni tozalash, er-tuproq ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining ichki maydon tarmoqlarini qurish, umumfoydalanadigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlari investorlarga ajratib berilayotgan yer uchastkalarining katta-kichikligiga qarab proporsional ulushlarda ulardan kelib tushayotgan mablag‘lar, shuningdek, xayriya mablag‘lari, kreditlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi;
Direksiya, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda yer uchastkasi chegaralarini belgilagan holda “Hi-tech city” markazi qurilishi uchun ajratilayotgan hududning topografik syemkasini o‘tkazish ta’minlandi;
Direksiya, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprel holatiga ko‘ra “Hi-tech city” markazi hududida haqiqatan yashab turgan oilalarning ro‘yxatini aniqlagan holda buziladigan turar-joylar, noturar-joy binolari va inshootlar xatlovdan o‘tkazildi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz nomi “DELTA CITY” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz deb o‘zgartirilsin (keyingi o‘rinlarda — loyiha).
3. Belgilansinki, loyiha hududida joylashgan va davlat organlariga, davlat korxonalari va muassasalariga, shuningdek, ustav fondidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli binolar va inshootlar tutash hududlari bilan birga Direksiyaning ulushini ko‘paytirish hisobiga bepul asosda Direksiyaga topshiriladi, “Radio aloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK hamda “O‘zbektelekom” AK obyektlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiyaning buyurtmasiga binoan bir oy muddatda loyihani amalga oshirish uchun Iftixor, Amir Temir, Kichik halqa yo‘li va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari bilan chegaralangan hududda, uning maydoni va chegaralarini aniqlashtirgan holda, shu jumladan “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyati, “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Interservis” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi” davlat korxonasi yer uchastkalarini ham qamrab oladigan yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan binolar va inshootlarni xatlovdan o‘tkazsin, shuningdek, ularni tezkor boshqaruv huquqi bilan Direksiya balansiga topshirilishini ta’minlasin;
loyiha hududida joylashgan oilalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ko‘chirish, shuningdek, turar-joylar, noturarjoy binolari va inshootlarini buzish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkillashtirsin;
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari hamda binolar va inshootlar olib qo‘yilishi tufayli ularga yetkazilgan zararni investorlarning mablag‘lari hisobidan qoplashni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaga loyiha hududida joylashgan binolar va inshootlar to‘g‘risida shaharsozlik, kadastr hamda boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
investorlar loyiha hududida obyektlar qurilishi bilan bog‘liq faoliyat qismida yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan;
bosh pudrat va bosh loyiha tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha Direksiya, investorlar, bosh pudrat tashkiloti tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi, uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;
b) Direksiya — o‘zi faoliyat yuritadigan butun davr mobaynida barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashab turgan joylarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning buyurtmalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, mazkur xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat berilishi (muddati uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.O. Ortiqxo‘jayev zimmasiga yuklansin.