T/p | Joyning hozirgi nomi | Joyning yangi nomi | Izoh |
1. | “Istiqlol” san’at saroyi | Xalqlar Do‘stligi saroyi | Saroyning avvalgi nomini tiklash maqsadida. Chilonzor tumani |
2. | “Istiqlol” san’at saroyi old maydoni | Xalqlar Do‘stligi maydoni | Maydon nomini saroy nomi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida. Chilonzor tumani |
3. | “Bunyodkor” metro bekati | Xalqlar Do‘stligi metro bekati | Metro bekatining avvalgi nomini tiklash maqsadida. Chilonzor va Shayxontoxur tumani |
4. | Toshko‘cha ko‘chasi | Shoahmad Shomahmudov ko‘chasi | Ikkinchi jahon urushi davrida yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etgan shaxs. Ko‘chaning avvalgi nomini tiklash maqsadida. Shayxontohur tumani, “Obinazir” va “Jarariq” mahallasi |
5. | Yangi Baynalminal ko‘chasi | Seul ko‘chasi | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-fevraldagi 01-05/121-1-sonli yig‘ilish bayoni asosida. Chilonzor tumani |
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qarori, 03.05.2018 yildagi 309/36-5-son
Дата вступления в силу
23.05.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2011-y, 41-son, 448-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi ““Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2012-y, 41-42-son, 483-modda) qarori, Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-oktabrdagi 845-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bergan takliflari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-fevraldagi 01-05/121-1-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga asosan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining ba’zi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Nom berilgan va nomlari o‘zgargan Toshkent shahridagi ba’zi geografik obyektlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G. Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A. Karimov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R. Jo‘rayev), tuman hokimliklari, hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar:
Ba’zi geografik obyektlarga yangi nomlar berilishi va nomlari o‘zgartirilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilsin hamda hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati (X. Ergashev), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asomov), mazkur qaror rasmiy e’lon qilinishini va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.