22.01.2018 yildagi PF-5308-son
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Qonunchilik va norma ijodkorligida yangicha yondashuvni nazarda tutadigan Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, IIV Akademiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“aqlli tartibga solish” modellari va qabul qilinayotgan qarorlar ta’sirini tahlil qilish metodologiyasini joriy etish;

qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni (ijtimoiy adolat, xalqchillik, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ochiqlik, samaradorlik va b.) joriy etish;

qonun ijodkorligining zamonaviy uslublarini (masalan, “One in two out”, “Sunset clauses”, “Open ended” tamoyillari va boshqalar) joriy etish;

muayyan ijtimoiy munosabatlarning aynan qaysi turdagi qonun hujjati bilan tartibga solinishini aniq belgilash;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish;

idoraviy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirish nazarda tutiladi.

2.

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-iyul

Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, TDYU

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikatsiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi.

3.

Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi nazoratini takomillashtirish.

Yil davomida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zolari tomonidan parlament nazorati tadbirlari amalga oshiriladi.

4.

Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish borasidagi faoliyatini kuchaytirish.

2018-yil

1-mart

Oliy Majlis Senati, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish;

Komissiyaning vazifa va funksiyalarini aniq be�gilash, shu jumladan uning Oliy Majlis Senati yalpi majlisida hisobotini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

xalq deputatlari kengashlari faoliyatini namunali asosda yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, bunda ular faoliyatining samaradorligiga baho berishda hududlardagi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, budjet ijrosini to‘liq ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash kabi mezonlarga asoslanish nazarda tutiladi.

5.

O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimini takomillashtirish va “Elektron hukumat” tizimi doirasida butun respublika bo‘yicha joriy etish.

2018-yil

1-sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi, MXX, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Saylovchila�ning yagona elektron ro‘yxati (SYER)ni joriy etish bosqichlari;

Respublika manzillar klassifikatorini ishlab chiqish;

Saylovchilarning turar (yashash) manzillari yagona bazasini yaratish;

vazirlik va idoralar axborot tizimlarining integratsiyasini amalga oshirish;

SYER bo‘yicha axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan choralar ishlab chiqish;

SYERni joriy etish va uni qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;

SYERni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organni belgilash nazarda tutiladi.

6.

Oliy Majlis palatalarining axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish.

2018-yil

1-mart

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Oliy Majlis palatalari qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, uning binosini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini kuchaytirish;

�nstitut bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

7.

Mamlakat siyosiy sahnasida sog‘lom raqobatni ta’minlash.

2018-yil

1-avgust

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Ekologik harakati

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutiladi.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlarini kengaytirish.

2018-yil

1-may

Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qamoqda saqlanayotgan va jazoni o‘tash joylarida bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

9.

Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi ta’sirini qisqartirish, uning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.

2018-yil

1-iyun

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish orqali ruxsat berish tartib-taomillariga oid ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish;

davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarning tashkil etilishini cheklash;

davlat boshqaruv organlarining ayrim funksiyalarini, shu jumladan ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy sug‘urtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish nazarda tutiladi.

10.

“Davlat xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-iyul

Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Bosh prokuratura, Davlat boshqaruvi akademiyasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, moddiy va ijtimoiy ta’minoti, davlat xizmatiga ishga o‘tish, xizmatni o‘tash va xizmatdan bo‘shash tartibi belgilanadi.

11.

Davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlari salohiyatini baholashning yangi usullarini joriy qilish.

2018-yil

30-oktabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish;

boshqaruv kadrlarini tanlash, tayinlash va lavozimini o‘zgartirishda subyektiv omillarni keskin qisqartirish;

boshqaruv kadrlarini “Assessment-centre” uslubi asosida baholash amaliyotini joriy qilish;

davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlarini innovatsion menejment yo‘nalishida malakasini oshirish nazarda tutiladi.

12.

Nomarkazlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi hududiy organlarining vakolatlarini kengaytirish.

2018-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga o‘tkazish;

vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirish;

respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarining bir qismini mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat boshqaruvi hududiy organlariga o‘tkazish nazarda tutiladi.

13.

Tuman (shahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlari — “Xalq qabulxonalari”ning zamonaviy binolarini qurish va moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash.

2018-yil

1-fevral

Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

50,0 mlrd. so‘m

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan tuman va shaharlarda Davlat xizmatlari markazlari — Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi. Bunda ona va bola xonalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit, avtomobil to‘xtash joylari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari nazarda tutiladi

14.

Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning yuqori sifati, tezkorligi, ochiqligini ta’minlash, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish.

2018-yil

1-mart

Adliya vazirligi,

Axborot te�nologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zavtosanoat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

30,0 mlrd. so‘m

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan ta’minlash, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etish;

davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali ko‘rsatish imkoniyatini yaratish, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalarini amalga kiritish;

olis hududlarda yashovchi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyot�ni joriy etish nazarda tutiladi.

15.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish.

2018-yil

1-mart

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha ularning yagona reyestrini shakllantirish;

reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanishi nazarda tutiladi.

16.

Davlat xizmatlari markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga 40 turdagi, jismoniy shaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini joriy etish.

2018-yil

10-mart

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan “yo‘l xarita”si tasdiqlanadi va amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari binolarining hamda idoralararo elektron axborot almashish tizimining imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi joriy etiladigan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida markazlar orqali ko‘rsatish nazarda tutiladi.

17.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga “Elektron hukumat” tizimini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish;

boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish;

hududlar va mamlakat miqyosida yuzaga kelayotgan tahdid hamda muammolarga o‘z vaqtida va munosib ta’sir ko‘rsatish uchun axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish ishlari amalga oshiriladi.

18.

Davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirish.

Yil davomida

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat organlarining turlari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, inspeksiya, markaz va h.k.), farqlanuvchi jihatlari va vazifalari;

davlat organlariga xos bo‘lgan maxsus vazifalar doirasi;

vazifalari o‘zaro takrorlanuvchi vazirlik va idoralarni maqbullashtirish hamda birlashtirish;

agentliklar, qo‘mitalar, inspeksiyalar va markazlarni tegishli vazirliklarga bo‘ysundirish;

davlat boshqaruv organlarining yagona ro‘yxatini belgilash;

boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish;

davlat vazifalarini tadbirkorlar va jamoatchilikni teng hamkor sifatida jalb etgan holda bajarish mexanizmlarini takomillashtirish;

Vazirlar Mahkamasining va uning ijro etuvchi apparatidan vazirliklarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, respublika boshqaruv organlaridan hududiy organlarga o‘tkazilayotgan funksiyalar doirasi nazarda tutiladi.

19.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari soni, ular tuzilmasi va bo‘linmalari optimallashtirilishi munosabati bilan ushbu organlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi doirasini qayta ko‘rib chiqish.

Yil davomida

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy tuzilmalari o‘rtasida mavjud shtat birliklarini oqilona taqsimlash, ular mas’uliyati doirasini aniq belgilash;

tashkiliy-shtat tuzilmasining iqtisodiyot va jamiyatning real ehtiyojlariga, har bir ijro etuvchi hokimiyat organining yangi vazifalari, funksiyalari va faoliyatining ustuvorligiga muvofiqligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini rejalashtirish va ular faoliyatini baholash mezonlari;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining takrorlovchi tarkibiy tuzilmalari va muassasalarini, shuningdek, vazifa hamda funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladigan tarkibiy tuzilmalarni qisqartirish nazarda tutiladi.

20.

Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ni tubdan qisqartirish.

2018-yil

20-iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;

doimiy xaraktyerga ega davlat-hokimiyat vakolatlarini aniq davlat organiga o‘tkazish va qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni yuklash orqali ularning sonini tubdan qisqartirish nazarda tutiladi.

21.

Hukumatning vazifalari va ijro etuvchi apparati tuzilmasini takomillashtirish.

2018-yil

20-iyul

Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Vazirlar Mahkamasining vazifalari va ijro etuvchi apparati tuzilmasini optimallashtirish;

Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati sohasida shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik prinsip va mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

22.

Davlat mulkini auksion savdolarida sotish va ijaraga berishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni keng joriy etish.

2018-yil

20-mart

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Markaziy bank

1,0 mlrd. so‘m

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat raqobat qo‘mitasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Internet tarmog‘ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etish;

ijaraga beriladigan davlat mulki obyektlari haqidagi ma’lumotlarni yagona portalda joylashtirish;

muayyan toifadagi davl�t mulki obyektlarini ijaraga olish huquqini elektron auksion savdolarida sotish tartibi;

davlat mulkini sotishda ishtirok etuvchi subyektlar doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;

davlat mulkini real vaqt rejimida sotish tartibi nazarda tutiladi.

23.

Davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minoti tizimini takomillashtirish.

2018-yil

1-avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqlarini bazaviy tarif stavkalari asosida to‘lashga o‘tkazish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

davlat idoralarida ko‘p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to‘lash tizimini birxillashtirish;

idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

24.

Nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruv organlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish.

2018-yil

1-aprel

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini (“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavenergonazorat” va boshqalar) ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruv organlari (“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ va boshqalar) hisobidan moliyalashtirish tartibini bekor qilish hamda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutiladi.

25.

Xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini kengaytirish orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish.

2018-yil

1-may

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatida maqomini bekor qilish va xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish;

xalq deputatlari Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha roli va mas’uliyatini oshirish;

tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish;

mahalliy vakillik organlarining nazorat borasidagi vakolatlarini yoritish nazarda tutiladi.

26.

Aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtua� qabulxonasini joriy etish.

2018-yil

20-iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

0,4 mlrd. so‘m

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, unda mutaxassislarni jalb qilgan holda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.

27.

Fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish.

2018-yil

20-aprel

Davlat personallashtirish markazi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, TIV,

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

fuqarolarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish;

O‘zbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID — identifikatsiya kartasini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi nazarda tutiladi.

28.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish maqsadida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-oktabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

tijoratchi tashkilotlar — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;

banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;

notijorat tashkilotlar — davlat organlari va mu�ssasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;

nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jalilari va boshqa subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi hamda bu boradagi tartib-taomillarni yanada soddalashtirish nazarda tutiladi.

29.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-noyabr

Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

30.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash maqsadida barcha davlat organlarida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

2018-yil

10-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat organlarida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlarini tashkil etish;

davlat organlari faoliyatining yanada xalqchil va demokratik bo‘lishini ta’minlash choralari;

davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushgan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash, jismoniy va yuridik shaxslar — murojaat etuvchilarni eshitishda ishtirok etish;

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash vazifalari nazarda tutiladi.

31.

Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

2018-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada fuqarolar, o‘quvchi va talabalarning Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida moneliksiz ishtirok etish imkoniyatlari nazarda tutiladi.

32.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish.

2018-yil

1-may

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori loyihasi:

Loyihada:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish tartibi;

qonun loyihalari muhokamasiga keng ommani jalb qilishning zamonaviy usullari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish nazarda tutiladi.

33.

Davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini qabul qilish.

2018-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligini oshirish, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etish, fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish nazarda tutiladi.

34.

“Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish.

2018-yil

20-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi

2,0 mlrd. so‘m

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Normativ-huqu�iy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

internet tarmog‘ida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni bildirish mumkin bo‘lgan maxsus maydonni tashkil etish;

tegishli tashabbusni muayyan miqdordagi fuqarolar qo‘llab-quvvatlaganda uni Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish majburiyligi nazarda tutiladi.

35.

Davlat organlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash, ular faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik bilan faol muloqot olib borishlarini nazarda tutuvchi Davlat organlarining virtual muhitda mavjud bo‘lishi konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-iyun

Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish, davlat organlari va mansabdor shaxslar qabul qilgan qarorlar hamda voqealarga nisbatan aholi munosabatini kuzatib borish va o‘z vaqtida munosabat bildirish tizimi nazarda tutiladi.

36.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

2018-yil

20-avgust

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

NNTlarga ijtimoiy sheriklik doirasida davlat mulkini bepul yoki imtiyozli shartlar asosida berish;

ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar joriy etish nazarda tutiladi.

37.

Nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat fondini tashkil etish.

2018-yil

10-iyul

Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda mustaqil, professional va ijtimoiy mas’uliyatli jurnalistikani shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar, xususan, yangi axborot va tahliliy internet-saytlarga grantlar berishga e’tibor qaratish masalalari nazarda tutiladi.

38.

Aholini ro‘yxatga olish ko�tsepsiyasini tayyorlash.

2018-yil

1-may

Davlat statistika qo‘mitasi, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada:

aholini ro‘yxatga olishning maqsadi;

aholini ro‘yxatga olishga jalb etiladigan subyektlar va ularning vazifalari;

aholini ro‘yxatga olish vaqti va mexanizmlari nazarda tutiladi.

39.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tashkil etish.

2018-yil

20-aprel

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, Davlat boshqaruvi akademiyasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada:

fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasi�agi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;

fuqarolik jamiyati institutlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘rtasida dolzarb masalalarni muhokama qilish, o‘zaro axborot almashishning qo‘shimcha mustaqil va xolis mexanizmini yaratish;

ijro hokimiyati ustidan samarali jamoat nazoratini tashkil etish nazarda tutiladi.

40.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish.

2018-yil

20-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, MTRK, O‘zbekiston milliy axborot agentligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish;

Universitetning vazifa va funksiyalarini aniq belgilash;

malakali jurnalistlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlardan talabalarni oliy ta’lim muassasasiga kirishga maqsadli tayyorlash uchun qabul qilish nazarda tutiladi.

41.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish.

2018-yil

20-sentabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oshirilayotgan budjet xarajatlari haqida to‘liq ma’lumotlarni joylashtirish majburiyligi nazarda tutiladi.

42.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi jarayonini takomillashtirish.

2018-yil

20-iyul

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovida saylovchilarning saylovda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalla raisligiga nomzodlar ko‘rsatishda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlari nazarda tutiladi.

43.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

20-avgust

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, DSQ, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazlari faoliyatiga davlat organlari, tijorat banklari va boshqa vakolatli tashkilotlarning ko‘maklashuvini ta’minlash mexanizmlarini belgilash, maslahat markazlari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

44.

Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasini tashkil etish.

2018-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada parlament komissiyasini tuzish, uning maqomi, asosiy vazifa va vakolatlari, shu jumladan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida ko‘tarilayotgan masalalarni umumlashtirish, parlament so‘rovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilish, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda muammolarni hal etish mexanizmlari nazarda tutiladi.

45.

Sudyalar mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2018-yil

1-aprel

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sudyalik lavozimiga tayinlanayotgan nomzod bo‘yicha tuman va shahar jamoatchiligi fikrini o‘rganish tartibini joriy qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalik lavozimlariga tayinlash, shuningdek, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyasini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish uchun taqdimnoma kiritish tartibi takomillashtirilib, sudyalik lavozimida bo‘lish muddatining ketma-ketligiga rioya etmagan holda tayinlash (taqdimnoma kiritish) asoslari nazarda tutiladi.

46.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergovning har tomonlama hamda xolisona yuritilishini, muayyan ishlar yuzasidan qarorlar qabul qilishda sudyaning chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha huquqiy choralar ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud faoliyatiga har qanday ko‘rinishda, turli xil tarzda aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash hamda bunday qilmishlar uchun jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutiladi.

47.

Markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ularning joylashuvini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil

30-iyun

Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

100,0 mlrd. so‘m

Davlat budjetidan kapital qo‘yilmalariga ajratilgan mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Markaziy sud organlari va muassasalarini o‘zida birlashtiradigan “Adolat saroyi” majmuasini qurish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi.

48.

Sud tizimi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish sifati va samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

2018-yil

30-iyun

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

Ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat budjetidan kapital qo‘yilmalariga ajratilgan mablag‘lar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada sud tizimi xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasini tashkil etish nazarda tutiladi.

49.

Sudlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning tuzilmasini bugungi kun talablariga muvofiqlashtirish.

2018-yil

10-iyul

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Pre�identi Farmoni loyihasi.

Loyihada ish hajmi va yuklamasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati tuzilmasini takomillashtirish, jumladan:

Oliy sud tuzilmasida sud amaliyotini tahlil qilish va qonunchilik boshqarmasini tashkil etish;

Oliy sud sudyasi yordamchisi lavozimi va shtat birliklarini joriy etish;

viloyat va tuman (shahar) sudlari tizimini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

50.

Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda “Xabeas korpus” institutini yanada kengaytirish doirasida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

2018-yil

20-iyul

Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon so‘zlashuv�arini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga o‘tkazish nazarda tutiladi.

51.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini jinoyat protsessida jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik.

2018-yil

1-aprel

Prezident devoni, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Oliy sud, Advokatlar palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;

shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo‘lgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlar va boshqa buzib ko‘rsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuv berishga majburlash, ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni buzib ko‘rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish;

jinoyat haqida yolg‘on xabar va yolg‘on guvohlik berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.

52.

Fuqarolarning qiynoqqa solinishi yoki boshqacha tarzdagi qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan himoyalanish kafolatlarini kuchaytirish.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura, IIV, MXX, Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada fuqarolarni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni o‘tash jarayonida qiynoqqa solganlik yoki boshqacha tarzdagi insonning qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni ham jinoyat subyektlari qatoriga kiritish nazarda tutiladi.

53.

Mahkumlar huquqlari himoyasini kuchaytirish va jazoni o‘tash sharoitlarini yaxshilash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Yil davomida

IIV, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish”

5,3 mlrd so‘m

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

jazoni ijro etish muassasalari bino va inshootlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;

barcha vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv va boshqa moslamalar bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

54.

Mahkumlar huquqlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida ularni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashning aniq va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

jazoni ijro etish muassasalariga mahkumlarni taqsimlashning shaffof tizimini joriy etish, ushbu jarayonda prokuror nazoratini kuchaytirish;

mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazishga prokuror tomonidan ruxsat berish tartibini joriy etish;

mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutiladi.

55.

Fuqarolar turmushidagi noqulayliklarni bartaraf etish, savdo-iqtisodiy munosabatlar va turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatlararo yo‘l-patrul postlar sonini qisqartirish va tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish.

2018-yil

10-aprel

IIV, DBQ, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada yo‘l-patrul postlari (shu jumladan, statsionar postlar) faoliyatini tanqidiy o‘rgangan holda, ular sonini kamida ikki barobarga qisqartirish, tumanlararo postlarni tugatish (chegara oldi hududlar bundan mustasno), shuningdek, viloyatlararo chegaralarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish nazarda tutiladi.

56.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish.

2018-yil

20-mart

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish;

voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish;

mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish;

mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha amaldagi talablarni soddalashtirish;

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilish;

ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddatini uzaytirish;

vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish, yashashga yo‘l qo‘yganligi uchun javobgarlikni bekor qilish nazarda tutiladi.

57.

Shaxsiy ma’lumotlarning huquqiy maqomini belgilash va ularni himoya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabr

Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, MXX, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi

O‘zbekiston R�spublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga oid ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida ular oshkor qilinishining oldini olish choralari va boshqa qoidalar nazarda tutiladi.

2.3. Ma’muriy, jinoyat va fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish

58.

Sud-tergov jarayonlarining shaffofligini oshirish, taraflarning o‘zaro tortishuvi tamoyilini mustahkamlash, jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlarini himoya qilishga oid ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish.

2018-yil

30-mart

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.

Unda jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchilikdagi mavjud bo‘shliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, sud-tergov sohasining yanada shaffofligini ta’minlash masalalari nazarda tutiladi.

59.

Mahkumlar huquqlarini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish, penitensiar tizimda xalqaro standartlarni keng joriy etish.

2018-yil

20-oktabr

IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, MXX, TDYU

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

jinoyat-ijroiya qonunchiligidagi mavjud bo‘shliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;

mahkumlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish tizimini isloh etish;

voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan jazoni ijro etish tizimini tubdan yaxshilash;

mahkumlarga uchrashuv berish va uchrashuvlarni almashtirishning insonparvar tartibini belgilash;

manzil koloniyada jazo o‘taydigan shaxslar doirasini ushbu koloniyalarga boshqa koloniyalardan o‘tkazish tartibini yengillashtirish hisobiga kengaytirish nazarda tutiladi.

60.

Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish hamda mahkumlarni jamiyat hayotiga moslashtirish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

20-aprel

IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada:

ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish tizimini joriy etish;

ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga xususiy sektorni hamda ularni ish bilan ta’minlashga jamoatchil�kni keng jalb etish nazarda tutiladi.

61.

Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy ta’qib qilish muddatlarini maqbullashtirish.

2018-yil

30-iyun

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;

javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirish;

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil muddat o‘tgan bo‘lsa, shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutiladi.

62.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

10-oktabr

Prezident devoni, Bosh prokuratura, MXX, IIV, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi;

har bir huquqni muhofaza qiluvchi organning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning vakolat va vazifalari;

mazkur organlarning vakolatlari va funksiyalari takrorlanishini bartaraf etish hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashga oid normalar nazarda tutiladi.

63.

Hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-iyun

Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;

milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari;

milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari;

bu sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi.

64.

Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning sabablari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini kompleks bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-yil

1-noyabr

Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish;

dastlabki tergovda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga oid jinoyat ishlarining tergovga taalluqliligi masalasini qayta ko‘rib chiqish;

jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va boshqa sohalarda korrupsiyaning oldini olish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutiladi.

65.

Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratish.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror roziligiga asosan qo‘zg‘atish;

jinoyat ishi doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmagan muddatda (istisno tariqasida muddatni Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari roziligi bilan bir oyga uzaytirgan holda) amalga oshirish belgilanadi.

66.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda ishlab chiqish.

2018-yil

20-iyul

IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi mezonlariga asoslanishi;

qonun normalarini amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning tasnifiga moslashtirish nazarda tutiladi.

67.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

10-oktabr

Adliya vazirligi, IIV, Xalq ta’limi vazirligi, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada er-xotinlar, bolalar, ota-onalar huquqlarini ta’minlash masalalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish tartibi va nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi.

68.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini tashkil etish va ta’minlash.

2018-yil

15-fevral

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 2019-yildan e’tiboran kuchga kirishini inobatga olgan holda:

vazirlik va idoralar xodimlari qonun talablarini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash;

vazirlik va idoralarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

qonunga ilmiy-amaliy sharh va metodik materiallar tayyorlash tadbirlari nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

69.

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosi uchun mas’ul hisoblangan probatsiya xizmatini takomillashtirish.

2018-yil

20-noyabr

IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan, shu jumladan shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;

probatsiya xizmati shaxsiy tarkibini mavjud shtat birliklari hisobidan shakllantirish nazarda tutiladi.

70.

Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatining ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish.

2018-yil

20-sentabr

IIV, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari barcha xodimlarini xizmatni o‘tash, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

71.

Ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalaridan maqsadli foydalanish hamda muvofiqlashtirilgan samarali tizimni yaratish maqsadida quyi turuvchi bo‘linmalarning bevosita joylarda amalga oshiruvchi tashkiliy-shtat tuzilmalarini kuchaytirish.

2018-yil

10-iyul

IIV, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob- kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va boshqarishning samarali tizimini eksperiment tariqasida viloyat markazlarining ichki ishlar bo‘limlari negizida tashkil etish nazarda tutiladi.

72.

Ichki ishlar organlarini jamoatchilik hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lgan haqiqiy xalqchil xizmatga aylantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-yil

30-mart

IIV, Bosh prokuratura, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Toshkent shahri misolida poytaxtning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;

ichki ishlar organlarining asosiy kuch va vositalarini joylarga yo‘naltirish;

ichki ishlar organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan maqsadli hamkorligini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

73.

Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2018-yil

30-sentabr

IIV, Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish xususiyatlari;

jamoat tartibini saqlashda ixtiyoriy ishtirok etishning shakllari, sohalari, vakolatlar va cheklovlar;

aholining jamoat tartibini saqlashdagi faol va samarali ishtirokini rag‘batlantirish turlari va asoslari nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash

74.

Jinoiy tajovuzdan jabrlangan shaxslar huquqlarini amalda ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirish maqsadida jinoyatni hisobdan qasddan yashirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqishda jinoyatni hisobdan qasddan yashirganlik uchun belgilangan jinoiy jazoni kuchaytirish nazarda tutiladi.

75.

Jinoyat ishini ko‘rib chiqishning tezkorligi va samaradorligini oshirish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishni soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish.

2018-yil

10-dekabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada jinoyatni ro‘yxatga olish va tergov qilishdan to hukmni ijro etishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oluvchi “elektron jinoyat ishi” tizimi bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

76.

Sud ekspertizasi faoliyatini takomillashtirish orqali huquqni muhofaza qilish faoliyatini yuqori darajada ilmiy-texnik va innovatsion jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan sud ekspertizasining yangi turlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

2018-yil

10-sentabr

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Oliy sud, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

xalqaro standartlar asosida sud ekspertizasi faoliyatini takomillashtirish (“ISO/IEC 17025” standartini joriy etish);

sud ekspertizasini o‘tkazishning muddati va sifatini nazorat qilish bo‘yicha idoralararo elektron tizimini ishlab chiqish;

sud ekspertiza markazlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sud ekspertizasining yangi turlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

77.

Bosh prokuratura Akademiyasini tashkil etish.

2018-yil

1-may

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

prokuratura organlarining yagona majmuasini (o‘quv binolari, sport-sog‘lomlashtirish inshootlari va boshqalarni) qurish;

prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish va mustaqil ta’lim, interfaol va situatsion mashg‘ulotlar, treninglar o‘tkazishni ken� joriy etish nazarda tutiladi.

2.6. Huquqiy yordam va yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

78.

Advokatura tuzilmalari mustaqilligini ta’minlash va faoliyatining samaradorligini oshirish, ularga soliq imtiyozlarini taqdim etish.

2018-yil

20-aprel

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, Advokatlar palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

litsenziyalash talab qilinmaydigan tijorat tashkilotlari sifatida yuridik konsalting tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish;

soliq yukini maqbullashtirish maqsadida advokatlik tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov va advokatlardan undiriladigan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkalarini kamaytirish;

advokatlarning davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda huquqiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat berish nazarda tutiladi.

79.

Yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

2018-yil

20-aprel

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada:

yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarini respublikaga jalb qilish;

yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish;

Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv-metodik bazasini kengaytirish nazarda tutiladi.

80.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish.

2018-yil

1-fevral

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, IIV, vazirlik va idoralar

Idoraviy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;

huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish;

fuqarolarda yuz berayotgan, ayniqsa jamoatchilikning yuqori qiziqishini uyg‘otgan voqealarning mohiyati bo‘yicha xolis fikrni shakllantirish hamda noto‘g‘ri ma’lumotlardan buzg‘unchi va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini bartaraf etish uchun aholini bunday hodisalar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;

fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishining dolzarb vazifalarini hal etishga jamiyatning intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatini safarbar etish masalalari nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISh VA FAOL TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish

81.

Ilg‘or g‘oya, nou-xaular yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish.

2018-yil

1-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, davlat statistika qo‘mitasi, Energiya tejash milliy kompaniyasi, vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruv organlari

Budjet mablag‘lari, investitsiyalar, kreditlar, grantlar va boshqa mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlanadi.

Dasturda:

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishning tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini yaratish;

innovatsion ishlanmalarni yaratish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va jihozlar bilan mahalliy innovator va ixtirochilarni doimiy ravishda ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

iqtisodiyotni boshqarishning yangi mexanizmlarini, zamonaviy va ilg‘or texnologik yondashuvlarni joriy etish;

innovatsiyalardan foydalanuvchi, raqamli texnologiyalar kiritilishini jadallashtiruvchi, muqobil energiya manbalarini joriy qiluvchi, ishlab chiqarishning ekologik toza uslublarini yo‘lga qo‘yadigan subyektlarni rag‘batlantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini baholashning innovatsion mezonlarini joriy etish nazarda tutiladi.

82.

Mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish.

2018-yil

20-mart

TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Bunda:

mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirishga, investitsiyalar hamda turistlarni mamlakatimizga jalb ilishga ko‘maklashishni elchilar faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilash;

O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalarining har birida savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha bo‘linmalarini (maslahatchi shtatini) joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish;

elchixona diplomatik xodimlarini lavozimiga qo‘yishda ularning iqtisodiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish nazarda tutiladi.

83.

Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va uni rivojlantirishning o‘rta muddatli Konsepsiyasini hamda 2018 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda bosqichma-bosqich inflatsiyaviy targetlash rejimiga o‘tish.

2018-yil

1-iyul

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan konsepsiya va “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlarini xalqaro tajriba hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish, xususan:

umumiqtisodiy, soliq-budjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy o‘sish, davlat budjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar darajasining barqarorligi bo‘yicha o‘zaro harakatlar va maqsadlarning kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;

likvidlikni boshqarish operatsiyalari bo‘yicha pul-kredit siyosatining samarali qo‘llaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytirish;

tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda, shu jumladan, kreditlar bo‘yicha bozor mexanizmlarini keng joriy etish;

ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni takomillashtirish;

pul-kredit siyosatining, jumladan, qo‘llanilayotgan instrumentlar va yakuniy maqsadlar to‘g‘risida axborot yetkazib berish yo‘li bilan, shaffoflik va prognoz qilish imkoniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

84.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash.

2018-yil

1-sentabr

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga i�onchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni ta’minlash borasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va zarur shart-sharoit yaratish;

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, yangi tahrirdagi qonun loyihasini ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari xulosalarini inobatga olgan holda ishlab chiqish nazarda tutiladi.

85.

2018-yilda mamlakat ichki bozorida iste’mol tovarlari va xizmatlar bo‘yicha narxlarning keskin oshishini oldini olish.

2018-yil

20-mart

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqat zaxira” uyushmasi

100,0 mln AQSh dollari, 385 mlrd. so‘m

Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi qarori.

Qaro�da:

ichki iste’mol bozoriga asosiy oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;

iste’mol tovarlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni oldindan aniqlash va bu bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;

asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish;

qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan (asosiy, oraliq, takroriy) samarali foydalanish;

mamlakat ichki bozorida raqobat muhitini jonlantirib borish va sun’iy ravishda yaratilishi mumkin bo‘lgan taqchilliklarning oldini olish nazarda tutiladi.

86.

Valyuta siyosatining iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, biznes va investitsiyaviy muhitni yaxshilashdagi rolini oshirish maqsadida yangi tahrirda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

30-sentabr

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, DSQ, DBQ

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida hamda tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiya�arini tartibga solishni soddalashtirish;

havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;

jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z valyuta mablag‘laridan erkin foydalanish huquqining kafolatlari;

mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish;

valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish nazarda tutiladi.

87.

Innovatsion texnologiyalarga asoslangan, bank xizmatlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshiruvchi yangi bank xizmati turlarini, xususan “raqamli banklar”ni, shuningdek, aholiga chakana xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bank bo‘linmalarini tashkil etish.

2018-yil

1-iyul

Markaziy bank, tijorat banklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “raqamli banklar” va aholiga chakana xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bank bo‘linmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, shu jumladan, ularning fao�iyat yuritish tartibi, litsenziya talab va shartlari nazarda tutiladi.

88.

Innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llagan holda yetakchi xorijiy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlarini rivojlantirish.

2018-yil

1-sentabr

Markaziy bank, tijorat banklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yetakchi xorijiy to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard, Union Pay, PayPal va boshqalar) bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va ularning faoliyat yuritish mexanizmlari belgilanadi.

89.

Fond bozorini rivojlantirish, sohada davlat boshqaruvini tubdan isloh qilish va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, ortiqcha nazorat funksiyalarini bekor qilish hamda moliya bozori uchun yagona davlat organini tashkil etish.

2018-yil

30-iyun

Moliya vazirligi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari hamda Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi negizida moliya bozorini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil davlat organini tashkil etish nazarda tutiladi.

90.

Aholining bo‘sh pul mablag‘larini iqtisodiyotning real sektoriga jalb qilish maqsadida korxonalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni rag‘batlantirish.

2018-yil

1-may

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada aholining bo‘sh pul mablag‘larini iqtisodiyotning real sektoriga jalb qilishni rag‘batlantirishni ta’minlash uchun jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘larini daromad solig‘idan ozod etish nazarda tutiladi.

91.

Budjet daromadlari va xarajatlarining xalq uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash.

2018-yil

1-iyul

Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, DSQ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining xalq uchun ochiqligi, shaffofligini ta’minlash, budjetnoma muhokamasida jamoatchilik fikrini inobatga olishga qaratilgan aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.

92.

Milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi jarayonini jadallashtirish.

2018-yil

1-mart

“O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

eksportni va turizmni rivojlantirish maqsadida maqbul agrokultura amaliyoti (Global G.A.P.), “halol” va “kosher” standartlarni respublikada qabul qilish;

respublikada eksport qiluvchi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda 2018 — 2020-yillarda 1, 5 mingdan ortiq xalqaro standartlarni qabul qilish;

tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida yil davomida 2 mingdan ortiq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish nazarda tutiladi.

3.2. Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish

93.

Erkin raqobat muhitini yaratish, narxlarning barqarorligi va imtiyozlarning manzilliligini ta’minlash maqsadida imtiyozlarni individual tartibda berish amaliyotidan voz kechish, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning alohida turlari uchun joriy etish.

2018-yil

30-aprel

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

imtiyozlar berishning shartlari, mezonlarini belgilash, ularning samaradorligini baholash va monitoring qilish tizimini joriy etish;

imtiyozlarni muayyan moliyaviy ijtimoiy natijaga erishish sharti bilan berish;

bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish;

ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilib, maqbul boj to‘lovi stavkalarini belgilash;

imtiyozlarni alohida subyektlarga emas, balki sohalar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar) turlariga nisbatan joriy etish nazarda tutiladi.

94.

Soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish.

2018-yil

1-dekabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, Savdo-sanoat palatasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

o‘z ehtiyoji uchun obyektlar qurayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish huquqini berish;

kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

95.

Kichik korxonalarni tez sur’atlarda rivojlanib, ishchilar sonini ko‘paytirishi hamda yirik korxonalar toifasiga o‘tishini rag‘batlantiruvchi tizim joriy etish.

2018-yil

1-iyul

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada ishchilar sonini oshirayotgan, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan kichik korxonalarni yirik korxonalar toifasiga o‘tishini rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etish nazarda tutiladi.

96.

Soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metodologiyasini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.

2018-yil

1-may

DSQ, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish;

soliq to‘g‘risidagi qo�un hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni tubdan takomillashtirish;

soliq ma’muriyatchiligining maksimal darajada shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini tashkil etish;

zamonaviy innovatsion g‘oyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish asosida soliq solish bazasini kengaytirish;

umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar va soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lovchilarning soliq yukini qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi tafovutlarni kamaytirish;

pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish maqsadida uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish, sohada suiiste’molchilik holatlariga barham berish bo‘yicha yangi tizimni yaratish nazarda tutiladi.

97.

Bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.

2018-yil

1-may

DBQ, Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Bojxona qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Bojxona kodeksini takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash;

bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishni tubdan takomillashtirish;

jadal o‘zgarayotgan tashqi iqtisodiy vaziyatlarga bojxona organlarining javob berish va ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish;

bojxona ma’muriyatchiligining yuqori darajada shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini tashkil etish;

zamonaviy innovatsion g‘oyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish;

davlat bojxona xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish, sohada suiiste’molchilik holatlariga barham berish bo‘yicha yangi tizimni yaratish nazarda tutiladi.

98.

Bojxona nazoratida xavfni boshqarish tizimini joriy qilish.

2018-yil

1-iyul

DBQ, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada bojxona ko‘rigini xavfni boshqarish tizimi orqali tadbirkorlik subyek�larining ishonchlilik darajasiga qarab toifalarga ajratish hamda “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

3.3. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish

99.

Elektr energiyasini ishlab chiqarishda monopoliyani tugatish, raqobat muhitini shakllantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish.

2018-yil

30-iyun

“O‘zbekenergo” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsiya vazirligi, “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zbekgidroenergiya” AJ, Energiya tejash milliy kompaniyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ushbu sohani rag‘batlantiruvchi imtiyozlar berish nazarda tutiladi.

100.

Mahalliy aholining mamlakat bo‘ylab sayohatlarini rag‘batlantirish, sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududlarning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish orqali ichki turizmni tizimli rivojlantirish.

2018-yil

20-fevral

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

ichki turistik oqimlarni rag‘batlantirish;

turizm infratuzilmasini yaxshilash;

ichki turizmni targ‘ib qilish;

ichki turizm sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shimcha yengilliklar yaratish nazarda tutiladi.

101.

Xorijiy sayyohlarning tashrifi uchun keng sharoitlar yaratish, ularning sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish.

2018-yil

20-fevral

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, IIV, TIV, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

turizmni rivojlantirish uchun viza tartibini soddalashtirish, elektron vizalarni joriy etish;

xalqaro aviaqatnovlarni ko‘paytirish, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish;

turistik mahsulotlarni xarid qilish tizimi, jumladan, elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish;

sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish;

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga oid masalalar nazarda tutiladi.

102.

Mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros obyektlarida va ular atrofidagi obyektlarda tegishli infratuzilmani shakllant�rish, amalga oshiriladigan diniy marosimlar uchun tegishli sharoitlarni yaratish orqali ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yo‘nalishi sifatida rivojlantirish.

2018-yil

30-mart

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ziyorat turizmi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish obyektlari tomonidan qo‘llaniladigan standartlarni qabul qilish, sayyohlarni keng jalb qilish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatishning maqbul turlarini joriy etish;

ziyorat turizmiga sayyohlarni jalb qilish borasida yangi marshrutlarni ishlab chiqish va targ‘ibot qilish nazarda tutiladi.

103.

Tibbiy turizmni tizimli rivojlantirish, davolash-sog‘lomlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish choralarini ko‘rish.

2018-yil

30-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

davolash va sog‘lomlashtirish muassasalarini xorijiy, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarini qabul qilishga moslashtirish;

davolash xususiyatiga ega bo‘lgan, ma’danlarga boy tabiat boyliklaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli infratuzilmani yaratish;

mavjud imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish va sayyohlarni jalb etish nazarda tutiladi.

104.

Namunali fermer xo‘jaliklarini sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirish, ularga sayyohlarni jalb qilish hamda ularning mamlakatimizda bo‘lish muddatlarini uzaytirish maqsadida agroturizmni rivojlantirish.

2018-yil

30-mart

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

namunali fermer xo‘jaliklari negizida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, xususan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoni bilan tanishtiruvchi tashrif markazlarini tashkil qilish;

turistlarni hosil yig‘ishga jalb qilish, qiziqarli mahorat darslarini tashkil etish;

yetishtiriladigan mahsulotlarni turizm mahsulotlari doirasida keng targ‘ib qilish va sayyohlarni jalb qilish masalalari nazarda tutiladi.

105.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo sifatida kirishi yuzasidan muzokaralarni faollashtirish.

2018-yil

1-noyabr

Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarida nazarda tutilgan normalar bilan o‘zaro taqqoslash va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar;

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi;

xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ustunliklari, oqibatlarini o‘rganish va tahlil qilish hamda mamlakat uchun manfaatli shartlarda huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar;

Jahon savdo tashkilotining O‘zbekiston Respublikasini ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhi bilan to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish nazarda tutiladi.

106.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishiga ko‘maklashish hamda bojxona rasmiylashtiruvi vaqti va moliya xarajatlarini qisqartirish maqsadida “yashil yo‘lak” tizimini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

2018-yil

1-iyun

DBQ, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

Kelishuv bitimlari.

Bitimlarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining bojxona va karantin xizmati organlari bilan meva-s�bzavot mahsulotlarini eksport qilishi bo‘yicha “yashil yo‘lak” tizimini joriy etish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

107.

Qo‘shni mamlakatlar bilan logistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish.

Yil davomida

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Investiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Kelishuv bitimlari.

Bitimlarda qo‘shni mamlakatlar bilan amaliy muzokaralar o‘tkazish, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar kiritish tashabbusi bilan chiqish orqali mahsulotlarning eksport-importidagi logistik muammolarni hal etishga qaratilgan tadbirlar nazarda tutiladi.

108.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning “Integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimi” Konsepsiyasi va Bitimi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

10-aprel

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ

Konsepsiya va bitim loyihasi.

Bunda tashkilotga a’zo davlatlar bilan integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish, investitsiyaviy dastur loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning “Integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimi” Konsepsiyasi va Bitimini ishlab chiqish va qabul qilish uchun tashkilotning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish choralari nazarda tutiladi.

109.

Eksport qilinadigan asosiy yuklarni quyidagi hududlar orqali temir yo‘l transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish choralarini ko‘rish:

Turkmaniston va Eron hududlari orqali — Bandar-Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish uchun;

Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali — Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk bandargohlari, O‘rta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga chiqish uchun;

Qozog‘iston va Rossiya hududlari orqali — Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqish uchun.

2018-yil

1-aprel

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Tashqi savdo vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

tegishli davlatlarning temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaatlar yuborish;

masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar davomida ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni aniq belgilash;

chet el davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari vakillarini keng jalb qilish;

loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish nazarda tutiladi.

110.

Milliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni tashkil etish.

2018-yil

1-aprel

Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada tadbirkorlik subyektlari ushbu portal orqali dunyoning barcha nuqtalarida milliy yuk tashuvchilarning transportlari haqida ma’lumotlarni onlayn rejimida tezkor olishi va buyurtma berish imkoniyati yaratilishi, xalqaro logistika kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ushbu portal imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

111.

Dunyoning 20 ta mamlakatida 50 dan ortiq xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda mahalliy eksport qiluvchi korxonalarning ishtirok etishini tashkillashtirish.

2018-yil

1-aprel

Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Rejada:

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan vakillar ishtirok etishi lozim bo‘lgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar ro‘yxatini tasdiqlash;

mahalliy eksport korxonalarining 2018-yilda ushbu xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini tashkillashtirish;

ko‘rgazma va yarmarkalar orqali milliy mahsulotlar uchun xorijiy xaridorlarni jalb qilish bo‘yicha aniq choralar nazarda tutiladi.

112.

Qurilish sohasini modernizatsiya qilish, sohani innovatsion va ilg‘or rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

30-iyun

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zqurilish-materiallari” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qurilish sohasini innovatsion rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

milliy loyiha va pudrat tashkilotlarining tashqi bozorlarga chiqishini rag‘batlantirish choralari;

qurilish bozoriga kirishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish;

amaldagi normativ va texnik reglamentlarni, qurilish norma va talablarini jahon standartlari asosida qayta ko‘rib chiqish;

malakali quruvchi va arxitektorlarning professional sinfini shakllantirish va bu orqali bir martalik ishchilarni jalb qilishga asoslangan noto‘g‘ri amaliyotga barham berish;

tizimli asosda xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirishi bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratish;

davlat xaridlari tizimini takomillashtirish jarayonida mahalliylashtirish loyihalari asosida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning manfaatini inobatga olish nazarda tutiladi.

113.

Internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni zarur statistik axborotlar, biznesni yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ta’minlaydigan “Investitsiya portali”ni ishga tushirish.

2018-yil

1-may

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, zayomlari, grantlari, homiylik mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya portalini yaratish, ush�u portalni 2018-yilning 1-iyulidan boshlab ishga tushirish va doimiy ishlashini ta’minlash;

mamlakatning investitsiya salohiyati, hududlardagi tabiiy qazilma boyliklar, er-suv resurslari, tabiiy iqlim sharoitlari to‘g‘risida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, davlat mulki obyektlari, investorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida davlat tili, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar;

mahalliy va xorijiy investorlarga interfaol shaklda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish;

investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganligidan qat’i nazar, murojaatlar ko‘rib chiqilishining amaldagi holati va natijasidan xabardor bo‘lib turish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.

114.

Investorlarni qiziqtirgan savollarga javoblarni beruvchi doimiy ishlaydigan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil

20-may

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Ijrochilarning tegishli qarori.

Investorlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha muammoli masalalar yuzasidan dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

115.

Milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash hamda iqtisodiyotning yangi tarmog‘i sifatida aerokosmik sanoatni shakllantirish.

2018-yil

10-iyun

Vazirlar Mahkamasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

aerokosmik faoliyatni tartibga solish bo‘yicha mas’ul davlat organini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasining 2018 — 2035-yillarga mo‘ljallangan aerokosmik sanoatni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish;

sohaning moddiy va ilmiy bazasini shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni xorijiy ta’lim muassasalarida malakasini oshirish mexanizmlarini yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

3.4. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish

116.

Ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasiga asoslangan holda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-may

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyiha bilan konsepsiya tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

yaqin va uzoq istiqbolda agrar sohadagi barcha tashkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qilish;

investitsiyalarni jalb etish, tarmoqni isloh qilish va barqaror rivojlantirish;

qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya-urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.

117.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.

2018-yil

1-aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlarni, shuningdek, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan (mamlakatimiz sharoitiga moslasha oladigan va yuqori hosil beradigan chet eldan olib kelinadigan) boshqa ekin turlarini joylashtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari;

paxta maydonlarini 2019-yilda 36 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 15 ming gektarga qisqartirish, ushbu maydonlarda oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish hisobiga qo‘shimcha 1 mln. tonna meva-sabzavot, kartoshka va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish nazarda tutiladi.

118.

Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish.

2018-yil

20-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada qishloq xo‘jaligida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirmaslik hamda iste’mol bozoriga kirib kelishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish tartibini joriy qilish, tegishli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash nazarda tutiladi.

119.

Paxta xomashyosini yetishtirish, sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, bunda, avvalo, xomashyo yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishni ko‘zda tutish.

2018-yil

10-aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

fermerlar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda o‘zaro kooperatsiya (hamkorlik) mexanizmlari;

fermerlar tomonidan paxta xomashyosini qayta ishlovchi va to‘qimachilik korxonalariga o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati nazarda tutiladi.

120.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish, shu jumladan, eksport qilishda logistika tizimini rivojlantirish.

2018-yil

20-mart

“O‘zbekoziqovqat-xolding” XK, “O‘zvinsanoatxolding” XK “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada logistika markazlari tashkil qilish, issiqxona va muzlatkichli omborxonalar qurishning prognoz ko‘rsatkichlari hududlar kesimida belgilab beriladi.

121.

Aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini oshirish, ularning bozorlardagi narx-navolari barqarorligini saqlashga erishish.

2018-yil

30-mart

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada ozuqa ekin maydonlari hajmi, konsentrat ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha tashkil etiladigan quvvatlar, zamonaviy parrandachilik va bo‘rdoqichilik komplekslarining prognoz ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.

122.

Fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, fermerlarni zaruriy axborot, ma’lumot va maslahatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish.

2018-yil

30-iyun

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish;

fermer xo‘jaliklarini axborot va maslahatlar bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud milliy veb-saytlar faoliyatini kuchaytirish;

mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi korxonalar va eksport qiluvchilarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, shu jumladan, birja savdolarida xarid qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlar olish nazarda tutiladi.

123.

Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar hajmini yanada kengaytirish.

2018-yil

1-aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z mablag‘lari, Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, tijorat banklari kreditlar, xorijiy investitsiya va grant mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hududlar kesimida suv tejovchi texnologiyalar (tomchilatib sug‘orish, plyonka to‘shab sug‘orish, egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish, suvni yig‘ish xususiyatiga ega bo‘lgan gellardan foydalanish) joriy qilinadigan maydonlarning prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;

suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan resurslar bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

124.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash.

Yil davomida

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari

553,5 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Natijada 270 ming gektar ekin maydonlari meliorativ holatining barqarorligi va sizot suvlari sathining belgilangan me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi.

3.5. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish

125.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil

1-mart

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashini tugatish va tegishli shtatlarni prokuratura organlariga o‘tkazish;

jinoyat ishlari doirasida moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish)ning muddati bir oydan oshmasligi, zarur hollarda esa ushbu muddat Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkinligi;

tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlari faqat viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi nazarda tutiladi.

126.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari bilan birgalikda har oyda namunali, faol tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish.

2018-yil

10-fevral

Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borayotgan, moliyaviy ko‘rsatkichlari muntazam o‘sishiga erishayotgan faol tadbirkorlik subyektlari bilan har oyda uchrashuvlarni tashkil etish;

tadbirkorlik sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarning samaradorligini oshirish;

tadbirkorlik sohasidagi muammolarni aniqlash va hal etishga oid zaruriy choralar nazarda tutiladi.

127.

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, ayniqsa jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga �o‘maklashish.

2018-yil

1-mart

Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda faol va insofli tadbirkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga qaratilgan biznes jamoatchilikning ta’sirchan choralarini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

128.

Biznes-hamjamiyat o‘zini o‘zi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2018-yil

1-mart

Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada biznes-hamjamiyat o‘zini o‘zi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining ta’sirchan mexanizmlari belgilanadi.

129.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash.

2018-yil

1-aprel

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

nazorat qiluvchi organlarning ayrim nazorat funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlariga o‘tkazish;

tadbirkorlik subyektlariga, pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi banklarda inkassatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, tovarlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali sotishda naqd p�lda hisob-kitob qilish, shuningdek, mahsulotlarni xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda xalqaro savdo maydonlari orqali eksport qilish tizimini soddalashtirish;

yuridik shaxslarga ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlar, jumladan, davlat bojlari va yig‘imlarini to‘lash bilan bog‘liq to‘lovlarni korporativ bank kartalaridan to‘lash imkoniyati nazarda tutiladi.

130.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish.

2018-yil

20-mart

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish, birlashtirish, rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, litsenziya va ruxsatnoma berish funksiyalarining ayrimlarini nomarkazlashtirish;

litsenziyalarni ularning amal qilish muddatini cheklanmagan holda berish (tibbiyot va farmatsevtik� faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, mobil aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish bundan mustasno);

litsenziyalanadigan faoliyat turi doirasida bajariladigan ishlarning (ko‘rsatiladigan xizmatlarning) aniq ro‘yxatini faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ko‘rsatish;

telekommunikatsiya, baholash, rieltorlik, veterinariya, geodeziya va kartografiya, tibbiyot, qimmatli qog‘ozlar bozori, transport, savdo va boshqa bir qator sohalarda litsenziya va ruxsatnomalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish nazarda tutiladi.

131.

Respublikada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi (agentlik) tashkil etish.

2018-yil

1-iyul

Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vak�latli davlat organi (agentlik) tashkil etish;

maxsus vakolatli davlat organining vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatchilik nazorati institutini keng joriy etish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali va shaffof mexanizmlarini tatbiq etish nazarda tutiladi.

132.

Elektr energiyasi sohasidagi samarasiz va zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalar faoliyatini tahlil qilish, zarar bilan ishlaydigan korxonalarni sog‘lomlashtirish yuzasidan “yo‘l xarita”lariini belgilangan tartibda ishlab chiqish va amalga oshirish.

2018-yil

20-mart

Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalarning mavjud ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha yer maydonlarini maqbullashtirish, aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘lar manbalarini aniqlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;

ushbu toifadagi korxonalardan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, xususiylashtirish yuzasidan aniq takliflar nazarda tutiladi.

133.

Internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini ajratish tizimini joriy etish hamda yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillarning amaldagi muddatlarini kamida ikki baravar qisqartirish.

2018-yil

1-iyun

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga yer uchastkalarini berish maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida amalga oshirilishi;

yer uchastkalarini berishga doir materiallarni vakolatli organlarda ko‘rib chiqish va kelishish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi;

yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillar, amaldagi muddatlarni qayta ko‘rib chiqish, sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish orqali tizimni isloh qilish nazarda tutiladi.

134.

Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini joriy etishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish.

2018-yil

20-sentabr

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Xalqaro moliya institutlari investitsiyalari, kreditlari, grantlari va boshqa mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda iqtisodiyotning ko‘p xarajatli tarmoqlari (muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida davlat va xususiy investorlarning o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yishga imkon beradigan davlat-xususiy sheriklikni keng joriy etish nazarda tutiladi.

135.

Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish.

2018-yil

1-aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

venchur fondlarning huquqiy maqomi va ularni tashkil etish tartibi;

venchur kompaniyalar va fondlar, venchur fondlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar hamda innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish;

venchur kompaniyalar va fondlar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash;

venchur loyihalarni sug‘urtalash nazarda tutiladi.

3.6. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

136.

Hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish orqali to‘liq amalga oshirish.

2018-yil

1-noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada:

hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish parametrlari;

“Aqlli shahar”, “Aqlli mahalla”, “Aqlli uy” va “Aqlli hokimiyat” konsepsiyalarini o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

137.

Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha faolligini oshirish.

2018-yil

30-mart

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha faoliyatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

138.

Hududlarning investitsiyaviy jozibadorlik reytingini ishlab chiqish va e’lon qilib borishni joriy etish.

2018-yil

1-iyun

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada joylarda investorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni (resurs, infrastruktura, davlat va boshqa xizmatlarning qulayligi) aniqlash tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

4.1. Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish

139.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish.

2018-yil

1-iyul

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

“iste’mol savatchasi” tushunchasi va uni aniqlash mezonlari;

aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar miqdorini hududlar kesimida “iste’mol savatchasi”ga mutanosibligini bosqichma bosqich ta’minlash nazarda tutiladi.

140.

Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish.

2018-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

5,0 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ro‘yxatini kengay�irish, ularni ushbu vositalar bilan ta’minlash uchun tibbiy xulosa tuzishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning individual xususiyatlarini aniqlash tartibini soddalashtirish;

sifatli protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalariniishlab chiqarish bo‘yicha davlat standartlarini joriy qilishga oid chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

141.

Skrining markazlarini jihozlash, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlash, jumladan har bir tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga skrining tekshiruvlarini o‘tkazish uchun 200 ta yuqori texnologiyali UZD skaner apparatlarini yetkazish.

2018-yil

1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

91,6 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

homilador ayollarda h�milaning erta nogironligini aniqlash choralari ko‘riladi;

chaqaloqlarni perinatal skrining ko‘rigidan o‘tkazish, tug‘ma nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va nogironlikning oldini olish ta’minlanadi.

142.

Neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan 150 nafar bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

26,5 mlrd. so‘m

Xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlarning grant mablag‘lari, davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Natijada neyrosensor ka�lik yoki zaif eshitadigan nogiron bolalarning eshitish qobiliyati tiklanadi.

143.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish, shuningdek, “nogiron” tushunchasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” tushunchasidan foydalanish;

nogiron�igi bo‘lgan shaxslarning huquqlari;

davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari;

nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning ta’lim olishi va ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini belgilash;

nogironlikni belgilashda qo‘llanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish va boshqa qoidalar nazarda tutiladi.

144.

Og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish.

Yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi

241,8 mlrd. so‘m

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Uy-joyi bo‘lmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi o‘rta hisobda 2 — 5 nafar oilaga arzon uy-joylar 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga o‘tkazish huquqisiz beriladi.

Respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elek�r pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinadi.

Og‘ir kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini to‘lash va ularning haqini to‘lashga mablag‘ bo‘lmagan taqdirda har bir tuman (shahar)dan o‘rta hisobda 6 tagacha kam ta’minlangan oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatiladi.

145.

Sog‘liqni saqlash muassasalari, avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalari uchun dori vositalari va tibbiyotga mo‘ljallangan buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

914,6 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Respublika hududidagi barcha davlat davolash profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiyotga mo‘ljallangan buyumlar bilan ta’minlash ahvoli yaxshilanadi.

146.

Dori-darmonlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilishning yagona axborot tizimini joriy etish.

2018-yil

30-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

1,0 mlrd. so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada Internet tarmog‘ida alohida dori-darmonlar turi, ulgurji, chakana narxlar holati va o‘zgarishlari haqida ma’lumot taqdim etib borilishi, barcha dorixonalar manzili va dori vositalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xarid qilinayotgan dori vositalarining muvofiqlik sertifikati hamda aholining fikr va mulohazalarini monitoring qilish tartibi belgilanadi.

4.2. Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish

147.

Kasalliklarni oldindan aniqlash, ularni masofadan profilaktika qilish imkonini beruvchi “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” konsepsiyalarini mavjud sharoitlarga moslashtirish va tatbiq etish, tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash.

2018-yil

1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

keng tarqalgan kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlashning ilg‘or va sinalgan uslublarini joriy qilishni o‘z ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlar;

hududlardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish tizimlarini joriy etish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish choralari;

tibbiyot-davolash muassasalarida elektron (onlayn) navbat tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

tashkil etilayotgan 441 ta tez tibbiy yordam shoxobchalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

148.

Tibbiyot sohasiga xorijiy mutaxassislarni va chet el investitsiyasini jalb etish.

2018-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, IIV

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada xorijiy mutaxassislarning aniq soni, ularni tibbiyot sohasiga bosqichma-bosqich, jumladan uzoq muddat faoliyat yuritishga jalb etish, chet el investorlari ishtirokida xususiy davolash-profilaktika muassasalari va ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalari filiallarini tashkil etish belgilanadi.

149.

Aholini arzon narxdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash imkonini beruvchi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2 mingta ijtimoiy dorixonalarini tashkil etish.

2018-yil

30-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

500,0 mlrd. so‘m

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Idoraviy hujjat.

Hujjatda:

ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash, tibbiyot muassasalari va aholini arzon narxdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;

ijtimoiy dorixonalar faoliyatida qonun buzilishlar, jumladan narx-navolar asossiz o‘sib ketishining oldini olish maqsadida dori vositalarini maxsus himoya belgilari bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

150.

Barcha hududlarda homilador, yosh bolali ayollar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordamni takomillashtirish, onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

8,7 mln.AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘ruq bo‘limlari negizida tumanlararo perinatal mar�azlarni tashkil etish;

markazlarni zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlar bilan to‘liq jihozlash;

skrining markazlarining faoliyatini takomillashtirish;

barcha viloyat perinatal markazlarini chaqaloqlar kyuvezlari bo‘lgan reanimobillar bilan ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.

151.

793 ta qishloq oilaviy poliklinikasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

5,0 mln. AQSh dollari

Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli kredit mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Natijada qishloq joylarida birlamchi tibbiy yordam muassasalarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi yaxshilanadi.

152.

Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimini joriy etish.

2018-yil

30-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish;

tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni ko‘rib chiqish va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi;

xatosini o‘z vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish;

tibbiyot xodimlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga ma’lumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish;

birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda to‘ldirishni (qo‘lyozma usulidan to‘liq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi.

153.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida tibbiy sug‘urta mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tibbiy sug‘urta mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish;

fuqaroning tibbiy va profilaktika xizmatlariga bo‘lgan huquqlari tengligini, sug‘urta polislariga asosan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatini ta’minlash;

tibbiy va profilaktika xizmatlari narxlari, sug‘urta mukofoti va majburiyati, sug‘urta tovoni miqdori, ularni hisoblash va to‘lovni amalga oshirishni tartibga solish mexanizmlari;

tibbiy sug‘urta jamg‘armasini tuzish, uning mablag‘larini shakllantirish manbalari, jamg‘arma mablag‘larini boshqarish hamda ulardan foydalanish tartibi nazarda tutiladi.

154.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

803,6 mlrd.so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan davolash-profilaktika muassasalari obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun tender savdolari orqali pudrat tashkilotlari aniqlanadi.

155.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

6 mln. AQSh dollari

Islom taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ushbu muassasalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlanadi.

156.

“Toza hudud” davlat unitar korxonasi orqali qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, joylashtirish va ko‘mish ishlari tizimini takomillashtirish.

Yil davomida

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi

163,2 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 462 dona chiqindi tashuvchi maxsus texnika xarid qilish, 212 ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish va 96 ta mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini jihozlash va yangilarini qurish h�sobiga shahar va qishloqlarning sanitariya holati yaxshilanadi.

157.

Sog‘liqni saqlash sohasida bakteriologiya va parazitologiya bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini oshirish va yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalarida ishlash bo‘yicha Janubiy Koreyada malaka oshirishni tashkil etish, shuningdek, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo hamda Buxoro viloyatlarida bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalarini jihozlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

400 ming AQSh dollari

KOICA granti asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mutaxassislarni tanlash va yuborish bo‘yicha reja tayyorlanadi hamda amalga oshiriladi.

Yangi asbob-uskunalar bilan ishlash bo‘yicha yangi texnik ko‘rsatmalar tayyorlanadi.

158.

Milliy emlash jadvalini takomillashtirish va emlash uchun yangi vaksinalarni (shol kasalligi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi) tatbiq etish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

6,9 mln. AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida boshqariladigan yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlik ta’minlanadi.

159.

OIV infeksiyasini davolash va maxsus profilaktikasi uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi

2,4 mln. AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarning umrini uzaytirish va turmush darajasini yaxshilash maqsadida ular retrovirusga qarshi maxsus dori vositalari bilan ta’minlanadi.

160.

Fuqarolarga psixiatriya yordami ko‘rsatish, shu jumladan ruhiy-asab kasalliklarni profilaktika qilish tizimini tubdan takomillashtirish.

2018-yil

20-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TIV, IIV, Oliy sud

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish dasturini tasdiqlash;

dispanser kuzatuvida bo‘lgan shaxslarning elektron reyestrini joriy etish;

aholining psixiatrik sog‘lomligini muhofaza qilishning milliy konsepsiyasini ishlab chiqish;

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab psixiatriya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotasini oshirish;

har yili 5 nafardan kam bo‘lmagan psixiatriya shifokorla�ini ilg‘or chet el tibbiyot klinikalari, ilmiy va o‘quv ta’lim muassasalariga malaka oshirish uchun yuborish nazarda tutiladi.

161.

Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tug‘ish yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va bandli�ini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi

Hisob kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda har bir tuman kesimida chora-tadbirlar dasturi asosida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

4.3. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

162.

Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish.

2018-yil

1-aprel

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishning mexanizmlarini belgilash;

maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish nazarda tutiladi.

Eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarin� joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabr

2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

163.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining maksimal darajada shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, test natijalarini tezkor e’lon qilishning zamonaviy mexanizmlari amalda ijro etilishini ta’minlash.

2018-yil

20-aprel

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, IIV, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8,2 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga;

test sinovi natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilishga;

jamoatchilik, jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratishga oid tadbirlar nazarda tutiladi.

164.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini 2018-2019 o‘quv yilida 2017-2018 o‘quv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshirish.

2018-yil

10-may

Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

39,0 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-shartnoma mablag‘lari

O‘z�ekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasini olgan abituriyentlar hamda haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan va tegishli sertifikatni olgan yigitlarni ushbu muassasalarga alohida kvotalar bo‘yicha qabul qilish nazarda tutiladi.

165.

Toshkent vil�yati Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish, shuningdek, poytaxtda va hududlarda rivojlangan mamlakatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

20-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-shartnoma mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.

Loyihalarda Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish hamda ularning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi.

Rivojlangan davlatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha chuqur o‘rganishlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

166.

Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2018-yil

20-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

19,1 mlrd. so‘m

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari, davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2018-yilda jami 25 mingda� ortiq yoshlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlari va kasbga tayyorlash markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkazilgan 16 ta kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazlarida o‘qiydigan shaxslar sonini ko‘paytirishni nazarda tutadigan samarali tizimni shakllantirish choralari ko‘riladi.

167.

“Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari;

ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining vazifalari va funksiyalari, ularni samarali boshqarish, moliyalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti va imtiyozlar;

xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga oid qoidalar nazarda tutiladi.

168.

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari;

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

xalqaro hamkorlik, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutiladi.

169.

O‘zbekiston yoshlari xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish.

2018-yil

10-iyun

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, TIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi.

Farmoyish bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

Markaziy Osiyo forumini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar;

yoshlarning xorijiy tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqotda e’tibor qaratiladigan asosiy masalalar;

forum doirasida o‘tkaziladigan har bir tadbirning rejasi, moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi.

170.

“Global tadbirkorlik tarmog‘i”ga a’zo bo‘lish choralarini ko‘rish, xorijiy va mahalliy tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida “Global tadbirkorlik haftaligi” loyihasini amalga oshirish.

2018-yil

30-avgust

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, TIV, IIV, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi

500,0 mln.so‘m

Ijrochilarning mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar;

xorijiy va mahalliy yirik tadbirkorlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslarini tashkil etish nazarda tutiladi.

171.

Ta’lim sohasidagi yangi islohotlarning mazmuni, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ish beruvchilar va buyurtmachilar ishtirokida kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish.

2018-yil

1-oktabr

Kasb-hunar ta’limi markazi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada kasb-hunar ta’limi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash, uni tajriba-sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi.

172.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-iyul

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari;

nodavlat ta’lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash;

ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari;

ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish;

ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi.

173.

Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

20,0 mlrd. so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi.

174.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta’limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishga barham berish.

2018-yil

30-iyul

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

o‘qituvchilar ish vaqti me’yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yish;

o‘qituvchilarning o‘z ustida ijodiy ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi.

175.

Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika ba�asini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlash.

2018-yil

1-mart

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

723,8 mlrd so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

176.

O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanadi.

Strategiyada:

mamlakatning innovatsion taraqqiyotini ta’minlashning normativ-huquqiy asoslari;

respublikani texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish;

innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash;

iqtisodiyot sektorlarini innovatsion rivojlantirish yo‘llari;

ustuvor yo‘nalishlarda fan va texnologiyalarni rivojlantirish;

hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari nazarda tutiladi.

177.

Xalq savodxonligini ko‘tarish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boylik hisoblangan tilning rolini oshirish.

2018-yil

20-oktabr

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlarda “ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazilib, o‘zining savodxonlik ko‘rsatkichini aniqlashni xohlovchi fuqarolar unda ixtiyoriy ravishda qatnashadi.

4.4. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish

178.

Shaharlar va shaharchalarning bosh rejalari hamda qishloq fuqarolar yig‘inlarining me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2018-yil

30-yanvar

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2018 — 2022-yillarda 138 ta shahar va shaharchalarning bosh rejalari hamda 2018-2019-yilda 55 ta qishloq aholi punktlarining me’moriy rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish;

hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda eski qoliplardan voz kechib, innovatsion yondashuvlarni joriy etish nazarda tutiladi.

179.

Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyoji muttasil oshib borayotganligidan kelib chiqib, arzon va sifatli uy-joylar qurish ko‘lamini kengaytirish.

2018-yil

1-aprel

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikla�i

5 285,7 mlrd. so‘m

Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, Davlat budjeti mablag‘lari, xo‘jalik birlashmalari o‘z mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada yil davomida:

ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda xorijiy tajribadan kelib chiqib, aholi punktlarining bosh rejalari, arxitektura-qurilish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning tarkibiy tuzilishining zamonaviy usullarini qo‘llash;

2018-yilda arzon uy-joylar qurish ko‘lamini 1,5 — 2 baravar ko‘paytirish, jumladan, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar uchun 658 ta uy va ko‘p qavatli uylarda joylashgan 1 491 ta xonadon, harbiy xizmatchilar uchun 100 ta ko‘p qavatli uy, profilaktika inspektorlari uchun 1 171 ta uy va hudud rahbarlari uchun 974 ta uy qurish nazarda tutiladi.

180.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish maqsadida “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

uy-joy mulkdorlari shirkatlari sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etilishidagi mas’uliyatini oshirish choralari;

uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan mexanizmlari;

umumiy mulk obyektlarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

181.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 2018-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ichimlik va oqova suv tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha 8 ta yirik loyihani amalga oshirish.

2018-yil

1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, tegishli viloyatlar hokimliklari

81,5 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari

Manzilli dastur.

Dasturda yil davomida:

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

137 km. magistral suv tarmog‘i, 338 km. ichimlik �uv tarmog‘i, 53,0 km. kanalizatsiya tarmog‘i, 9 ta suv tarqatish inshooti, 29 dona suv qudug‘i va 4 ta nasos stansiyasini qurish nazarda tutiladi.

182.

Hududlardagi 301 ta aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida 1434 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 254 ta ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

2018-yil

1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

584,7 mlrd. so‘m

Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi, “Orolbo‘yi” jamg‘armasi mablag‘lari

Manzilli dastur.

Dasturda yil davomida:

aholi punktlarida 256, 1 km. ichimlik suv tarmoqlari hamda 80 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

qishloq joylardagi arzon namunaviy uylar va shaharlardagi arzon ko‘p qavatli uylar massivlariga 636,4 km. ichimlik suvi tarmoqlarini qurish;

aholi punktlarida 531,5 km. ichimlik suvi tarmoqlari va 174 ta suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish;

aholi punktlarida 9,6 km. oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

183.

Mahalliy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish, ko‘p qavatli uylarga individual ikki konturli qozonlar o‘rnatish hamda issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2018-yil

1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada yil davomida:

20,0 mlrd. so‘m

Markazlashgan kapital qo‘yilmalar

13 ta markaziy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash (99, 4 km. tarmoqlar bilan birga);

18 mlrd so‘m

“Orolbo‘yi” jamg‘armasi mablag‘lari

36 ta mahalliy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash (4,4 km. tarmoqlar bilan birga);

12 mlrd so‘m

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

81 ta mahalliy qozonxonalarni qurish (3,4 km. tarmoqlar bilan birga);

163,0 mlrd so‘m

Aholi mablag‘lari, XUJMSh mablag‘lari, kredit mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari

1281 ta ko‘p qavatli uylardagi 29,5 mingta xonadonga zamonaviy individual ikki konturli qozonlar o‘rnatish va issiqlik energiyasini hisoblash tizimi bilan ta’minlash.

184.

Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi yo‘llar barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo‘llar qurish va elektrlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini ko‘rish.

2018-yil

10-aprel

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

1,0 mlrd. AQSh dollari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari, Hukumat kafolati ostidagi chet el kreditlari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

180 kilometr uzunlikdagi temir yo‘llarni qayta tiklash va 200 kilometrdan ortiq temir yo‘llarni elektrlashtirish;

Toshkent — Urganch — Xiva tezyurar poyezdi va Toshkent — Samarqand —Buxoro — Urganch — Xiva turistik poyezdi harakatini yo‘lga qo‘yish, Toshkent Janubiy va Xiva yangi vokzallarini foydalanishga topshirish;

Urganch — Xiva yangi temir yo‘li yo‘nalishi qurilishini yakunlash, Buxoro — Miskin va Qarshi — Kitob temir yo‘li yo‘nalishlarini elektrlashtirish va ushbu yo‘nalishlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi harakatini tashkil qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish;

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi navbatini qurish hamda Sergeli yo‘nalishida yer usti metrosi qurish, Toshkent shahrining aylanma yer usti metrosi estakadali metrosini qurish loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish;

temir yo‘l yo‘nalishlarida yirik transport xablarini tashkil etish va ularda barcha bojxona xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutiladi.

185.

Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida mintaqaviy avtomobil yo‘llarini ta’mirlash.

Yil davomida

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Respublika yo‘l jamg‘armasi

338,2 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Hududlardagi 2750 km uzunlikdagi mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi.

186.

Aholiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatining sifati va ko‘lamini oshirish, jumladan yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish va avtostansiyalar qurish.

Yil davomida

“O‘zavtodaryotrans” agentligi, tijorat banklari, “O‘zavtosanoat-lizing” MChJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kredit va lizing mablag‘lari, boshqa manbalar

Amaliy chora-tadbirlar.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida:

100 mlrd. so‘m

respublika bo‘yicha 68 ta yangi avtobus yo‘nalishini ochish;

yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan 571 ta yangi avtobus sotib olish;

5,8 mlrd. so‘m

19 ta avtostansiya qurish, rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

187.

Internet tarmog‘i va mobil aloqa bilan to‘liq qamrab olinmagan aholi maskanlarida zarur aloqa tizimlarini ishga tushirish choralarini ko‘rish.

2018-yil

1-noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

16 mlrd. so‘m, 74 mln. AQSh dollari

“O‘zbektelekom” AK, telekommunikatsiya operatorlari va kredit mablag‘lari

Manzilli dastur.

Dastur doirasida yil davomida:

aholi punktlarida 2,0 ming kilometr optik tolali aloqa tarmoqlari quriladi, Internetning o‘tkazish qobiliyati 200 Gbit/s ga yetkaziladi;

4,0 mingdan ortiq tayanch mobil aloqa stansiyalari ishga tushiriladi.

188.

Davlat-xususiy sheriklik munosabatlari asosida aholi yashashi va dam olishi uchun hududlarda zamonaviy hamda yuqori texnologik istirohat bog‘larini qurish va “yashil hududlar”ni yaratish.

2018-yil

10-may

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

H�sob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat-xususiy sheriklik shartlarida hududlarda kartografik favvoralar, velosiped yo‘lakchalari, oilaviy hordiq uchun obyektlar qurishga investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish;

“yashil hududlar”ni tashkil etish, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari, trotuarlar, ko‘p yillik daraxtlar ekilgan xiyobonlarni yaratish, atrof tabiiy muhit va suv resurslarini muhofazasiga oid dasturni tasdiqlash nazarda tutiladi.

189.

Energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi”AJ

Ijrochilarning qarori.

Qaror bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish;

energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish;

muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari nazarda tutiladi.

4.5. Madaniyat va sport sohasini yanada rivojlantirish

190.

O‘zbekiston xalqining umummilliy qadriyati bo‘lmish madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda infratuzilmani rivojlantirish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

1-may

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

barcha madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, muhofaza tegralarini belgilashni yakunlash;

madaniy meros obyektlari, ayniqsa, olis hududlarda joylashgan, restavratsiya va rekonstruksiyaga muhtoj madaniy meros obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishni kengaytirish;

madaniy meros obyektlarini ishonchli qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish maqsadida Arxeologik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va arxeologik topilmalarni saqlash dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

191.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

1-iyun

Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona muassasalari uchun ka�rlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid qoidalar belgilanadi.

192.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni ish bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloqlarda yashayotgan yosh qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish.

2018-yil

30-mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Ta’sischilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada fond orqali xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloqlarda yosh qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.

193.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash.

Yil d�vomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49 669,0

Ish beruvchilar, bank kreditlari, homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda hududiy dasturlar kesimida 10 000 nafar ijtimoiy sharoiti og‘ir xotin-qizlarga manzilli yordam asosida ish bilan ta’minlanadi.

194.

Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, 3 000 xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

Turar joyga ega bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etiladi, uy-joy, maishiy va boshqa shart-sharoitlar yaxshilanadi.

195.

Ommaviy, milliy va olimpiya sport turlarini, jumladan qishki sport turlarini rivojlantirish orqali aholining salomatligini mustahkamlash va jismoniy tarbiya madaniyatini oshirish, mamlakatning jahon sporti maydonidagi o‘rnini mustahkamlash.

2018-yil

10-aprel

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mamlakatimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini takomillashtirish;

milliy sport turlari, xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

olimpiya, ayniqsa qishki sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

iqtidorli yosh sportchilarni saralash (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;

Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganch shahrida “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand va Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasini barpo etish nazarda tutiladi.

196.

Barcha darajadagi futbol musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishning mavjud tizimini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, sohadagi jiddiy muammolarni hal qilish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etilishiga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2018-yil

1-aprel

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xorijiy tajriba asosida futbol sohasida yuqori malakali trener va sportchilarni tayyorlash, futbolchilar zaxirasini va terma jamoalarni shakllantirishning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish;

bolalar o‘rtasidagi futbolni rivojlantirishning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, futbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yuqori malakali trener va mutaxassislarni jalb qilish;

chekka hududlarda futbol maydonlarini keng miqyosda qurishni tashkillashtirish;

yosh iqtidorli futbolchilarni saralash (seleksiya) tizimini rivojlantirish;

milliy terma jamoaning Qatar mamlakatida 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishini ta’minlash uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

197.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish, sport muassasalari, ayniqsa, xususiy sport tashkilotlarida aholiga sifatli jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2018-yil

1-mart

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishni kuchaytirish;

sport inshootlarining namunaviy shtat birliklarini ishlab chiqish;

sport inshootlarining ijara haqini belgilash tartibi;

jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida xizmat ko‘rsatishni, shu jumladan aholining ayrim toifalariga imtiyozli ravishda xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi.

198.

Suzish sport turlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish.

2018-yil

1-aprel

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

suzish havzalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

suzish havzalarida yoshlar kesimida sog‘lomlashtirish va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqish;

sportchilarni sport muassasalariga qabul qilish mezonlarini ishlab chiqish;

sportchilarni guruhdan-guruhga o‘tkazish bo‘yicha nazorat-normativ me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish;

suzish havzalarining sanitariya-gigiyena talablari asosida faoliyat yuritishi bo‘yicha tegishli me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish;

suzish havzalarida shug‘ullanishi uchun haq to‘lash va ulardan foydalanish tartibi;

sport muassasasi xodimlarini hamda trenerlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

199.

O‘zbekistonda sport ta’limi sohasini rivojlantirish, sportchilarni tayyorlashda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalangan holda sport ta’limi tizimini isloh qilish.

2018-yil

20-aprel

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

O‘zDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, xalqaro stan�artlar darajasiga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

O‘zDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlarini zamonaviy texnika vositalari va maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;

O‘zDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlari ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot-uslubiy materiallar va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash;

sport yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh HAMDA ChUQUR O‘YLANGAN, O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYOSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

200.

O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi yangi tahririni tasdiqlash.

2018-yil

1-iyul

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Mudofaa vazirligi, TIV, MXX, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tasdiqlanib, unda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan asosiy xavf va tahdidlar, mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik sohasida davlat strategik rejalashtirish tizimi faoliyatining mexanizm va tamoyillari belgilanadi.

201.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash.

2018-yil

20-fevral

Mudofaa vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), MXX, Milliy gvardiya, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti , vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda yil davomida:

harbiy xizmatchilar, jamiyat va xorijiy hamkorlar o‘rtasida, davlatimiz mudofaa siyosatining asosiy prinsiplarini yetkazish bo‘yicha uning ochiqligiga va xorijiy davlatlar bilan mudofaa va xavfsizlik sohalarida konstruktiv hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish ustuvorligiga urg‘u bergan holda keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

amaldagi qonunchilikka, jumladan “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, tegishli idoraviy hujjatlarni qayta ishlash nazarda tutiladi.

202.

Mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish va rivojlantirish orqali davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangovar qudrati va salohiyatini oshirish.

2018-yil

1-aprel

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, MXX, FVV, IIV, Milliy gvardiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada mudofaa-sanoat kompleksi�i shakllantirish va rivojlantirish Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturida:

ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, xizmat ko‘rsatish markazlari hamda qo‘shma korxonalarni tashkil etish;

mahalliy korxonalar negizida harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar ayrim turlarini mahalliylashtirishni joriy etish;

mazkur sohada mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida hal etilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

203.

Mudofaa sohasida xorijiy hamkorlar bilan harbiy va harbiy-texnik munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

2018-yil

10-aprel

Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, IIV, TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda yil davomida:

harbiy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlariga dunyoning yetakchi harbiy ta’lim va tadqiqot markazlarining mutaxassislarini keng jalb qilish;

zamonaviy sharoitlarda jangovar harakatlar o‘tkazilishining xorijiy tajriba va innovatsion yondashuvlarini o‘rganish hamda joriy etish;

Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan jihozlash tadbirlarini izchil davom ettirish;

xalqaro hamkorlar bilan turli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish nazarda tutiladi.

204.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

Yil davomida

MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.

Loyihalarda davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini chegara qo‘shinlarining kuch va vositalarini hamda moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, chegara xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy va ilg‘or vositalarini amaliyotga tatbiq etish orqali takomillashtirish bo‘yicha bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi.

205.

Ekstremizm tahdidlarining oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

30-avgust

Bosh pr�kuratura, M�X, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DBQ

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada ekstremizm tushunchasi, ekstremizmning oldini olish unga qarshi kurashish mexanizmlari, tamoyillari, usullari, mas’ul organlarning vakolatlari va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish belgilanadi.

206.

Axborot resurslari va Internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarining mamlakatimiz hududida targ‘ib qilinishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.

2018-yil

1-avgust

IIV, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma’naviyat va ma’�ifat markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

global va milliy axborot resurslari orqali ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarning mamlakatimiz hududida targ‘ib qilinishining barvaqt oldini olish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarda alohida bo‘linmalar tashkil etish;

ushbu bo‘linmalarning OAV, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizm va terrorizm g‘oyalari targ‘ib qilinishi holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish borasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari hamda bu borada boshqa idoralar bilan hamkorlik belgilanadi.

207.

Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

30-iyun

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

terrorizm va diniy ekstremizmga aloqador fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarish, aholi o‘rtasida zararli diniy g‘oyalar ta’siriga tushish holatlarining oldini olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;

mazkur ishlarda mahalla fuqarolar yig‘inlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitalari va boshqa idoralar tomonidan kafillikka olish institutining tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliyotda qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish;

ushbu toifadagi shaxslarning bandligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasini ta’minlash nazarda tutiladi.

208.

Transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlash tizimini mustahkamlash.

2018-yil

1-iyul

IIV, MXX, FVV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilgan uzunligi 355 km. bo‘lgan “Buxoro — Misken” temir yo‘li bo‘ylab transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish belgilanadi.

209.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Yil davomida

IIV, MXX, FVV, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.

Loyihalarda yirik ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar, umumxalq bayramlari (Navro‘z, Mustaqillik kuni, Hayit bayramlari, Konstitutsiya kuni va boshqalar) o‘tkazilayotganda fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashni huquqiy tartibga solish nazarda tutiladi.

210.

Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini tasdiqlash.

2018-yil

1-mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qaror bilan Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

millatlararo munosabatlar sohasiga oid normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda boshqaruv va hukumat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini takomillashtirish;

ko‘p millatli yagona oila muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini keng targ‘ib etish;

millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish nazarda tutiladi.

211.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilish va ish samaradorligini oshirish.

2018-yil

30-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, MXX, IIV, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hokim o‘rinbosarlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish;

hokim o‘rinbosarlari tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yillik hisobotlar taqdim etishni yo‘lga qo‘yish;

hokim o‘rinbosarlari tomonidan diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borilishini ta’minlash;

hokim o‘rinbosarlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish;

hokim o‘rinbosarlarining ma’naviy, milliy qadriyatlarga, diniy e’tiqodga tahdid soluvchi mafkuraviy xavflarga, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

212.

Diniy ta’lim tizimni tubdan isloh qilish.

2018-yil

1-mart

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

iqtidorli, salohiyatli, diniy va dunyoviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, mafkuraviy xurujlarga qarshi tura oladigan, turli oqimlarning yot g‘oyalariga raddiya berish qobiliyatiga ega malakali diniy soha mutaxassislarini tayyorlashning yangi, bosqichma-bosqich tizimini shakllantirish;

2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

213.

Respublika Qur’oni karim musobaqasini o‘tkazish.

2018-yil yanvar — �prel

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Buxoro viloyati hokimligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Qur’oni karim musobaqasining nizomi, yo‘riqnomasi, baholash mezonlaridan iborat tashkiliy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash; mamlakatimizdagi nufuzli ulamolar, imom-xatiblar, yetakchi qorilardan iborat hakamlar hay’atini tuzish;

Qur’on musobaqasining tuman, viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish;

musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini munosib taqdirlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.

214.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida ta’sirchan choralar ko‘rish.

2018-yil

1-avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Normativ huquqiy hujjat loyihasi:

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 2019 — 2023-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.

Konsepsiyada ekologik tizimlarni saqlash va yaxshilash, aholining ekologik xavfsiz yashashini ta’minlashga erishish nazarda tutiladi.

215.

Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hujjatlar talablari bajarilishiga qaratilgan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2018-yil

10-oktabr

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, TIV, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, DBQ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash;

kimyoviy, biologik va yadroviy qurollar va ularni yetkazib berish vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish;

eksport nazoratidagi obyektlarning ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutiladi.

216.

“Qamchiq” dovonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2018-yil

20-sentabr

FVV, IIV, MXX, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

dovonda faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlariga jalb qilinadigan xizmatlarning kuch vositalari ustidan yagona navbatchi-dis�etcherlik xizmatini tashkil etish;

“Qamchiq” yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

217.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

10-noyabr

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Konvensiya loyihasi.

Loyihada:

globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

yoshlarning huquq va erkinliklari, ulardan foydalanish kafolatlari;

xalqaro standartlar asosida ta’lim olishi, innovatsion texnologiyalar, izlanishlar va ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;

yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalashga qaratilgan masalalar nazarda tutiladi.

218.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-noyabr

TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Rezolyutsiya loyihasi.

Loyihada barcha shaxslarning ta’lim olish huquqini ta’minlash kafolatlari, savodsizlik va jaholatga barham berish, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan masalalar nazarda tutiladi.

219.

BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir” rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

30-noyabr

TIV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Rezolyutsiya loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqadagi mavjud muammo va tahdidlarni hamkorlikda bartaraf etishga qaratilgan va o‘zaro manfaatli yechimlar topish bo‘yicha tadbirlar;

mintaqada yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona aloqalarni, shu jumladan, ta’lim, fan, texnologiya, innovatsiya, turizm, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar;

Markaziy Osiyo davlatlarining afg‘on mojarosini hal etishga va Afg‘oniston Islom Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

220.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

2018-yil

1-iyul

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Bosh prokuratura

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni yaratish;

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy choralar nazarda tutiladi.

221.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumini o‘tkazish.

2018-yil

20-sentabr

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), TIV, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Deklaratsiyada mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligi tamoyillari hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan Forum konsepsiyasi va yakuniy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumini 2018-yil Samarqand shahrida o‘tkazilishi bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

222.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan kompleks choralarni ishlab chiqish.

2018-yil

20-may

Vazirlar Mahkamasi, Davlat statistika qo‘mitasi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlatlar reytingini tuzuvchi xalqaro agentliklar va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan konstruktiv muloqotni o‘rnatish;

iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (davlatlarning kredit reytingi), Jahon banki (Doing Business), Butunjahon iqtisodiy forumi (global raqobatbardoshlik indeksi), BMT Taraqqiyot dasturi (inson rivojlanishi indeksi), “Transparency International” (korrupsiya indeksi), The Economist Intelligence Unit (dunyo davlatlarida demokratiya indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi), The World Justice Project (qonun ustuvorligi indeksi), “Chegarasiz reportyorlar” (matbuot erkinligi indeksi) va boshqa xalqaro agentliklar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yuritilayotgan hisobotlar bo‘yicha sohalarni yaxshilashga qaratilgan choralar ko‘rish;

har bir reyting bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarni belgilash hamda tegishli “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlarning moliyaviy texnik resurslari va mutaxassislarini jalb qilish nazarda tutiladi.

223.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi siyosiy masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Yil davomida

TIV, Tashqi savdo vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish;

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbar (hokim)lari va biznes hamjamiyatining uyushmasini ta’sis etish;

Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalarni, “xalq diplomatiyasi institutlari”ni, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasalariga qo‘shni davlatlar fuqarolarining soddalashtirilgan qabulini joriy etish;

qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun O‘zbekistonning sog‘lomlashtirish muassasalari va kurort zonalarida tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda dam olish imkoniyatlarini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

224.

O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini qo‘shni mamlakatlar bilan dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi muzokaralarni davom ettirish.

Yil davomi�a

Vazirlar Mahkamasi, TIV, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, MXX, Mudofaa vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda chegaradosh davlatlar bilan 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyalari yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazishning xalqaro sheriklar bilan kelishilgan muddatlari va joylari nazarda tutiladi.

225.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha 1-sammitida (Qozog‘iston, 10.09.2017-y.) ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) bilan birgalikda O‘zbekistonda IHTning yuqori samarali kompyuter markazini tashkil etish;

O‘zbekistonda IHT bilan hamkorlikda zamonaviy teleskop o‘rnatish;

Al-Xorazmiy xotirasiga bag‘ishlangan yosh matematiklar o‘rtasidagi xalqaro olimpiada o‘tkazish nazarda tutiladi.

226.

Xalqaro savdo, iqtisodiy va innovatsion texnologik aloqalarni keng diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy tovar va xizmatlarning eksport hajmini oshirish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari.

Loyihalarda:

savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratish, biznes hamjamiyatlari o‘rtasida bevosita muloqot va o‘zaro hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni muhokama qilish maqsadida Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forumi;

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy forumi;

“Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish nazarda tutiladi.

227.

Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish hamda mavjudlarini kengaytirish.

Yil davomida

TIV, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.

Loyihalarda Ekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don (Rossiya Federatsiyasi) va Olmaota (Qozog‘iston Respublikasi) shaharlarida konsullik idoralarini ochish belgilanadi.

228.

Xorijdagi hamyurtlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

20-iyul

TIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

chet eldagi vatandoshlarimizga kir�sh vizalari, O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga litsenziya olish tartibini soddalashtirish;

xorijda yashayotgan yuqori malakali O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish choralari;

mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e’lon qilish tartibi belgilanadi.

229.

Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2018-yil

15-mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-dekabrdagi F-5154-son farmoyishi bilan tuzilgan komissiya

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari ishini tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va turizmni rivojlantirishdagi rolini oshirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish;

xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish tizimining samaradorligini oshirish nazarda tutiladi.

230.

Xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan ularga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

2018-yil

30-aprel

TIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, IIV, DBQ, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda amaliy tajribaga ega bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish nazarda tutiladi.

231.

Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish va tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2018-yil

1-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish;

xorijiy davlatlar bilan uzoq va o‘rta muddatli tegishli bitimlar tuzish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini bekor qilish;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik xizmatlarining xorijda ishlayotgan fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishining zamonaviy shakllarini joriy etish nazarda tutiladi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)