1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bayonnoma tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida qirg‘iz tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.