Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi.
Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasini va ekologik auditni moliyalash buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
(11-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Ushbu Qonunning 11-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ixtisoslashgan ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi;
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning yetarliligi va asosliligi aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha — atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasini, ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonotni, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonotni o‘z ichiga olgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ishlab turgan obyektlar bo‘yicha — ekologik normativlarning loyihalari, obyektning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatish hollari aniqlangan taqdirda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risida tayyorlangan bayonot. Buyurtmachi qo‘shimcha tarzda ekologik audit materiallarini taqdim etishga haqli;
ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha — tayyorlangan barcha hujjatlar.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash boshlangunga qadar taqdim etiladi.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunga qadar taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot obyekt qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olingunga qadar taqdim etiladi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan, qonunchilik talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;
(16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ekologik ekspertizasi obyekti bo‘yicha alohida fikr bildirish, bu fikr davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasi eksperti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ekologik ekspertizasi o‘z vaqtida, kompleks, xolis, sifatli o‘tkazilishini hamda belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlashi;
davlat ekologik ekspertizasining muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi;
davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning but saqlanishini hamda davlat, harbiy, xizmat va tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinmasligini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z vazifasini buyurtmachining huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik uchun davlat ekologik ekspertizasining eksperti qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, u davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi yakunlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik talablarga muvofiqligi xususida davlat ekologik ekspertizasining bergan xulosasi berilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ekologik audit subyektining xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ushbu subyektning rioya etishi yuzasidan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil ekologik baholashdir.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasiga asosan ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)