26.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2792
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 26.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2792
Дата вступления в силу
30.05.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2018
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK MChJ 2017-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq to‘lovlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari 2017-yilning 1-yanvarigacha:
4. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarni qo‘llashga:
6. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarni qo‘llash uchun korxonalar qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshirilgan ishlar va “Qishloq qurilish invest” IK MChJga realizatsiya qilingan qurilish materiallari va uskunalari bo‘yicha alohida hisob yuritishlari lozim.
7. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel), bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.