30.12.2010 yildagi 147-II-son
Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi — Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senat komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha 2010-yil uchun ish rejasi to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 20-maydagi 66-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va senatorlarning parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishning 2010-2011-yillarga mo‘ljallangan dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 105-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturiga qo‘shimcha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturiga tavsiya etilayotgan qo‘shimchalar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 104-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).