24.12.2015 yildagi 370-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2022
 LexUZ sharhi
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, shuningdek yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2016-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari 2016-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Yo‘l harakati qatnashchilari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yo‘l chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart.
Avtomagistral5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning qatnov qismlari ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari bilan) hamda boshqa yo‘llar, tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped yo‘lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l.
Asosiy yo‘l — tuproqli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli, tosh va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.
Aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan belgilangan hudud.
Yo‘l yoqasi — yo‘lning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yo‘l chizig‘i yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan bo‘lagi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq, yo‘lda bir yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Reversiv harakat — yo‘l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor o‘rnatilgan bo‘lagida harakat yo‘nalishining qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son)
10. Xalqaro yo‘l harakatida ishtirok etayotgan mexanik transport vositasi haydovchisining yonida yo‘l harakati haqidagi Konvensiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining (tirkama bo‘lsa unga ham) ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi hujjat, transport vositasida (tirkama bo‘lsa unda ham) ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi va u ro‘yxatdan o‘tgan davlatning taniqlik belgisi bo‘lishi shart.
transport vositasi harakatlanishni boshlanishidan oldin xavfsizlik kamarini taqish (Ushbu Qoidalarning 9-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari), mototsikl va mopedda harakatlanayotganda esa maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;
Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo‘lmasa, zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rib, ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga yetib olish uchun harakatlanishi mumkin.
28. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yo‘lda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek texnik shikastlangan, nosoz bo‘lgan va boshqa transport vositalarini qonunda ko‘zda tutilgan hollarda ortishda, tashishda, yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo‘lgan, shuningdek o‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarida va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda bunday transport vositalarini kuzatib kelayotgan transport vositalarida yoqilishi kerak. Zarg‘aldoq va sariq rangli chiroq-mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va boshqa yo‘l harakati qatnashchilarini faqat xavf borligidan ogohlantiradi.
Yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo‘lgan, katta o‘lchamli va (yoki) o‘ta og‘ir yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zarg‘aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat xavfsizligini ta’minlash sharti bilan yo‘l chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
sariq ishora harakatni taqiqlaydi, ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
Ikki tomoni 1.9 chizig‘i bilan belgilangan bo‘lak ustiga o‘rnatilgan ishoralari o‘chirilgan reversiv svetofor shu bo‘lakka kirishni taqiqlaydi.
ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
41. Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq bo‘lmaganda esa:
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
42. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarilganida, ushbu Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda, keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
58. Transport vositasi o‘zining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga ko‘ra ushbu Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta’minlab, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi.
64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan bo‘laklar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish bo‘laklari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish bo‘laklari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha bo‘laklar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
66. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta bo‘lakli yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta bo‘lakka faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap bo‘lakni egallash taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda harakatlanish bo‘lagini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish, to‘xtash yoki to‘siqni chetlab o‘tish oldidan o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lsa, chorrahadan o‘tishda tramvay izlaridan harakatlanish taqiqlanadi.
72. Ushbu Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko‘zda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi bo‘lak, yo‘l yoqasi, trotuar va piyodalar yo‘lkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo‘ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek bevosita yo‘l yoqasida, trotuar yoki piyodalar yo‘lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo‘lmagan transport vositalariga yaqin yo‘ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakat xavfsizligi to‘la ta’minlangan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, ushbu Qoidalarning 67-bandini hisobga olgan holda, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.
3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’siri doirasida.
Oldingi tahrirga qarang.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno);
3.27 yo‘l belgisi yoki 1.4 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
Oldingi tahrirga qarang.
5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
aholi yashash joylaridan tashqarida 2.1 yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida;
3.27 — 3.30 yo‘l belgilari yoki 1.4, 1.10 yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida.
Oldingi tahrirga qarang.
5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash;
122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning VIII-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
128. Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yo‘l belgisi o‘rnatilgan yo‘lda to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o‘z harakatini to‘xtatish uchun 5.40 yo‘l belgisi bilan belgilangan avariyali holatlar uchun mo‘ljallangan yo‘lga kirishlari shart.
130. Yo‘lning 1.13 yo‘l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ishlash (ssepleniye) tishlashish mexanizmi ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
132. Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan bo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.
Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan bo‘lak qatnov qismining boshqa bo‘laklaridan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu bo‘lakka qayta tizilishlari kerak.
ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar o‘rniga.
Oldingi tahrirga qarang.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(164-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(168-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
“Bolalar guruhini tashish” — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo‘l belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchak (kvadrat) ko‘rinishidagi belgi. To‘rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to‘rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
“Tezlik cheklangan” — o‘ta og‘ir, xavfli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam bo‘lgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo‘lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;
184. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yo‘lda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shikastlangan, nosoz bo‘lgan, shuningdek qonunda ko‘zda tutilgan hollarda, boshqa transport vositalarini ortish va tashish ishlarini bajarayotgan, yo‘l harakatida qatnashayotgan gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo‘lgan hamda o‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarida va maxsus qoidalar bilan belgilangan hollarda bunday transport vositalarini kuzatib kelayotgan transport vositalarida o‘rnatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi”.
1.2. “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi”.
1.3. “Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma”. Ushbu yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.3.1. “Bir izli temir yo‘l”.
1.3.2. “Ko‘p izli temir yo‘l”.
1.3.1. — bir izli temir yo‘l, 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yo‘l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.4.1-1.4.6. “Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashish”.
1.5. “Tramvay yo‘li bilan kesishuv”.
1.6. “Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi”.
1.7. “Aylanma harakatlanish bilan kesishuv”.
1.8. “Svetofor tartibga soladi”. Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki yo‘l qismini bildiradi.
1.9. “Ko‘tarma ko‘prik”. Ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish.
1.10. “Sohilga chiqish”. Daryo yoki suv havzasi qirg‘og‘iga chiqishni bildiradi.
1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilish”. 1.11.1 — o‘ngga, 1.11.2 — chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.
1.12.1, 1.12.2. “Xavfli burilishlar”. 1.12.1 — birinchi burilish o‘ngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga yo‘l belgilari yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi.
1.13. “Tik nishablik”.
1.14. “Tik balandlik”.
1.15. “Sirpanchiq yo‘l”. Yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi.
1.16. “Notekis yo‘l”. Qatnov qismi notekis bo‘lgan yo‘l (o‘nqir-cho‘nqir, o‘ydim-chuqur joylar, ko‘prikning yo‘lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.
1.17. “Tosh otilishi xavfi”. Transport vositasining g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shunga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.18.1-1.18.3. “Yo‘lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o‘ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanishni qismi boshlanishini bildiradi.
1.20. “Piyodalar o‘tish joyi”. 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22. “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”.
1.23. “Ta’mirlash ishlari”.
1.24. “Mol haydab o‘tish”.
1.25. “Yovvoyi hayvonlar”.
1.26. “Toshlar tushishi”. Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.27. “Yonlama shamol”.
1.28. “Pastlab uchuvchi samolyotlar”.
1.29. “Tunnel”. Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30. “Boshqa xavf-xatarlar”. Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.31.1, 1.31.2. “Burilishning yo‘nalishi”. Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.3. “Burilishning yo‘nalishi”. T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, ta’mirlanayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32. “Tirbandlik”. Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.1, 1.2, 1.51.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda, bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisisiz) o‘rnatilishi mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.
(1-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
2.1. “Asosiy yo‘l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo‘l boshiga va kesishuvlarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.
2.2. “Asosiy yo‘lning oxiri”.
2.3.1. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv”.
2.3.2, 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv”. 2.3.2 — tutashuv o‘ngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.4. “Yo‘l bering!”. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
3.1. “Kirish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3. “Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan”.
3.4. “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan”. To‘la vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki to‘la vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.4 yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5. “Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan”.
3.6. “Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan”. Traktorlar, o‘ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
3.8. “Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan”. Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek mol (poda) haydab o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.9. “Velosipedda harakatlanish taqiqlangan”. Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.10. “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan”.
3.11. “Vazn cheklangan”. Haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.12. “O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan”. Birorta o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irligi belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.13. “Cheklangan balandlik”. Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.14. “Cheklangan kenglik”. Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.15. “Cheklangan uzunlik”. Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.16. “Eng kam oraliq”. Belgida ko‘rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.1. “Bojxona”. Bojxona (tekshiruv maskani) oldida to‘xtamasdan o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.2. “Xavf-xatar”. Yo‘l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.18.1. “O‘ngga burilish taqiqlangan”.
3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.
3.19. “Qayrilish taqiqlangan”.
3.20. “Quvib o‘tish taqiqlangan”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. “Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.22. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan”. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.24. “Yuqori tezlik cheklangan”. Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.25. “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”.
3.26. “Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan”. Yo‘l transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanishini bildiradi.
3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.29. “Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”.
3.30. “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”.
3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.33. “Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27 belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi.
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.
3.28 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30, 3.32, 3.33 belgilari belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmay o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomoniga o‘rnatilgan bo‘lsa, ularga faqat o‘sha tomonda amal qilinadi.
4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”.
4.1.2. “Harakatlanish o‘ngga”.
4.1.3. “Harakatlanish chapga”.
4.1.4. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga”.
4.1.5. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga”.
4.1.6. “Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”. Ushbu belgilarning ta’sir oralig‘ida faqat yo‘naltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yo‘nalishiga tegishli yo‘naltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).
4.1.1 — 4.1.6 belgilari yo‘nalishli transport vositalariga ta’sir qilmaydi.
4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga ta’sir etadi.
4.1.1 belgisi yo‘lning qismi boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan chetlab o‘tish”.
4.2.2. “To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.2.3. “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomonidan chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.3. “Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.
4.5. “Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4.6. “Piyodalar yo‘lkasi”. Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.6.1. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”.
4.6.2. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.3. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.4. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”. “Xavfli yuk” tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘lni bildiradi.
5.2. “Avtomagistralning oxiri”.
5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
5.4. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri”.
5.5. “Bir tomonlama harakatli yo‘l”. Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismini bildiradi.
5.6. “Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri”.
5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.
5.8.1. “Bo‘laklar bo‘yicha harakat yo‘nalishi”. Bo‘laklar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishini bildiradi.
Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo‘lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o‘rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.
5.8.3. “Bo‘lakning boshlanishi”. Yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha bo‘lakning boshlanish joyini bildiradi.
Agar belgiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisining tasviri tushgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy bo‘lakdan qo‘shimcha bo‘lakka qayta tizilishi kerak.
5.8.4. “Bo‘lakning boshlanishi”. Uch bo‘lakli yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta bo‘lak qismining boshlanishini bildiradi.
5.8.5. “Bo‘lak oxiri”. Balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha bo‘lakning yoki tezlanish bo‘lagining oxirini bildiradi.
5.8.6. “Bo‘lak oxiri”. Uch bo‘lakli yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta bo‘lak qismining oxirini bildiradi.
5.8.7, 5.8.8. “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo‘lsa, unda bu tur transport vositasining tegishli bo‘lakda harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo‘nalishlar soniga ko‘ra to‘rt va undan ortiq bo‘lakli yo‘llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.
5.9. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lak”. Transport vositalari yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi.
5.10.1. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun bo‘lagi bor yo‘l”. Yo‘nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo‘lakni bildiradi.
5.10.2, 5.10.3. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun bo‘lagi bor yo‘lga chiqish”.
5.10.4. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun bo‘lagi bor yo‘lning oxiri”.
5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.11.2. “Qayrilib olish oralig‘i”. Qayrilib olish oralig‘ining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.12. “Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joyi”.
5.13. “Tramvay to‘xtash joyi”.
5.14. “Yengil taksilar to‘xtab turish joyi”.
5.15. “To‘xtab turish joyi”.
5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar o‘tish joyi”. O‘tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig‘i bo‘lmaganda 5.16.2 belgisi yo‘ldan o‘ng tomonga o‘tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o‘tish joyining orqa chegarasiga o‘rnatiladi.
5.17.1, 5.17.2. “Piyodalarning yer ostidan o‘tish joyi”.
5.17.3, 5.17.4. “Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi”.
5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yo‘lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qo‘llansa, uning ta’sir oralig‘i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
5.19.1 — 5.19.3. “Oxiri berk yo‘l”. Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
5.20.1, 5.20.2. “Yo‘nalishlarning dastlabki ko‘rsatkichi”. Belgida ko‘rsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yo‘nalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari to‘g‘risida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi o‘rnatilgan joydan chorrahagacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. 5.20.1 belgisi yo‘lning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri o‘rnatilgan qismlarini aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun ham qo‘llaniladi.
5.20.3. “Harakatlanish sxemasi”. Chorrahada ayrim yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa harakatlanish yo‘nalishi yoki murakkab chorrahalarda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.21.1. “Yo‘nalish ko‘rsatkichi”.
5.21.2. “Yo‘nalishlar ko‘rsatkichi”. Ko‘rsatilgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.22. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.23. “Aholi punktining oxiri”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.
5.24. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.25. “Aholi punktining oxiri”. 5.24 yo‘l belgisi bilan ko‘rsatilgan aholi punktining oxirini bildiradi.
5.26. “Manzil nomi”. Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi. (daryo, ko‘l, dovon, xushmanzara joy va h. k.).
5.27. “Masofalar ko‘rsatkichi”. Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi punktlarigacha bo‘lgan masofani bildiradi. (km).
5.28. “Kilometr belgisi”. Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi. (km).
5.29.1, 5.29.2. “Yo‘l raqami”. 5.29.1 — yo‘lga berilgan raqam, 5.29.2 — yo‘lning raqami va yo‘nalishini bildiradi.
5.30.1 — 5.30.3. “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi”. Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o‘ziyurar moslamalarga biror yo‘nalishda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo‘nalishlari ko‘rsatadi.
5.31. “Aylanib o‘tish tasviri”. Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish chizmasini bildiradi.
5.32.1 — 5.32.3. “Chetlab o‘tish yo‘nalishi”. Harakatlanish vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
5.33. “To‘xtash chizig‘i”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan joyni bildiradi.
5.34.1, 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.35. “Reversiv harakatlanish”. Bir yoki bir necha bo‘laklarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
5.36. “Reversiv harakatlanishning oxiri”.
5.37. “Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish”.
5.38. “Turar joy dahasi”. Yo‘l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘lni bildiradi.
5.39. “Turar joy dahasining oxiri”.
5.40. “Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li”. Yo‘l harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda ko‘rsatilgan holatlarda foydalaniladigan yo‘lni bildiradi.
5.41. “Foto- va video qayd etish”
Oldingi tahrirga qarang.
5.42. “Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
5.43. “Radar”. Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
5.44. “Velosipedchilar uchun yo‘lak”. Yo‘l belgisi qaysi harakat bo‘lagi ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha harakat bo‘lagiga ta’sir qiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan yo‘l belgisi o‘ng bo‘lakka ta’sir qiladi.
5.45. “Velosipedchilar uchun yo‘lakning oxiri”.
Aholi punktlaridan tashqarida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil yoki ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.
Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqqandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.
6.1. “Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi”.
6.2. “Shifoxona”.
6.3. “Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi”.
6.4. “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi”.
6.5. “Avtomobillarni yuvish joyi”.
6.6. “Telefon”.
6.7. “Oshxona”.
6.8. “Ichimlik suvi”.
6.9. “Mehmonxona”.
6.10. “Kemping”.
6.11. “Dam olish joyi”.
6.12. “YPX maskani”.
Oldingi tahrirga qarang.
6.13. “Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti”.
6.14. “Hojatxona”.
6.15. “Chiqindi yig‘ish joyi”.
(6-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
7.1.1. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.2. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, 2.4. yo‘l belgisi bilan o‘rnatilib, chorrahagacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.3, 7.1.4. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi.
7.2.1. “Ta’sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. “Ta’sir oralig‘i”.
7.2.23.273.30 taqiqlovchi belgilarining ta’siri saqlangan oraliqni ko‘rsatadi.
7.2.3 3.273.30 taqiqlovchi belgilarining ta’sir oralig‘i oxirini ko‘rsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga o‘xshash joylar chetida to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining ta’sir oralig‘i va yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. “Ta’sir yo‘nalishlari”. Chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7.4.1 — 7.4.8. “Transport vositasining turi”. Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi.
(7-bo‘limning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, shuningdek to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
7.5.1. “Shanba, yakshanba va bayram kunlari”.
7.5.2. “Ish kunlari”.
7.5.3. “Hafta kunlari”. Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi ko‘rsatilgan.
7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.5.5 — 7.5.7. “Amal qilish vaqti”. Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini bildiradi.
7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini ko‘rsatadi.
7.8. “Pullik xizmat ko‘rsatish joyi”. To‘lov asosida xizmat ko‘rsatilishini bildiradi.
7.9. “To‘xtab turish muddati cheklangan”. 5.15 belgisi o‘rnatilgan to‘xtab turish joyida transport vositalari to‘xtab turishining eng ko‘p muddatini ko‘rsatadi.
7.10. “Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi”. 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko‘rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11. “Ruxsat etilgan to‘la vazni cheklangan”. Belgining ta’siri ruxsat etilgan to‘la vazni qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport vositalariga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
7.12. “Xavfli yo‘l yoqasi”. Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
7.13. “Asosiy yo‘lning yo‘nalishi”. Chorrahada asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.14. “Harakatlanish bo‘lagi”. Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo‘lagini ko‘rsatadi.
7.15. “Ko‘zi ojiz piyodalar”. 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qo‘llaniladi, piyodalar o‘tish joyidan ko‘zi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
7.16. “Nam qoplama”. Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
(o‘ttizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19. “Foto- va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7.20. “Xavfli yuk toifasi”. Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21. “Evakuator ishlamoqda”. 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 “To‘siq”. Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi.
(7-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Qo‘shimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yo‘l yoqasining, trotuarning tepasiga o‘rnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(yo‘l belgilari grafik chizmalari qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yotiq chiziqlar oq rangda bo‘ladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo‘ladi) shuningdek, 1.24 belgisi (2x2 metr o‘lchamdagi ko‘k asosda sariq rangda nogironligi bo‘lgan shaxsning tasviri tushirilgan bo‘ladi).
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi;
1.2 (enli sidirg‘a chiziq) — avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi;
1.3 — to‘rt va undan ortiq harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
1.4 — to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi;
1.5 — ikki yoki uch bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki undan ko‘proq bo‘lakli yo‘llarda bo‘laklarning chegaralarini bildiradi;
1.6 (yaqinlashish chizig‘i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
1.7 (har bir chizig‘i qisqa va oralari shu chiziqlar bo‘yiga teng bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish bo‘laklarini bildiradi;
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish bo‘lagi bilan yo‘lning qatnov qismidagi asosiy bo‘lagi o‘rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo‘lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to‘xtaydigan joylarda va h. k.);
1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi;
1.10 — to‘xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi va yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi;
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.12 (to‘xtash chizig‘i) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to‘xtash kerak bo‘lgan joyni ko‘rsatadi;
1.13 — kesishayotgan yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berish uchun to‘xtash zarur bo‘lganda, haydovchiga transport vositasini to‘xtatish joyini ko‘rsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
1.14.1, 1.14.2 (zebra) — tartibga solinmagan va solingan piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
(1-bo‘limning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
1.14.2 yotiq chiziqning yo‘naltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi;
1.14.3 — svetofor bilan tartibga solingan piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
1.15 — yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi;
1.16.1 — 1.16.3 — transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qo‘shiladigan joylardagi yo‘naltiruvchi orolchalarni bildiradi;
1.17 — yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
1.18 — chorrahada bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap bo‘lakdan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu bo‘lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi;
(1-bo‘limning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yo‘nalishdagi harakatlanish bo‘laklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo‘llanilishi mumkin;
1.20 — haydovchini 1.13 chizig‘iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
1.21 (“STOP” — To‘xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo‘llanilganda haydovchini 1.12 chizig‘iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
1.22 — yo‘l (harakatlanish yo‘nalishi) raqamini ko‘rsatadi;
1.23 — yo‘lning faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.24 — nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joyi;
(1-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan yigirma sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
1.25 — piyodalar yo‘lkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismini bildiradi;
1.26 — velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi;
1.27 — ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.28 — taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.29 — sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi;
(1-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o‘tish mumkin.
Reversiv svetoforlar bo‘lmaganda yoki ular o‘chirib qo‘yilganda, 1.9 chizig‘ini faqat u haydovchining o‘ng tomonida bo‘lsa, bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo‘nalishli bo‘laklarni ajratayotgan 1.9 chizig‘ini istalgan tomondan bosib o‘tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o‘chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig‘idan o‘ngga qayta tizilishlari kerak.
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi;
2.2 — tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
2.3 — ajratish bo‘laklaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
2.4 — yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
2.5 — yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi;
2.6 — boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi;
2.7 — xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(yotiq chiziqlarning grafik chizmalar qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentida belgilangan talablarga mos kelmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
(7.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentida belgilangan avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan:
74-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: