Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda — JK) 77-moddasiga muvofiq, sudlanganlik holati jazo tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, u tugallangan yoki olib tashlangan paytgacha davom etadi.
jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilgan (JK 70, 71, 76-moddalari) yoxud shaxs bir vaqtning o‘zida asosiy va qo‘shimcha jazodan birinchi, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan ozod qilingan (JK 69, 75, 76-moddalari) bo‘lsa;
tugallanmagan va olib tashlanmagan sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar bo‘yicha, masalan, aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi (JK 66-moddasi), alohida hollarda esa (og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik holati mavjud bo‘lganda), jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi (JK 66-1-moddasi) munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga to‘sqinlik qiladi.
Sudlanganlik holatining jinoyat-huquqiy oqibati jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash (JK 87-moddasi) kabi choralarni qo‘llash uchun moddiy qonunda taqiq mavjudligida ham namoyon bo‘ladi.
Sudlanganlik holati tugallanishi shaxsning sudlanganligi fakti bilan bog‘liq barcha oqibatlarning jazo turi va muddatidan kelib chiqqan holda JK 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganligi natijasida avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) barham topishini anglatadi. Bunday hollarda sudlanganligi tugallangan shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga ko‘ra hukm chiqargan sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligi faktini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi. Buning uchun manfaatdor shaxs tomonidan sudga taqdim etilgan ichki ishlar organlari axborot markazi ma’lumotnomasi va jazo o‘talganligi (ijro etilganligi) faktini tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi.
6. Jinoyat kodeksi 13-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qonunga muvofiq sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlarini (JK 78, 80-moddalari) hisoblash asosiy va qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki sinov muddati o‘tib bo‘lgan kundan boshlanadi. Masalan, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish jazolariga qo‘shimcha sifatida muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan holda, bu jazo qayd etilgan asosiy jazolarni o‘tashning barcha vaqtiga tatbiq etilib, sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlari esa qo‘shimcha jazo o‘tab bo‘lingan paytdan boshlab hisoblanadi.
8. Jarima yoki axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinib, boshqa jazo turiga almashtirilgan shaxsning sudlanganlik holati tegishlicha JK 78-moddasining “g, d, e, j” bandlarida ko‘rsatilgan muddat o‘tishi bilan tugallanadi. Bunday holda sudlanganlik holati muddatining tugashi JK 80-moddasi uchinchi qismiga muvofiq JK 44-moddasining uchinchi qismi yoki JK 46-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra belgilangan jazo turi o‘talgan kundan boshlab hisoblanadi.
9. Jinoyat kodeksi 80-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, shuningdek, jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan (JK 73, 74-moddalari) shaxsning sudlanganlik holati tugallanishi masalasini hal etishda sud tomonidan belgilangan jazo muddatidan emas, balki ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan paytga qadar amalda o‘talgan jazo muddatidan kelib chiqish lozim. Bunda sudlanganlik holatining tugallanish muddati ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsga nisbatan JK 73-moddasi qo‘llanilgan paytdan, jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxsga nisbatan esa — JK 74-moddasiga muvofiq belgilangan yengilroq jazo o‘talgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 80-moddasida belgilangan sudlanganlik holati tugallanishini hisoblash tartibi (amalda o‘talgan jazo muddatidan kelib chiqqan holda jazo o‘tab bo‘lingan yoki jazoni o‘tashdan ozod qilingan paytdan boshlab) yengilroq jazoni nazarda tutuvchi yangi qonun normasiga asosan jazosi qisqartirilgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 80-moddasining to‘rtinchi qismi sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatilganda sudlanganlik holati tugallanilishiga oid qoidalarni belgilaydi.
11. Jinoyat qonuni mazmuniga ko‘ra, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo bilan, shu jumladan, bir necha jinoyatlar uchun (jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha) tayinlangan jazo bilan bevosita bog‘liq. Shaxsga jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha (JK 59, 60-moddalari) jazo belgilashda barcha qilmishlarning og‘irligini inobatga olib, uzil-kesil jazo tayinlanishi tufayli, bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati uzil-kesil jazo turi va muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim.
Ayni paytda, agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha sud tomonidan har xil turdagi, har qaysisi alohida ijro etiladigan jazo (JK 61-moddasining ikkinchi qismi) tayinlangan bo‘lsa, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo tizimida (JK 43-moddasi) nazarda tutilgan og‘irroq jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
12. Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma sudlanganlik holati mavjud shaxs, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan jazoni o‘tab chiqqan shaxs yashash joyidagi tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risida takroriy iltimosnoma uni rad etish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab kamida bir yil o‘tgandan keyin berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”