O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan o‘zgartirilgan Havo orqali xalqaro tashishning ayrim qoidalarini birxillashtirishga doir Konvensiyaga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi 4-Monreal protokoliga qo‘shilinsin.