01.05.2002 yildagi 149-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2011
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturiga muvofiq va aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot chog‘ida nafaqa olgan shaxslarning dafn marosimi uchun 2002-yil 1 maydan boshlab eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa belgilansin.
2. Bir yo‘la beriladigan nafaqa mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan fuqarolar vafot etgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida tayinlanadi va to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) nafaqa tayinlash yuzasidan ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy o‘tgandan keyin murojaat qilinganda;
v) ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birortasi taqdim etilmaganda rad qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.