29.03.2002 yildagi 106-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2023
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturining 3.9-bandini bajarish hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi ishsiz fuqarolarni yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga jalb etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda bir nafar xodim hisobiga xizmat ko‘rsatish normativlarini belgilash, jalb etiladigan ishsiz fuqarolarni ularning muayyan kontingentga xizmat ko‘rsatishga yaroqliligi va xohishini hisobga olgan holda komission yo‘l bilan tanlash, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi, shuningdek ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
V qism quyidagi 26-band bilan to‘ldirilsin:
26-band 27-band deb hisoblansin;
— “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining namunaviy ro‘yxati”dagi (Nizomga 2-ilova) “Ish mazmuni”ning 4-bandi “va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.