Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlarga daromadlar tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xomashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulotni sarflash va saqlanishini ta’minlash, ularni hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotni aksiz markalarisiz ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni sotuvchi yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi va ular alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etiladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Jarima sanksiyalari sud tartibida qo‘llanadi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olingan va jarima sanksiyalari summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa soliq organlari tomonidan qo‘llanadi va ular davlat budjetiga tushadi.
Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 1999-yildan boshlab:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini ta’minlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘yicha bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan barcha korxonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30dekabrdagi 285-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaxslargagina sotishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har 2 yilda belgilangan tartibda yangilanadigan tartib o‘rnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaxshilash nazarda tutilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
10. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” va “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yo‘li bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
11. “O‘zdavstandart” markazi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi va dizayni bo‘yicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin.
12. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qo‘llash haqidagi taklifni 1999-yil 1-martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qarori tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)