21.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2627
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining qarori, 21.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2627
Дата вступления в силу
24.11.2014
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari hamda davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibini belgilaydi.
3. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida keltirilgan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bandida keltirilgan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Bunda ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari, ta’lim muassasalari va davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi, sog‘liqni saqlash muassasalari mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnomani 24 soat ichida hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga yetkazilishini ta’minlashi shart.
9. Ta’lim muassasalari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlarni qayd qilish kitobiga, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar esa mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Sog‘liqni saqlash muassasalarida huquqbuzarliklar faktlarini hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlarni qayd qilish kitobiga kiritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)