[
OKOZ:
1.
05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1993 YIL 1 YaNVARIDAN MEHNAT HAQI, NAFAQALAR VA STIPENDIYALARINING MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika aholisining ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish to‘g‘risida:
[
OKOZ:
1.
05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng oz miqdori darajasi 1,25 baravar oshirilsin va ularning eng oz miqdori 25000 so‘m qilib belgilansin.
[
OKOZ:
1.
05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
2. Ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqiga va mehnatiga haq to‘lash borasida joriy qilingan yagona tarif jadvaliga muvofiq budjetdan pul bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining tarif stavkalari hamda lavozim stavkalari okladlari 1,25 baravar oshirilsin.
[
OKOZ:
1.
07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari]
3. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 2500 so‘m miqdorida belgilansin.
[
OKOZ:
1.
06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Hozir amalda bo‘lgan barcha turdagi nafaqalarning miqdori 25 foiz oshirilsin.
[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi;
2.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.90.00 Stipendiyalar]
5. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar hamda kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,25 baravar ko‘paytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqini, nafaqalar va stipendiyalarni oshirishga mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
7. Xo‘jalik hisobidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ushbu Farmonda belgilangan eng oz mehnat haqi miqdorini ana shu maqsadlar uchun o‘z mablag‘lari manbaini qidirib topishlariga qarab joriy etsinlar.
8. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan pul bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar mehnatga haq to‘lashning yangi shartlari o‘z vaqtida joriy etilishini ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalariga, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi choralar ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-dekabr,
PF-522-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 80-modda)