Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 yanvardagi 25-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-1, 12.02.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018 y., 10/18/2591-1/0691-son)
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 yanvardagi 25-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-1, 12.02.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018 y., 10/18/2591-1/0691-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 yanvardagi 25-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-1, 12.02.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018 y., 10/18/2591-1/0691-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 yanvardagi 25-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-1, 12.02.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018 y., 10/18/2591-1/0691-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgani taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yo‘sindagi choralarni ham tayinlashi mumkin.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 yanvardagi 25-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-1, 12.02.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018 y., 10/18/2591-1/0691-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”